50
tarkibida eng ko‘p miqdorda uchraydi. Bunda karnotit, evksenit, fergyusonit,
samarskit va boshqa shu kabi minerallar katta ahamiyatga egadir.
Qazib olish
jarayonida 1 t radioaktiv material olishda 10...15 t chiqindi hosil bo‘ladi, qayta
ishlash jarayonida esa 100 t gacha chiqindi hosil bo‘ladi.
Zanjirli reaksiya ushbu yadro reaksiyasiga qodir bo‘lmagan boshqa
izotoplarning
miqdori
materialda
belgilangan
darajadan
oshib
ketmagan
sharoitdagina rivojlanishi mumkin bo‘lganligi bois uran izotoplari aralashmasida
235
U
miqdorini qisman ko‘paytirish zarur. Izotoplarni ajratish
uchun kimyoviy usullarni
qo‘llash samara bermaydi, chunki
235
U va
238
U kimyoviy xossalari mutlaqo bir xil.
Shuning uchun izotoplarning massalari farqidan foydalanadilar.
Oldin uranni kimyoviy qayta ishlash uskunasida u uran geksaftorid (UF
6
)
shakliga o‘tkaziladi. So‘ngra olingan engil uchuvchan birikmaning bug‘larini maxsus
kichik g‘ovakli filtr orqali o‘tkazadilar. Tarkibida
235
U bo‘lgan UF
6
molekulalari filtr
orqali
tarkibida
238
U bo‘lgan molekulalardan tezroq o‘tadi. Ushbu jarayonni uranni
boyitish uskunasida
235
U ning tarkibiy miqdori 3 %ga etgunga qadar qaytarilaveradi.
Keyingi bosqichda boyitilgan urandan atom elektrostansiyalarda foydalanish
uchun issiqlik ajratuvchi element (IAEL)lar tayyorlanadi. Taxminan uch yildan so‘ng
qisman yonib bo‘lgan yoqilg‘ili issiqlik ajratuvchi
elementlarni olib atom
elektrostansiya tarkibidagi basseyin-sovutgichlarga joylashtiradilar. U erda ular
taxminan bir yilgacha saqlanadi. Bu vaqt mobaynida ularning faolligi pasayadi,
parchalanish vaqtida ajraladigan issiqlik esa tarqaladi. Shundan so‘ng
esa ishlab
bo‘lgan issiqlik ajratuvchi elementlar oraliq saqlagich omborlarga so‘ngra esa ko‘mib
tashlash yoki qayta ishlash uchun jo‘natiladi.
Atom elektrostansiyasida ishlatib bo‘lingan issiqlik ajratuvchi element
(IAEL)larni qayta ishlash korxonalarida ular mexanik usulda maydalanib,
keyinchalik yadroviy reaktorda hosil bo‘lgan plutoniyni va xali ishlatib bo‘ladigan
uranni boshqa radioaktiv chiqindilardan kimyoviy usulda
ajratib olish uchun azot
kislotasida eritiladi.
Issiqlik ajratuvchi elementlarni kesib maydalaganda va eritilganda ungacha
yoqilg‘ida mavjud bo‘lgan va yoqilg‘i sterjenlarining qobig‘i ichida qamalib turgan
barcha radioaktiv gazlar va uchuvchi moddalar ajralib chiqadi. Ko‘pchilik jarayonlar
bir metr qalinlikdagi beton devorlar ortida to‘liq avtomatlashtirilgan holatda
bajarilgani bilan, filtrlash uskunalari esa radioaktiv
moddalarni atrof muhitga
tushishini oldini olishi lozimligiga qaramay ularni yuz foiz ushlab qolinishi
amaliyotda mumkin emas.