81
egalladi, keyin qizil armiya qismlanning qo‘llab-quvvatlashi bilan 29 avgust erta
tongda Eski Choijo‘yni bosib oldi. Shundan so‘ng Beshim Sardor boshchiligida
inqilobiy qo'mita tashkil qilindi. Choijo'y inqilobiy qo‘mitasi
oldindan
kelishilgandek, o‘sha kuniyoq sovet hukumatiga yordam so‘rab murojaat qildi.
O`sha kuniyoq ilgaridan tayyorlab qo'yilgan sovet qo‘shinlariga tegishli
ko‘rsatmalar yuborildi. „Qo'zg'olon ko'targan Buxoro xalqi“ ga yordam
ko‘rsatishga kirishish to‘g‘risida Turkfront bo‘yicha buyruq berildi.
Bolsheviklar rejimining harbiy jihatdan ancha ustun qo'shinlari 1920 yil 28
avgustdan 29 avgustga o'tar kechasi buxorolik “inqilobiy tuzilmalar“
ishtirokida
amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob, Shahrisabzni
bosib olib, amirlik poytaxtiga yaqinlashib qoldilar.
Lekin bu yerda bosqinchilar
amir qo'shinlarining qat’iy qarshiligiga duch keldilar. Turkfront qo'mondonligi
buyrug‘i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, to‘plar va
bronepoyezdlardan turib qattiq o'qqa tutildi. Amirlik poytaxti ostidagi janglar 4
kecha-kunduz davom etib, 1920 yilning 2 sentyabrida amirlikning so‘nggi tayanchi
— Ark mag‘lub bo'ldi.
Amirlik poytaxti bosib olingandan keyin hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro
Inqilobiy qo'mitasi ixtiyoriga o'tdi. Muvaqqat Inqilobiy qo'mita
darhol
Turkkomissiya rahbariga ilgaridan tayyorlab qo'yilgan Manifestni e’lon qildi.
Unda Buxoro davlati “Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi" deb ko'rsatilgan edi.
1920 yil 11 sentyabrda inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi,
uning ko'pchilik a’zolari F.Xo'jayev boshchiligidagi Buxoro partiyasi tarkibiga
kirishdi. 1920 yil 14 sentyabrda Buxoro kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi
Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi va
Xalq Nozirlar Kengashining
birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro
inqilobiy qo'mitasi - oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo'jayev
raishgidagi respublika hukumati - Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi.
1920 yil 6 oktyabrda amiming yozgi saroyi — Sitorai Mohi Xosada xalq
vakillarining I Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet
Respublikasi deb e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921 yil 4
martda
Moskvada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan RSFSR o'rtasida Ittifoq
shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Xorazm Xalq Sovet
Respublikasi kabi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining
ham RSFSRga harbiy-
siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'lganligini qonun yo‘li bilan mustahkamladi.
Do'stlaringiz bilan baham: