84
— Buxoro respublikasining 9 ta viloyati; — Xorazm
respublikasining 23 ta tumani.
O`zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. km. ni,
aholisi 4 million 447 ming 55 kishini tashkil etar edi.
1926 yil ma’lumotlari bo‘yicha, milliy tarkibiga ko‘ra aholining 74,2 foizini
o‘zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etgan.
O`zbekiston
SSRning dastlabki poytaxti
Buxoro
bo‘lgan. Biroq ko‘p o‘tmay
— 1925 yil aprelda poytaxt
Samarqand
qilib belgilandi.
1930 yil oxirida poytaxt
Toshkentga
ko‘chirildi. O`zbekiston SSRda butun
hokimiyat 0‘zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat
Inqilobiy qo‘mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hokimiyati raisi, taniqli
davlat arbobi Fayzulla Aoljayev O`zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi raisi qilib
tasdiqlandi.
1924 yil 5 dekabrda Inqilobiy Qo‘mita butun O`zbekiston
xalqiga murojaat
qilib, O`zbekiston SSR tuzilgani, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligi
ma’lum qilindi.
1924 yil 13 fevralda Buxoroda O`zbekiston SSR Sovetlarining I s’ezdi ochildi.
U 17 fevralda ,,0‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining
tashkil topishi
to‘g‘risidagi deklarasiya“ni qabul qildi. Deklarasiya O`zbekiston SSR tashkil
topganligini qonunan rasmiylashtirdi va 0‘zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda
SSSR tarkibiga kirganligini e’lon qildi. Deklarasiyada qayd qilib o‘tilganidek,
,,shu kundan e ’tiboran о ‘zbek xalqi hududida Toshkent,
Samarqand, Farg'ona,
Qashqadaryo, Zarafshon,
Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini о ‘ziga olgan bu
xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlaming ittifoqdosh O`zbekiston Sovet
Sosialistik Respublikasi ta ’sis etildi, unga Tojikiston Avtonom SSR kirdi
“.
1925 yil 13 mayda SSSR Sovetlarining III s’ezdi Turkmaniston va O`zbekiston
respublikasining SSSR tarkibiga kirishi to‘g‘risida shu rcspublikalar „xalqlarining
erkin xohishi“ni inobatga olib tasdiqladi.
Shu
tariqa,
0‘zbekiston
ittifoqdosh
respublikasining
qonunan
rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR tarkibidagi
ittifoqdosh respublika bo‘lgan 0‘zbekiston milliy
sovet respublikasi paydo
bo‘ldi.
1937 yilda qabul qilingan 0‘zbekiston SSR Konstitusiyasida yozib
qo‘yilgan respublikaning suvereniteti, erkinligi, tengligi va mustaqil rivojlanish
huquqiga ega ekanligi haqidagi qoidalar faqat ,,qog‘ozda“ edi, xolos. Amalda
esa, O`zbekiston mustamlaka mavqeini egallab, hamma jihatdan metropoliyaga
85
butunlay qaram bo‘lib qolgan edi. 20-yillarning boshlarida partiya X, XII,
XIV, s’ezdlari tomonidan ilgari surilgan xalqlaming iqtisodiy va madaniy
qoloqligini tugatish
vazifasi ham hal qilinmadi, bu boradagi partiya qarorlari
bajarilmadi. Bu davrga kelib milliy rcspublikalar huquqlari butunlay cheklab
qo‘yildi. Ular yangi Konstitusiyaga muvofiq eng muhim va asosiy masalalarni
hal qilishi u yoqda tursin, hatto, viloyat va tuman bo‘linishlari
chegaralarini
belgilash huquqiga ham ega emas edilar.
1925 yil may oyida O`zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitusiyasi,
uning asosiy qonun-qoidalari 0‘zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan
bo‘ldi. 1927 yilda qabul qilingan 0‘zbekiston SSR ning birinchi va 1937 yilda
qabul qilingan ikkkinchi Konstitusiyasi ham amalda SSSR Konstitusiyasining
ko‘chirma nusxasi edi. Chunki O`zbekiston qog‘ozdagi „suve- ren“
respublika
bo‘lib, amalda markazga tobe va qaram bir o‘lka edi, xolos. U o‘z xalqining milliy
manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq
hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Bunga uning haddi sig'masdi.
Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar
faqat
hukmron
markaz
xohish-irodasi
bilangina
hal
etilardi.
Hatto
O`zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga
oid masalalar ham ittifoq
hukumati roziligini so‘ra- masdan 1929 yilda Tojikiston ASSR O`zbekiston
SSRtarkibidan chiqarihb, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi
hamda SSSR ga qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: