Metrologiya
(yunoncha metron-o‘lchov, logos-ta’limot) -
o‘lchovlar, ularning bir xilligini ta’minlash usullari
va vositalari
hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo'llari haqidagi fan. Tarixiy
metrologiyada asosan, o‘tmishdagi, ayniqsa, turli davrlarda
aholining xo‘jalik munosabatlarida mavjud bo'lgan
xilma-xil
o‘lchov birliMari hozirgi zamonaviy metrik o‘lchovlar tizimiga
aylantiriladi. Bu orqali esa iqtisodiy tarixiy geografiyaga doir
ma’lumotlar yanada oydinlashadi.
Numizmatika
(lotincha numisma-tanga) — yordamchi tarix
fani bo‘lib, tanga-chaqalar va pul munosabatlari tarixini
tangalar,
tanga-chaqalar
yordamida o ‘rganadi. Tangalarni to'plash
(kolleksiyasi) XIV asrdan boshlangan. Numizmatika fan sifatida
XIII asrda paydo bo‘lgan. Numizmatik materiallar yordamida
siyosiy, iqtisodiy-tarixiy geografiyaga doir ma’lumotlarga ega
bo‘lishimiz mumkin. Tangalarda
u zarb etilgan joy va uning
qiymati, qachon va qaysi hukmdor yoki podsho tomonidan zarb
etilganligi o‘sha davrga doir siyosiy va iqtisodiy bilimlarimizni
boyitadi.
0 ‘zbekistonda yozma yodgorliklaming aksariyati arab yozuvida
bo‘lganligi sababli arab paleografiyasi bir qadar rivojlangan.
Tarix fanining muhrlami o‘iganuvchi yordamchi sohasi
sfragistika
(yunoncha sphragis-muhr) XVIII asrda diplomatikaning bo‘limi
sifatida shakllana boshlagan. Uning vazifasi hujjatlami tasdiqlash
hamda ularning haqiqiyligini aniqlashdan iborat bo‘lgan. XIX asr
oxiridan sfragistikaning qadimgi davlat muassasalarining shakllanishi
va rivojlanishi tarixini o ‘rganadigan
fan sifatida yangi davri
boshlangan. Sfragistika davlat apparatidagi islohotlami aks ettiruvchi
muhrlami xronologik tavsiflash asosida rivojlanib bordi. Sfragistika
materiallari
tarixiy-geografik
ma’lumotlami,
geraldika, numizmatika,
onomastikani
o‘rganishda, qadimgi arxivlami aniqlashda muhim
manbadir. 0 ‘rta Osiyoda muhrlar shahar hokimi, mingboshi, noib,
qozi, mufti muhri va boshqalarga bo'lingan.
Xronologiya
(yunoncha xronos-vaqt va logos-ta’limot) - vaqt
o‘lchovlari haqidagi fan. U 2 xil xronologiyaga bo‘linadi: 1)
21
astronomik
(matematik)
xronologiya',
2)
texnik
(tarixiy)
xro-
nologiya.
Astronomik xronologiya — osmon hodisalarini turli astronomik
vaqt doirasida o‘rganadi. Tarixiy xronologiya - yordamchi tarixiy
fan bo‘lib, yozma va arxeologik
manbalardagi aniq vaqtlami
o‘rganadi. Qadimdan xalqlar tabiat hodisalarini kuzatib,
qiyin
matematik hisob-kitob orqali vaqtni o‘lchashgan.
Qadimdan xalqlar Oy, Quyosh,
Oy-Quyosh kaledarlaridan
foydalanishgan. Bu kalendarlardagi vaqtlami hozirgi kalendarga
ko‘chirish va tarixiy voqealar, muhim jang va qo‘zg‘olonlar bo‘lib
o ‘tgan sanalami to‘g‘ri aniqlash uchun ham xronologiya fani
qonun-qoidalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: