Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

Beruniy. 
Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 
tacha asarning muallifidir. Ba’zi sharqshunoslar, u 180 tacha 
kitob yozgan, degan fikrda. Sharqshunoslarning eng keyingi 
hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: 
astronomiyaga oid asari —
70 ta, 
matematikaga oidi
— 20 ta, 
geografiya-geodeziyaga oidi —
12 ta, 
kartografiyaga oidi —
4 ta, 
iqlim va ob-havoga oidi —
3 ta, 
mineralogiyaga oidi
— 
3 ta, 
falsafaga oidi —
4 ta
,fizikaga oidi
— 1 ta, 
dorishunoslikka
oidi —
2 ta, tarix, 
etnografiyaga oidi —
15 ta, 
adabiyotga oid
asari
28 tadir.
Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir maxsus kitoblar 
anchagina; uning astronomiya va boshqa sohalarga bag'ishlangan 
kitoblarida ham geografik m a’lumotlar ko‘p. Beruniyning 
uzunliklar va kengliklar, Yer yuzidagi odamlar yashaydigan 
mamlakatlaming chegaralarini aniqlash, suratga tushirish, 
havoning isishi va sovishi sabablari to ‘g‘risidagi asarlari ham 
bo‘lgan; u Ptolemey „Geografiya“siga qisqacha sharh ham 
yozgan.
26


„Osori boqiya“ (,,Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya“- 
„ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“) taxminan 1000 yilda, 
Abu Rayhon Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi 
shahar)da yashaganida yozib tamomlangan. Bu asar 1879 yil ingliz 
tiliga, 1943 yil fors tiliga, 1957 yil rus tiliga, 1968 yil o‘zbek tiliga 
taijima qilinib, nashr etildi. Asarda turli xalqlaming 
kalendar
tizimi, oy
va 
muchal nomlari, bayramlari, Oy manzillari,
juda 
ko‘p 
meteorologik, fenologik
va 
tarixiy та ’lumotlar, qabilalar
va 
joylaming nomlari
yozilgan. Yevropalik sharqshunoslar bu asami 
qisqacha „Xronologiya" deb ataydilar.
„Kartografiya“ („Tastih as-suvar va tabtih al-quvar“) 10 
varaqdan iborat risola bo‘lib, xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga 
bag‘ishlangan. Risolaning kirish so‘zida 
astronomiya, kartografiya
va 
geografiyaning amaliy ahamiyati
tushuntirilgan.
„Geodeziya“ („Kitobu tahdidi nihoyot al-amokin li tashih 
masofat al-masokin“ — „Turar joylaming oralaridagi masofalami 
aniqlash uchun joylaming chegaralarini belgilash haqida kitob“). 
Bu kitobning bittagina qo‘lyozma nusxasi mavjud. Unda „23 
rajab 426“ yozuvi bor; bu-1025 yil 20 oktyabr degani. Kitob shu 
yili yozib tugatilgan. Aslida Beruniy uni 1017 yilda Xorazmda 
yoza boshlab, Kobulda davom ettirgan va G'aznada nihoyasiga 
yetkazgan.
Kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi bayon etilgan- 
shaharlaming kengliklarini aniqlash, iqlimlarga bo‘Ush, ularning 
chegaralari, okeanlar, dengizlar va orollaming taqsimlanishi bayon 
etilgan, shimolda yashaydigan isu va yugra qabilalari tilga olingan.
Kitobning beshinchi bobi joylaming geografik uzunligini 
aniqlash usullariga bag‘ishlangan. Umuman, bu kitobda taklif 
qilingan va amalda qo‘llanilgan o ‘lchash uslublari, asboblari 
o ‘rta asrlarda eng ilg‘or usullar va eng m a’qul asboblar bo‘lgan. 
Beshinchi bobning oxirida ko‘pgina misollar keltirilgan
jumladan, Bag‘dod bilan Ray, Ray bilan Jurjon, Jurjon bilan 
Bolxon oraliqlaridagi meridian farqini aniqlash usuli, Balx va 
Jurjoniya shaharlarining uzunlik va kengliklariga asoslanib
27


Omul (Choijo‘y)ning uzunlik va kengligini aniqlash usuli, Balx 
bilan Buxoro orasidagi masofani ularning kenglik va uzun- 
liklariga qarab aniqlash usullari va hakozolar berilgan. Olim 
bir qancha joylarning kenglik va uzunliklarini shu usullarda 
aniqlagan.
,,Hindiston“ („Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola 
Maqbula fil aql au marzula“ — „Hindlarga maxsus narsalarni 
tushuntirish kitobi“) ni olim 1020 yilda yoza boshlab, 1030 yilda 
tamomlagan.
Geografiya uchun bu kitobning ahamiyati katta. Unda umumiy 
geografik ma’lumotlar (Yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar, quruqlikning 
chegarasi, dengiz va quruqliklar, suv ko‘tarilishi va qaytishi
boshlang'ich meridian tarixi) bilan birga, Hindiston tabiatining 
mufassal ta’rifi (tog‘lari, daryolari, shaharlari, qabilalari, hayvonoti 
va hokazo), tom m a’nosi bilan Hindiston tabiiy gegrafiyasi bor. 
Undagi etnografik ma’lumotlar, din, falsafa, urf-odatlar ta’rifi 
mufassal va haqiqiydir.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish