Strabon
milodiy
I asrda 17 kitobdan iborat ,,Geografiya“ asariniyaratdi. U miloddan
awalgi V asrdan-milodiy I asrgacha bo‘lgan barcha geograf va
tarixchilarning asarlaridan tanqidiy foydalandi.
“Geografiya“ning XI kitobida 0 ‘rta Osiyoning Parfiya va
Girkaniya kabi o ‘lkalari, Araks, Oks (Amudaryo), Yaksart
(Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Epard (Murg‘ob) daryolari
haqida, shuningdek, kitobda 0 ‘rta Osiyoda yashovchi
sak, so‘.g‘d,
skif massaget
qabilalari haqida ham ma’lumotlar bor. Amudaryo-
ning suvlari esa botqoqliklarga emas, „suvlar mamlakati“ga singishi
haqida yozilgan. „Suvlar mamlakati“ , Shimohy dengiz deganda
Strabon Orol dengizini tushungan, Amudaryoning bir o‘zani
Girkan qo‘ltig‘iga quyiladi, deb o‘ylagan.
Strabon Yaksart va Oks daryolari b o ‘ylarida yashovchi
qabilalarning joylashuv holatiga ham to ‘g‘ri baho bergan. b
Parapamiz (Hindikush) tog‘larining shimoliy tarmog‘ini Imaus
(Pom ir) tog‘lari deb tushungan. Strabonga ko‘ra, 0 ‘rta
Osiyoda massaget qabilalarining bir qismi tog‘larda, yana bir
qismi tekisliklarda, uchinchi qismi botqoqliklarda, to ‘rtinchi
qismi esa ana shu botqoqliklardagi orollarda istiqomat
qilganlar.
Strabon tilga olgan tog‘lar Orol dengizi va Kaspiydan sharqdagi
tog‘lar, ya’ni Tyanshan va Pomimi, vodiy deganida esa Amudaryo
va Sirdaryo oralig‘idagi yerlami nazarda tutgan.
49
Qadimgi dunyoning geografik hamda kartografik bilimlarini
umumlashtirgan mashhur olimlardan biri milodiy II asrda
yashagan yirik kartograf olim
Klavdiy Ptolemeydir.
Uning
„Geografiyadan qo‘llanma“ asari antik davrning o ‘ziga xos
geografik ensiklopediyasidir. Ptolemey mazkur asaming birinchi
bobida geografiyaning vazifalari va dunyo kartasini tuzishda qanday
kartografik proyeksiyani qo‘llash lozimligini bayon etgan.
Umuman, bu asami dunyoning geografik atlasi desa ham bo‘ladi.
Ptolemey bu asaridan tashqari 27 ta kartani o‘z ichiga olgan
dunyo atlasini tuzdi.
Osiyo Ptolemey «Geografiya»sining V-VII boblarida 12 ta
kartada berilgan, 48 ta viloyatga bo‘lingan. Uning atlasidagi yigirma
ikkinchi kartada 0 ‘rta Osiyo hududlari ham aks ettirilgan. Ushbu
karta tahlili bo‘yicha S.A.Vyazigin, B.P.Ditmar, V.V.Latishevlar
maxsus shug‘ullanishgan.
Mashhur rus geografi I.V. Mushketovning fikriga ko'ra
Ptolemeyning bu kartasida Turkiston to ‘g‘risida hatto XVIII
asrning birinchi yarmidagi yevropalik olimlaming tasawurlariga
qaraganda ham kengroq va to‘g‘ri ma’lumotlar bor.
Ptolemeyga qadar barcha yunon muarrixlari Kaspiy dengizini
Dunyo okeanining qo‘ltig‘i deb, noto‘g‘ri tasawurga ega edilar.
Ptolemey ana shu mavjud xato tasawumi inkor qilibgina qolmay,
uning noto‘g‘riligini isbotlab ham bera oldi.
Ptolemey kartasida Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon),
Oks (Amudaryo va uning irmoqlari), Ox (Tajan) va Marg
(Murg‘ob) daryolari, boshqa ko‘plab kichik daryolar bor. Biroq
0 ‘rta Osiyoning yirik daryolari Kaspiy dengiziga quyiladigan qilib
tasvirlangan. Kaspiy dengizi esa sharqdan g‘arbga cho‘ziltirib
chizilgan.
Kartada tarixiy hududlar (So‘g‘diyona, Baqtriya, Marg'iyona),
xalqlar (xorazmliklar, zariasplar, massagetlar) shaharlar (Tribaktra,
Astkana, Xaraxarta, Marakanda, Turkana, Antioxiya-Marg‘iyona)
aks ettirilgan. Shuningdek, kartada Sirdaryo va Amudarvoning
o‘rta oqimlari oralig‘idagi hudud Transoksiana deb atalgan.
50
Klavdiy Ptolemey kartasi yana shu jihatdan ahamiyatliki, unda
0 ‘rta Osiyodagi davlatlar chegaralab berilgan. Bundan tashqari,
Ptolemey kartasi etnografik jihatdan ham ahamiyatli: kartada 12
qabila (xorazmliklar, toxarlar, massagetlar va hokazo) ajratib
ko‘rsatilgan.
0 ‘rta Osiyo tog‘lar orasidagi bir vodiyda ko‘rsatilgan: janubda
Paropamis tog'lari, sharqda meridianal cho‘zilgan Imaus (Pomir)
tog‘lari bor.
Shunday qilib, antik davr olimlarining 0 ‘rta Osiyo haqidagi
deyarli yetti asr mobaynidagi, ya’ni Gerodotdan Ptolemeygacha
bo‘lgan kartografik tasawurlari keyinroq ancha ilmiy tadqiqotlar
bilan boyib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |