Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

Mavzuga doir manba
“Tarixiy geografiya'1 atamasi turli fanlar — geografik 
kashfiyotlar tarixi va geografiya fanlari, siyosiy chegaralaming 
o‘zgarish tarixi va tarixiy voqealaiga geografik omillaming ta’sirini 
o‘rganadi. Bularning barchasi tavsif etiluvchi mavzular bo‘lib, 
atamani muhokama etishni boshlashga o£rin yo‘q. Dalillar hah 
ham tarixiy geografiya tarixiy fan ekanligini, bir tomondan esa 
geografik bilimlar sirasiga kirishini ko‘rsatib turibdi. Professor 
E.J.R.Teyloming so'ziga asoslanib: „ 
Geograflar о ‘tmishni о ‘rganib,
ularning fanining mazmuni ham aynan shuning о ‘zidir“,
— deyish 
mumkin. Tarixiy geografiya geografiyaning o'tmishini qayta 
tiklaydi hamda voqealar kechishining maqsadlarini ta’minlab, biror 
mintaqaning davriy ketma-ketlik asosidagi taraqqiyotini yoritadi. 
Bu kuzatuvlar alohida shaxsning tadqiqoti bo‘lishi va ko‘plab 
hajmdagi fanlarning hamkorligiga sabab bo‘lishi mumkin.
(An Historical Geography o f England before
A.D. 1800. Edited by Henry Clifford Darby. - Cambridge. :
University Press. 1936)
Mavzuga doir manba
...Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning 
kanorasida voqe bo'lubtur. Sharqi Qoshg‘ar, g‘arbi Samarqand, 
janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar, shimolida agarchi burun 
shahrlar bor ekandur, misli: Olmoliq va Olmotu va Yangi kim, 
kutublarda Tarozkent bitirlar, mo‘g‘ul va o‘zbek jihatdin bu tarixda 
buzulubtur, aslo ma’mura qolmabdur. Muxtasar viloyattur, oshliq 
va mevasi farovon. Girdogirdi tog‘ voqe bo‘lubtur. G ‘arbiy 
tarafidakim, Samarqand va Xo'jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur. Ushbu 
jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayhun 
daryosikim, Xo‘jand suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoliy 
tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o‘tub, g‘arb sori oqar, 
Xo‘jandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo
31


Shohruxiyag‘a mashhurdur, о ‘tub yana shimolg‘a mayl qilib, 
Turkiston soru borur. Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom 
qumg‘a singar, hech daryg‘a qotilmas.
Yetti pora qasabasi bor; beshi Sayhun suyining janub tarafida, 
ikki shimoli jonibida. Janubiy tarafidagi qasabalar bir Andijon- 
durkim, vasatta voqe bo‘lubtur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. 
Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur. 
Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Andijon- 
ning noshpotisidan yaxshiroq noshpoti bo‘lmas. Movarounnahrda 
Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ngra mundin ulug'roq 
qo‘rg‘on yo‘qtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe 
bo‘lubtur. To‘qquz tamov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin 
ham chiqmas. Qal’aning girdo-girdi xandaqning tosh yoni 
sangrezalik shohroh tushubtur. Qal’aning girdo-girdi tamom 
mahallottur. Bu mahalla bila qal’ag‘a fosila ushbu xandaq yoqasi- 
dog‘i shohruhtur. Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur, qirg‘ovuli behad 
semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg‘ovulni uskunasini 
to ‘rt kishi yeb tugata olmaydur. EU turkdur. Shahar va bozorisida 
turki bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur.
...Yana bir 0 ‘sh qasabasidur. Andijonning sharqi janubiy 
tarafidur, sharqqa moyil. Andijondin to‘rt yig‘och yo‘ldur. Havosi 
xo‘p va oqar suyi farovondur. Bahori bisyor yaxshi bo‘lur. 
0 ‘shning fazilatida xeyli ahodis vorid bo'lubtur. Qo‘rg‘onning 
sharqi janubiy bir mavzuntog4 tushubtur, Baroko‘hg‘a mavsum.
...Yana bir Marg‘inondur. Anijonning g‘arbidadur, Andijondin 
yetti yig‘och yo‘ldur. Yaxshi qasaba voqe bo‘lubtur, pur ne’mat: 
anori va o ‘rugi asru ko‘p xo‘p bo‘lur. Bir jins anor bo‘lur, «dona 
kalon» derlar, chuchukligida zardolu mayxushlig‘idin andak 
choshni bor. Samnon anorlarig‘a taijeh qilsa bo‘lur. Yana bir 
jins o‘ruk bo‘lurkim, donasini ohb, ichiga mag‘z solib quruturlar, 
«subhoniy» derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik 
yovuqta bo‘lur. Eli sorttur va mushtzan va pursharu sho‘r eldur. 
Jangaraliq rasmi Movarounnahrda shoye’dur, Samarqand va 
Buxoroda nomdor jangaralar aksar Marg‘inoniydur. Sohibi 
«Hidoya» Marg‘inonning Rushdon otliq kentidindur.
32


Yana bir Isfaradur, ko‘hpoyada voqe bo'lubtur. Oqar suvlari, 
safoliq bog‘chalari bor. Marg‘inonningg‘arbijanubidadur. Mar- 
g'inon bila Isfara orasi to'qquz yig‘och yo‘ldur. Musmir daraxtisi 
bisyordur, vale bog‘chalarida aksar bodom daraxtidur. Eli tamom 
sort va ko‘hiydur. Isfaraning bir shar’isida janub sori pushtalaming 
orasida bir parcha tosh tushubdur, «Sangi oyina» derlar, uzunlig‘i 
taxminan o‘n qari bo‘lg‘ay, balandlig'i ba’zi yeri kishi bo‘yi, past- 
lig‘i, ba’zi yeri kishining belicha bo‘lg‘ay, oynadek har nima 
m un’akis bo‘lur.
Isfara viloyati to‘rt bo‘luk ko‘hpoyadur: bir Isfara, yana bir 
Vorux, yana bir So‘x, yana bir Hushyor. Muhammad Shay­
boniyxon Sulton Mahmudxon bila 01achaxong‘a shikast berib, 
Toshkand va Shohruxiyani olg‘on mahalda, ushbu So‘x bila 
Hushyor ko‘hpoyalarig‘a kelib, bir yilga yovuq tanqislik bila 
o‘tkarib, Kobul azimati qildim.
Yana bir Xo‘janddur. Andijondin g‘arb sorig‘a yigirma besh 
yig‘och yo‘ldur. Xo‘janddin Samarqand ham yigirma besh yig‘och 
yo'ldur, qadim shaharlardindur. Shayx Muslihiddin va Xoja 
Kamol Xo‘jandtindurlar.
Mevasi farovon va bisyor yaxshi bo‘lur. Anori yaxshiliqqa 
mashhurdur. Nechukkim, «sebi Samarqand» derlar va «anori 
Xo‘jand» derlar. Vale bu tarixda Marg‘inon anori ko‘p ortuqdur.
Qo‘rg‘oni baland yerda voqe bo‘lubtur. Sayhun suyi shimol 
jonibidin oqar. Qo‘rg‘ondin daryo bir o‘q otimi bo‘lg‘ay. Qo‘rg‘on 
bila daryoning shimol tarafida bir tog‘ tushubtur. Munug'il otaliq, 
derlarkim, bu tog‘da feruza koni va ba’zi konlar topilur. Bu tog‘da 
bisyor yilon bor.
...Yana bir Kosondur. Axsining shimolida tushubtur. Kichikroq 
qasabadur. Nechukkim Andijon suyi 0 ‘shdin kelur, Axsi suyi 
Kosondin kelur. Yaxshi havoliq yerdur. Safoliq bog‘chalari bor.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish