Название публикации:
«SINFDAN MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI
O‘QUVCHILAR IQTISODIY TARBIYASINING SHAKLLANTIRISHDAGI
AHAMIYATI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalashda
texnologiya fani va sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ahamiyati xaqida
ma’lumot berilgan. O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida
singdirilishi, Bolalarda o‘z extiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan izlanishlarda
mexnatga yo‘naltirilganlikni tarbiyalash, kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish,
tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish kabi
sifatlarni tarbiyalash xaqida ma’lumotlar beradi.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiy tarbiya, tarbiya, iqtisodiy bilim, predmed, element,
tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik,
Bozor iqtisodiyoti davrida yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa
judamuhim. Avvalo o'quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to'la tushunchaga
ega bo'lmog'i darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik,
tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar
haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq
mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso
Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi.
Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u
o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da:
«Ta'limning barcha darajalari ta'lim oluvchilarning iqtisodiy ta'limi hamda tarbiyasini
takomillashtirish», zarurligi a'lohida ta'kidlangan. Barkamol inson avvalo iqtisodiy
tarbiya olmog'i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog'liq ko'nikmalarsiz,
268
odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo'lishi mumkin emas. U eng avvalo o'z mehnati va
boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta'limiy asoslarini
ilmiy bilmog'i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta'lim negizida quriladi. Tarbiya esa
kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo'llash jarayonida o'z ifodasini topadi. Bu
muammo esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'ziga xos tarzda, ya'ni sodda shaklda
tashkil etiladi. Chunki kichik o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumotni, madaniyatni, ongni,
ko'nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik
o'quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo'llash
bilan bog'liq ko'nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. Kichik yoshdagi
o'quvchilarning barkamol insonga xos bo'lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-bosqich
ular yoshining ortib borishi bilan uzviy bog'liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong,
madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O'quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari
bevosita ta'lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas'uliyat
boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasiga to'g'ri keladi. Bu ish boshlang'ich ta'limning
to'rt yilli davrida amalga oshiriladi.
Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas,
shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish
kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun
o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida
e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.
O'quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O'qituvchi
qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan
materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarga iqtisodiy
ta'lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko'nikma, odatlar haqida ma'lumot beradi
O'quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish
asosida birinchi navbatda o'z mehnatini, so'ng o'zgalar mehnatini qadrlashga o'rganadi.
Shu asosda o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumot, ko'nikma va odatlar tarkib topadi.
O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
tadbirlar samarali ta'sir ko'rsatadi.
269
Masalan, texnologiya fanini o‘qitishda mavzularga oid bilimlarni berishda
o‘quvchilarda axloqiy, estetik, ekologik tarbiyalar bilan bir qatorda iqtisodiy tarbiyani
shakllantirish xam muxim o‘rin tutadi. Darsda buyum tayyorlash jarayonlarida buyum
to‘g‘risida ilmiy nazariy ma’lumotlar bilan birga materiallarning tannarxi, tayyorlash
uchun ketadigan vakt birliklari, asbob uskunalarning turi va sifatining axamiyati,
rejalash va o‘lchash ishlarining aniqligi, ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil qilinganligi,
material sarf xarajati, andozalarni materiallarga to‘g‘ri joylashtirishga oid bilim va
ko‘nikmalar beriladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda masalan «Mohir qo'llar» to'garagi
ishtirokchilari o'qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar,
o'yinchoqlarni tayyorlash bilan bog'liq ko'nikmalarni o'rganadilar, ya'ni biror bir
mahsulot ishlab chiqarishni o'rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa
odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo'ladi. Demak, ishlab chiqargan
buyumlar kishilarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya'ni
ta'minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag', ya'ni pul hosil bo'lishiga asos soladi. Pul
esa o'z navbatida o'quvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda to'g'ri xulosa
chiqarishga undaydi.
Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab
chiqarish jarayoni bilan o'quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar
bo'yicha tasavvur, bilim, ma'lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo'lmasin u
davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog'liqligini anglaydi.
Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o'z navbatida odamlarning shu sohaga
bo'lgan ehtiyojini o'quvchilar o'rganish, ko'rish, kuzatish jarayonida o'zlarining
iqtisodiy ma'lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o'quvchilarni iqtisodiy
tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash ommaviy
axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko'rgazmalarni tashkil qilish singari
manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini
va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul
O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va
sinfdan tashkari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish lozim. Iqtisodiy tarbiyaning
270
asosiy maqsadida bir qator masalalarni xal etish natijasida erishish mumkin. Bu
vazifalarning asosiylari kuyidagilardan iborat:
- O‘quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish;
- Oqilona extiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash;
- Bolalarda o‘z extiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan izlanishlarda mexnatga
yo‘naltirilganlikni tarbiyalash;
- Kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik,
ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash;
- O‘quvchilarni iqtisodiy taxlil qilish malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish,
tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mexnat
madaniyatini shakllantirish, mexnatni ilmiy tashkil qilish asoslarini egallab olish;
Xulosa qilib aytish mumkinki sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyaning shakllantirish uchun eng muxim omil xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |