kutarilgan ba’zi yerlar tulqinsimon shaklda bo’ladi. Bu sharnir –
tulqinlanishdir. Yadro deb burmalarning ichki qismiga aytiladi.
Burmalar o’q tekisligining fazoviy xolatiga ko’ra qanotlarning og’ish
burchagiga asosan bir – biridan farqlanadi. Tik xolatda o’qli burma oddiy yoki
to’g’ri burma bo’lib, qanotlarning o’q tekisligiga bo’lgan burchaklari bir –biri –
biriga teng qiymatda bo’ladi. Qiya burmalarning o’qi qiya, qanotlarning yotish
burchaklari turlicha bo’ladi.
Ag’darma burmalarning qanotlari bir – biriga yondashgan xolatda
bo’ladi. Yotiq burmalarning o’q tekisliklari tep –tekislik burma qanotlari yotiq
xolatda bo’ladi. Agar burma o’q tekisligi bilan burma qanotlari bir – biriga
parallel bo’lsa, izoklinal burma deyiladi. Burma gumbazi tekisroq va keng,
qanot esa tik xolatda bo’lsa, sandiqsimon burma deyiladi. Qatlamni
chegarolovchi ikkita pasti zamin va yuqori qatlamlanish yuzalari bor. Bular
orasdidagi masofa qatlam qalinligi deyiladi.
Qatlamlarning joylashish
elementlariga qatlamning yo’nalishi og’ish burchagi. Qatlamning tekis yuza
bilan kesishidan hosil bo’lgan chiziq uning yo’nalishi deyiladi. Qatlamning
og’ish (tushish burchagi) tomoni ham azimut bilan o’lchanadiki, uning
yo’nalishiga tik qatlam yuzida uning og’ish tomoniga parallel yo’nalish
chizig’iga tik joylashgan tik qatlamining o’gish chizig’i deyiladi, qatlamning
og’ish chizig’i bilan tekis yuza orasidagi burchak unung og’ish
burchagi
deyiladi. Qatlamning og’ish azimuti uning og’ish chizig’i bilan meridian
orasidagi burchakdir. Qatlamning yo’nalish azimuti uning yo’nalish chizig’i
bilan meridian orasidagi burchakdir.
Tektonik harakatlarning uchinchi turi tektonik siniq yoki dizyuktiv
harakatlardir. Yer qobig’ini tashkil etishda qatnashgan jinslarning darz ketib
yorilishi dizektiv harakat deyiladi. Yerma harakatda jinslarning yaxlitligi
botamom buziladi. Yoriqlarning bir qanoti yer sathida qolib, ikkinchi qanot tik
bo’ylab yuqoriga kutarilishida irg’itma hosil qiladi. Irg’itma harakat vaqtida bir
– biriga parallel holatda hosil bo’lgan oriqlar orasidagi qanotlarning biri o’z
o’rnida, ikkinchisi, irg’itilgan holatlar gorst va grateklar paydo qiladi. Trorst o’z
satxini o’zgartirgan ko’tarilib chiqqan irg’itma. Groben avvalgi sathda qolgna
tektonik yoriqdir. Yoriqlar yozining tekislangan yaltiroq yuzasi “sirkalanish
kuzgusi” deyiladi.
Litosfera plitalari tektonikasi yoki plitalar
tektonikasi spreding
nazariyasi yer po’stining qattiq yirik qismlari harakatini izohlashdan iborat. Yer
po’stining yirik plitalari gorizontal xolatda yiliga 20 sm.lab minglab km.ga
harakatlanadi. Harakat jarayonida yirik plitalar bir – biridan ajralishlari,
yaqinlashishi va xatto bir – biriga nisbatanm sirg’anishib joylashishi natijasida
shu o’rinda to’qnashish chegaralaridsa xuddi metallarni payvand qilishdan
so’ng hosil bo’ladigan o’lama qabariq tog’liqlar paydo bo’ladi, zilzilalar
harakati yuzaga keladi, magma yoki vulqon paydo bo’ladi.
Uzoq Sharq yoki
Markaziy Osiyo baland tog’larining hosil bo’lishini shunday izohlash mumkin.
Ma’lumki, relyef endogen va ekzogen jarayonlarning o’zaro ta’siri
natijasida shakllanadi. Relyefning shakllanishida endogen jarayonlar etakchi
ahamiyatga ega bo’lsa morfostruktura relyefi deyiladi. Geosinkinal, platforma,
tog’ bo’lmali mintaqa, tog’li o’lka, tektonik botiq va boshqalar
morfostrukturalardir. Relyefning shakllanishida ekzogen jarayonlar ustun
bo’lsa, morfoskulpturalar deyiladi. Akumulyativ tekisliklar, morena marzalari,
daryo vodiysi va boshqalar bunmga misol bo’la oladi.