UIBOB.
0 ‘RTA OSIYONING IBTIDOIY JAMOA YA ANTIK
DAVRDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI
1.
О‘rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy
geografiyasiga tavsif
Qadimgi tosh asri uch davrga bo'linadi:
ilkpaleolit, о ‘rta paleolit
va
so ‘nggipaleolit.
0 ‘rta Osiyodagi qadimgi tosh asri manzilgohlari
va ularning madaniy qatlamlaridan topilgan ashyolarga qarab hukm
chiqarilsa, bu o‘lkaga odamlar juda erta kelib o ‘masha
bosh-
laganligini bihsh mumkin.
Ilk paleolit davri manzilgohlari Seleng'ur g‘ori va Ko‘lbuloq
makonidan topib o‘rganilgan. Farg‘ona vodiysining So‘x tumanida
joylashgan Seleng‘ur g‘oridan tosh qurollar va odamnikiga o‘xshash
suyaklar topilgan. Tadqiqotchilaming fikricha, Seleng‘ur topilma-
larining yoshi 1 million yildan ziyodroqdir. Ko‘lbuloq makoni
hozirgi Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududida bo‘lib,
Chotqol tog‘ining janubiy yonbag‘rida, Qizil olma soyining chap
sohilidagi Ko‘lbuloq degan manzilda joylashgan.
Ilk paleolit davri manzilgohlariga
Tyanshan etaklaridagi
Onarcha (Qiig‘iziston) hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (janubiy
Tojikiston) makoni ham kiradi. Bu davrda ahoU asosan, ovchilik
va baliqchilik bilan shug‘ullanganligini topilgan har xil ashyoviy
buyum va suyak qoldiqlari tasdiqlaydi.
Ilk paleolit davri odamlari kichik daryo bo‘ylari va buloqlar
yonida o‘zlariga makon qurganlar. Iqlim issiq bo‘lganligidan turar-
joylarga ham ehtiyoj bo‘lmagan.
0 ‘rta paleolit davriga oid dastlabki
yodgorlik Teshiktosh
g‘or makonidan topilgan. Bu makon Surxondaryo viloyatining
Boysun tumanidagi Boysun tog‘ining janubiy yonbag‘ridagi
72
Turgandaryoning Zavtalashgansoy darasida joylashgan. G ‘or
shimoli-sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi old qismida 20 metr,
chuqurligi 21 metr va balandligi 9 metrdir. Teshiktosh g'orini
kavlash natijasida 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan.
Madaniy qatlamlardan 2859
ta toshdan yasalgan mehnat
qurollari topilgan. Ularning xo‘jaligida ovchilikning o‘mi katta
bo‘lgan. Teshiktoshliklar yashagan Boysun tog‘lari yowoyi
mevalarga boy bo‘lgani bois,
aholi termachilik bilan ham
shug‘ullangan.
Boysundagi yana bir g‘or-makonlardan biri Amir Temur
g‘oridir. U Teshiktosh g‘oridan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.
Bu manzilgohdan topilgan mehnat
qurollari ham odamlaming
ovchilik hamda termachilik asosida kun kechirishganidan guvohlik
beradi.
Keyingi davrda arxeologlar Surxondaryo vodiysining turli
joylaridan, xususan, To‘palang daryosi bo‘ylaridan o‘rta paleolit
davri kishilarining mehnat qurollarini topganlar. Demak, bu davr
k i s h i l a r i
Do'stlaringiz bilan baham: