I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Radiatsiyaning tibbiyotda qo’llanishi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

 
2.3. Radiatsiyaning tibbiyotda qo’llanishi 
Ionlashtiruvchi nurlanish tibbiyotda kasallik tashxisini aniqlash (rentgen 
suratlar, radioizotop tashxislash)da va bemorlarni davolashda (nurlanishli terapiya) 
qo‘llaniladi. Bunda organizmga dozaviy ta’sirning yadroviy energetikadagiga 
nisbatan ko‘p marta kattaroq zo‘riqishlari o‘rin tutadi.
Masalan inson flyurografiyadan o‘tishda 0,0037 Zv, tishlar rentgenografiyasida 
– 0,003 Zv, oshqozon rentgenoskopiyasida – 0,3 Zv doza qabul qilib oladi. Turli 
sabablar bilan (masalan surat yaxshi ko‘rinmagan bo‘lsa) muolajalar qaytarilganda 
doza zo‘riqishlari tegishli ravishda ikki baravar ko‘payadi. Ushbu holat 
sanatoriyalardagi radonli vannalarni takroran qabul qilishda ham yuz beradi.
U yoki bu radiologik muolajalarni foydasi va zarurligi to‘g‘risida qarorni qabul 
qilish uchun odam imkoni mavjud bo‘lgan zararli hodisalarni baholashni uddulay 
bilishi kerak. “Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunga asosan fuqaro (bemor) 


45 
talabiga binoan rentgen va radiologik muolajalarni o‘tkazishda qabul qilinadigan 
nurlanish dozasi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida axborot berilishi zarur.
Hayot ko‘rsatkichlari bo‘yicha radiatsiya dozalarini olish zarurati tug‘ilgan 
bemorlarga quyidagi amaliy tavsiyalarni berish mumkin.
1. Radio va nurlanish tashxisi va muolajasidan chiqadigan foyda va yuqori 
radiatsiya dozasi olish orasidagi to‘g‘ri munosabatni aniqlab olish kerak. Bu ayniqsa, 
ko‘plab aholini rentgen orqali tekshirib, soppa-sog‘ odamlar ichidan tasodifan biror 
kasallikni aniqlab olish jarayonida muhimdir. 
2. Agar imkoni bo‘lsa, vrach nurlanishli tashxis usullarini boshqa, xavfsizroq 
usullarga almashtirish lozim. Masalan, tuberkulyoz kasalligi umumiy tibbiy ko‘rik 
vaqtida odatdagi teri probasini tekshirish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
3. Agar juda xam zarur bo‘lmasa 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 
rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazishga rozi bo‘lmaslik kerak. 
4. Rentgen nurlanishini qo‘llaydigan barcha tekshiruvlarda agar rentgen 
s’yomkalarini o‘tkazish imkoniyatiga yoki uning sifatiga salbiy ta’sir etmasa, doimo 
jinsiy organlarni, ayniqsa erkaklarda samaraliroq, ekran yordamida (masalan rezina-
qo‘rg‘oshinli fartuklar yordamida) muxofaza qilish lozim.
5. Agar ayol kishi homiladorlikning birinchi xaftalarida oshqozoni yoki kichik 
tosni rentgenografiya qilishda nurlanish dozasini olganbo‘lsa bola uchun xalokatli 
oqibatlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bola tug‘ish yoshidagi ayollarda 
diagnostik (tashxislash) maqsadidagi rentgen nurlanishli tekshiruvlar menstrual 
siklning birinchi 10 kunligida, ya’ni homiladorlik yo‘qligiga shubxa bo‘lmaganda 
(”o‘n kun qoidasi”) o‘tkaziladi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish