Tibbiyot instituti talabalari uchun


Mexanik asfiksiya sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

11.10. Mexanik asfiksiya sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos 
xususiyatlari
Mexanik asfiksiyaga shubha tug’ilganda sud tibbiyoti ekspertizasi oldida 
turgan asosiy vazifa uning aniq qaysi turidan o’lim sodir bo’lganligini echish 
masalasidir. Bunday xulosani aniqlangan ko’pgina umum asfiksik belgilar, 
shuningdek asfiksiyaning aniq turi uchun xarakterli kompleks belgilarga qarab 
chiqarish mumkin. Noaniq hollarda, spetsifik belgilar kuchsiz ko’zga tashlanganda 
o’limning boshqa sababini axtarishga to’g’ri keladi. Bunda vokea sodir bo’lgan 
joyni kuzatish va o’limning sodir bo’lish holatini hisobga olish talab qilinadi.
Mexanik asfiksiyaning alohida turlariga xos xarakterli kompleks belgilar, 
222


shuningdek ularning tiriklikda sodir bo’lganligini aniqlashda murdani birin-ketin 
tekshirilish tavsiya etiladi. Masalan, strangulyatsion asfiksiya belgilari (osish, 
bo’yinni sirtmoq va qo’l bilan bug’ish) bo’lgan o’liklarni tekshirishda 
strangulyatsion egatcha va bo’yindagi tashqi jarohatlanish o’rganilgan va 
yozilgandan keyin u taxminan qonsizlangach, bo’yin organlari va yumshoq 
to’qimalari sinchiklab ajratiladi. Buning uchun ichki organlar kompleksini 
olishdan oldin kalla bo’shlig’ini kesib ko’rish, shuningdek yurakka yakin aorta va 
yuqori g’ovak venani kesish yordamida katta qon tomirlaridan qonni chiqarib 
yuborish taklif qilinadi. Bunday usul orqali, bo’yin to’qimalarini qon bilan 
shimilishini oldi olinadi.
Katta qulaylik uchun T-shaklli sektsion kesish tavsiya etiladi. Shundan keyin 
bo’yin terisi va uning tagidagi muskul qavati yuqoriga qarab hamda bo’yin 
muskullari alohida ajratiladi, ayniqsa ularni to’sh suyagi va o’mrov suyagiga 
birikadigan joyi, shuningdek tomir nerv tutamchasi ochilib, umumiy uyqu 
arteriyasi uzunasiga kesilgach, uning tarmoqlanuvchi qismiga ahamiyat beriladi. 
Bunda uyqu arteriyasining bifurkatsiyaga yaqin qismidagi tashqi va ichki pardalari 
ko’zdan kechiriladi. Keyin esa ikkala adashgan nerv va bo’yin simpatik tuguni 
sinchiklab o’rganiladi.
Jarohatlanishlar va ularning tiriklik xususiyatlarini aniqlash maqsadida til 
osti suyagi va hiqildoq tog’ayi yaxshilab ajratiladi. Orqa va elka kamari 
mushaklari, shuningdek umurtqalararo disklar ham ularda qon quyilish belgilari 
borligini ko’rish uchun, albatta, tekshirilishi zarur.
Strangulyatsion egatcha sinchiklab gistologik tekshiruvdan o’tkazilishi 
kerak. Bunday maqsad uchun egatchaning yo’nalishi bo’ylab bo’yin terisining bir 
necha joyidan bo’lakcha olinishi tavsiya etiladi.
Agar bo’yinni siquvchi sirtmoq bo’lmasa murdani kesib ko’rilgunga qadar 
terida saqlangan tekstil tolalari yoki boshqa mayda zarrachalarni borligini bilish 
uchun strangulyatsion egatchaning yuzasidan yopishqoq lentalar yordamida tamg’a 
olinadi.
Ko’kragi va qorin bo’shlig’i siqilishi, nafas yo’llarida yot jismlarning 
223


bo’lishi, shuningdek sochiluvchi moddalar va qonning o’pkada bo’lishi kabi 
hollarda o’limning tashxisini aniqlashda odatda uncha katta qiyinchilik 
tug’ilmaydi.
Oshqozon ichidagi narsalarni yuqori nafas yo’llarida va bronxlarda 
topilganda alohida ehtiyotkorlik bilan yondoshishga to’g’ri keladi. Qusuq 
massalari aspiratsiyasining tiriklik belgilariga oshqozon ichidagi narsalarning 
mayda bronxlar (bronxiolalar) va o’pka alveolalarida topilishi, shuningdek nafas 
yo’llarining shilliq pardasini ta’sirlanish belgilari kiradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish