Zokirjon saidboboyev


Bu haqda batafsil qarang: Камалиддинов Ш. С. Историческая география



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

1 Bu haqda batafsil qarang: Камалиддинов Ш. С. Историческая география
Южного Согда и Тохаристана по арабоязычным источникам IX - начала
XIII вв. - Т.: Узбекистан. 1996.


Toponimika 
(yunoncha topos-joy, onoma-nom) — joy nomlari 
to ‘g ‘risidagi fandir. 
Toponimika
deganda joy nom larini 
o ‘rganadigan fanni, 
toponimiya
deganda esa geografik nomlar 
yig‘indisi tushuniladi. Toponimiya bir necha turga bo‘linadi: 
gidronimiya,
ya’ni daryo, dengiz, ko‘l, soylar, jilg‘alar, kanallar, 
qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; 
oronimiya,
ya’ni yer 
yuzasining relef shakllari — tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar
tekisliklar nomlari: 
oykonimiya
(yunoncha ,,uy“), polinimiya 
(yunoncha ,,shahar“), yoki 
urbonimiya
(lotincha ,,shahar“), ya’ni 
qishloq hamda shaharlaming nomlari. Bundan tashqari xalq 
urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar 
etnotoponimlar
deyiladi; kishilaming ismlari bilan yuritiladigan toponimlami esa 
antrotoponim/ar
deb atash mumkin.
Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ко‘liar, tog'lar 
kabi geografik nomlami, ularning keUb chiqishini, tarixini o‘rganar 
ekan, bu fan geograflarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy 
ma’lumot beradi.
Xalqlar biror hududdan turU sabablarga ko‘ra ko‘chib ketishsa 
ham, daryolar ko‘llar, shaharlarga ular bergan nomlar saqlanib 
qolgan. Toponimika xalqlarning qaysi millatga tegishli ekanini 
aniqlab beradi. Geografik nomlar kartaning eng muhim elementi 
bo‘lib, biror mamlakat yoki o‘lka tabiatining xususiyatlarini aks 
ettiradi. Shu bilan birga joy nom lari jamiyat tarixi bilan 
chambarchas bog‘liq.
Joyga nomni kishilar beradilar. Har bir joyning bir necha 
xususiyati bo‘lishi mumkin. Ana shu xususiyatlardan qaysi birini 
tanlash jamiyatning talabiga, uning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Xalqlar turli joylarga ko‘chganlarida yangi yashash joylariga 
o ‘z nomlarini beradilar, ko‘proq o‘zlari oldin istiqomat qilgan 
joylarining nomini yangi yashash joylariga ham beradilar. 
Toponimlarning ana shu muhim xususiyatlaridan biri ularning 
takrorlanib turishidir. Bu holni biz AQSh shaharlarining Yevropa- 
ning turli davlatlari shaharlari nomi bilan atalganligida ko‘rishimiz 
mumkin. Masalan, AQShning birgina o‘zida 8 ta Moskva, bir
18


necha Odessa degan shahar va aholi maskanlari bor. Dunyoda 
10 ga yaqin Samarqand bo'lganligi ma’lum. Zarafshon vodiysida 
bir necha Toshkent qishlog‘i bo'lgan. Nomlar ,,ko‘chib“ yuradi.
0 ‘zbekistonda takrorlanadigan nomlar juda ko‘p. Ularning 
hammasini ham boshqalarga nisbat berib qo'yilgan nomlar deyish 
xato. Agar biror qishloq nomi ko‘p yerlarda uchrasa, u awalo 
etnonim, ya’ni biror millat, urug‘, qabilaning nomi bo‘ladi. 
Masalan, Qo‘ng‘irot, Mang‘it, Urganji, Mitan Arab nomli 
qishloqlar etnotoponimlardir. Atamalar ham joy nomlari tarkibida 
takror-takror uchraydi. 
Rabot, buloq, quduq, soy, suv, qum, tosh,
gaza, tangi, qopchig‘ay, tog‘, dahana, ama, tepa
kabi atamalar 
ana shular jumlasidandir. Toponimlaming ana shunday takrorlanib 
turishi ulami tasniflab o ‘rganish ishini osonlashtiradi.
Joy nomlarini turlicha tasnif qilish mumkin. 
Agar toponimlami
etimologiyasi jihatdan tasnif qilsak,
1) etimologiyasi hammaga 
ravshan bo‘lgan toponimlar (Uchquduq, Beshariq, Navoiy, 
Paxtakor va hokazolar); 2) m a’nosi etimologik tadqiqotlar 
yordamida ochib beriladigan toponimlar (Jizzax, Shopurkom, 
Buxoro, Norin va hokazolar); 3) mazmunini hozircha izohlab 
berish qiyin bo‘lgan toponimlarga (Arsif, Zomin va hokazolar) 
ajratish mumkin.
Tarixiy geografiyani o‘rganishda qator yordamchi tarixiy 
fanlaming uslublariga tayaniladi. Ularning manba va ma’lumotlari 
tarixiy geografiya fani uchun keng qo‘llanilishi mumkin.
Jumladan, 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish