Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО автора:
 Usmanova Malika Adilovna 
Fardu akademik litsey 
Fransuz tili o'qituvchisi 
Название публикации:
«FRANSUZ TILIDA FE’L SO`Z TURKUMI VA FE’LLI 
IBORALARNING QO`LLANILISHI» 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada fransuz tili morfologik bo’lagi va eng asosiy harakat ifodasini 
bildiruvchi fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot berilib, fe’lli iboralarning 
muloqotda va grammatik shakllarda qo’llanilishi haqida ilmiy asosdagi tahlillar 
keltirilgan. 
Kalit so’zlar: 
Fransuz tili, tarix, frazeologiya, morfologiya, xususiyat, tahlil, 
shaxs, ibora 
KIRISH 
XXI-asr rivojlangan axborot texnologiya davrida biror chet tilini (fransuz, ingliz, 
nemis) bilish hech kimga zarar keltirmasa kerak.Shunday ekan boshqa fanlarning o’z 
o’qitish metodlari bo’lganidek, chet tili o’qitishning ham o’ziga xos metodik uslublari, 
metodikasi mavjud. Ammo XVIII - asrgacha ayrim olimlar chet tilini o’qitish 
metodikasini qiyosiy tilshunoslikning amaliy tadbiqdir deb qarasalar, boshqalar ularni 
pedagogika fani deb hisobladilar
77

Fransuz tilining frazeologik iboralarini tadqiq qilish masalasining negizi qadim 
an’analarga borib taqalishi sababli unga qiziqish kattadir. Umuman olganda biron-bir 
tilning boyligi va mavjudligi haqida gapirilganda shu tilni jozibali va obrazli qilib 
ko`rsatadigan turli iboralar nazarda tutiladi.
78
Muammoning dolzarbligiga shu nuqtai 
nazardan yondoshganda, uni quyidagi yo`nalishlar orqali asoslash mumkin: 
Bu sohaning tarmog’I bo’yicha ko’plab filolog olimlar ilmiy ish va tadqiqotlarni 
bajarganlar: 
77
Cyberleninka.ru 
78
Bled E, Bled O. “Orthographe, Grammaire”, Paris HACHETTE, 2009 25-b 


932 
Shveytsariyalik tilshunos olim Sh.Balli fransuz tilining frazeologiyasiga 
birinchilardan bo`lib qiziqqan va uni rivojlantirishga katta hissa qo`shgan. Shuningdek, 
fransuz tilining frazeologiya va frazeologik iboralari ustida turli xalqlar tilshunos 
olimlari, jumladan V.G.Gak
79
, Y.I.Retsker
80
, Z.N.Levit, J.Maruzo, A.G.Nazaryan
81

O.M.Shvars, E.I.Zibutsayte va Pyer Girolar ko`plab izlanishlar olib borishgan. 
Akademik A.A.Vinogradov frazeologik iboralarni tuzilish tartibi va grammatik 
xususiyatlari nuqtai nazardan o`rgangan. Shuningdek, rus tilshunos olimlaridan 
Axmanova O.S., Ojogov S.I., Kunin A.V. va N.M.Shanskiylar rus tili frazeologiyasi 
ustida ishlanishlar olib borishgan bo`lsa, A.A.Abduazizov
82
, A.E.Mamatov, 
Sh.Rahmatillayev
83
, Tursunov U., J.Muxtorovlar o`zbek frazeologiyasining o`ziga xos 
xususiyatlarini o`rgangan va o`zbek yozuvchilaridan A.Qodiriy, A.Qahhor, 
H.Olimjon, Oydin, S.Ahmad asarlarining frazeologik tarkibini tadqiq etishgan. 
Ega tomonidan bajariladigan ish–harakat yoki holatni bildiradiradigan so`z 
turkumiga ega deyiladi.Fe’l hamisha ham ish-harakatni ifodalayvermaydi. Biz „‟il 
souffre„‟U qiynalyapdi gapida shaxs ish harakat bajarmaydi,u hech qanday harakat 
bajarmaydi.Biz elle se trouve dans le jardin ,deganimizda hech qanday harakat haqida 
gap ketmaydi,bunda holat bajarilishi anglashiladi.Shunday qilib yuqoridagilardan 
quyidagilar kelib chiqadiki,ish harakat termini global holatini anglatib,unda gap egasi 
ishtirok etadi va zamonlarda harakatni boshqaradi. 
Dildora lit un livre–Dildora kitob o`qiyapdi gapini olaylik.Bu yerda lit– o`qiyapdi 
so`zi nima qilayapdi? So`rog`iga javob bo`lib bus of fe’l gapda kesim vazifasini 
bajaradi.Dildora degan ot so`z turkumiga mansub so`z o`qidi degan harakatning 
bajaruvchisi hisoblanadi. 
Fe’llar harakat yoki holatni anglatishiga ko`ra harakat va holat fe’llariga 
bo`linadi.Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro`y bergan harakatni 
bildiruvchi fe’llar harakat fe’llari hisoblanadi.Shaxslarning ichki kechinmalari va 
79
Гак В.Г. Беседы о французском слове. – Москва, «Высшая школа», 1964 
80
Й.И.Ретскер. Французско-русский фразеологический словарь. – Москва, «Русский язык» 
81
Назарян А.Г. Фразеология французского языка. Москва, «Высшая школа», 1982 
82
Abduazizov A.A. O‟zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. –Toshkent, “O‟qituvchi”, 1992. 
83
Rahmatullayev Sh. O‟zbek frazeologiyasining ba‟zi masalalari. – Toshkent, 1966 


933 
narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o`tish jarayonini ifodalovchi fe’llar esa holat 
fe’llari hisoblanadi. 
Fe’l jarayon sifatida harakatni ifodalaydi.U ish harakatning qaysi holatda qachon 
bajarishini bildiradi. Bundan tashqari fe’l jarayon avtori bo`lgan (boshqaruvchisi) 
shaxsga ta’sir ko`rsatadi.Je pense-men o`ylayapman ,nous écrirons,nous aurons écrit. 
Ammo zamon,mayil va ish harakat avtori aniqlik darajasi hamma fe’l formalarida bir 
xil bo`lavermaydi. 
Tilda funksiya bajarishiga ko`ra fe’l sof ma’noli va ko`makchi fe’llarga 
bo`linadi.Ko`maakchi fe’llar o`z navbatida ikki qisimga: sof ko`makchi va yarim 
ko`makchi fe’llarga bo`linadi.Ko`makchi fe’llar ham o`z navbatida ikki qisimga : sof 
ko`makchi va yarim ko`makchi fe’llarga bo`linadi Sof ma’no beruvchi fe’llar ega talab 
qiladi . 
Avoir va être fe’llari sof ma’noga ega bo`lishi bilan birga yordamchi fe’l 
vazifasida kelib qo`shma zamonlarni yasashda hizmat qiladi.Sof ma’nosini 
yo`qotadi.Bundan tashqari être voix passive – passiv forma yasashda xizmat qiladi.Bu 
holatda u nisbiy rol o`ynaydi.Qandaydir fe’lning sifatdoshi (participle passé) bilan 
bog`lanib,yordamchi fe’llar maxsus grammatik ma’no beruvchi yangi fe’l formasini 
yasaydi. Masalan: qaysidir murakkab zamonni yasash uchun xizmat qilgan Imfarfait 
zamonida kelgan ko`makchi vositasidagi fe’l interativ (takrorlanuvchi) xususiyatga 
ega bo`ladi. Passé compose’ tugallandan ish harakatni bildiradi. Chunki u ko`makchi 
fe’lning present da va participe passé tugallangan harakat natijasini ifodalaydi. Boshqa 
fe’llar murakkab zamon yasashda xizmat qila olmaganligi tufayli ko`makchi fe’l bo`la 
olmaydi. 
Shunday fe’llar borki,ular murakkab zamon yasashda qatnasha olmaganligi 
tufayli ko`makchi fe’l bo`la olmaydi.Ammo shuning bilan birgalikda ular gapda 
mustaqil so`z turkumi vazifasida kela olmaydi.
84
Ular infinitive yoki participe 
(sifatdosh) bilan yaqindan bog`lanib,kesim rolini o`ynaydi. 
84
Гак В.Г. Беседы о французском слове. –М., «Высшая школа», 1964 


934 
«Venir,aller,vouloir,pouvoir,devoir» va shunga o`xshagan fe’llar yarim 
ko`makchi fe’llar turkumiga kiradi.Yarim yordamchi fe’llar turli darajalarni amalga 
keltiradi va sifatdosh bilan yordamchi fe’llar aloqasini o`rnatib,o`zining leksik 
ma’nosini yo`qotadi.Masalan: Ils se mirent à observer la cituation –Ular holatni 
kuzatishga to`plandilar.Sa voix vint frapper mes oreilles –Uning ovozi quloqlarimni 
qomatga keltirdi. 
Ba’zi fe’llar sifatlar yoki Participe (sifatdoshlar) bilan birikib qo`shma kesim 
yasaydi. Bunda sifat egani izohlaydi (sifatlaydi), fe’l ega talab qilgan holatni 
ifodalaydi. Bu fe’llar: rester, paraître , devenir va ko`pgina boshqalar. 
Elle reste pansive pendant tous les jours–U butun kunlar davomida o`ychan bo`lib 
qoldi ; 
Au jour le jour nous devenons plus vieux–Kundan kun biz qarib boryapmiz‟ En 
ce moment terrible elle paraissait joyeuse - Bu daxshatli kunlarda u xursand ko`rinar 
edi. Biz «ko`makchi fe’llar» yoki «yarim ko`makchi fe’llar» deb atagan fe’llarning 
hammasi boshqa holatlarda erkin sintaktik konstruksiyaga ega. 
Umumiy Grammatik ma’noga ega bo`lib,uning komponentlari semantik 
qimmatga ega bo`lmagan qo`shma konstruksiyani ko`rib chiqamiz.Bu forma turli 
semantik qimmatga ega bo`lgan hamma fe’llarga mansubdir: 
Yordamchi fe’llar qo`shma forma qismlarini tashkil etib, o`zlarining semantik 
qimmatini (ma’nosini) yo`qotadi. Ular grammatik belgi rolini o`ynaydi.Ular shaxsni 
va sonni,zamonni,maylni bildiradi. Leksik nuqtai nazardan qaraganimizda yordamchi 
fe’llar bir–biri bilan aloqaga kirishadi: Il a eu-bor bo`ldi,il va allé–u hozir keladi, 
Fontaine appelait ce la me faire la tortue–Fontana chaqira–chaqira meni toshbaqaga 
aylantirdi.(imillab,sekin yuradigan). 
Qo`shma formalar monolit (kam sonli) ma’noga ega bo`lib,ko`makchi fe’llar 
formalariga va alohida ma’no beruvchi fe’l formalariga mos kelishi shart emas. 
Qo`shma 
formalar 
xarakteriga 
xos 
xususiyatlardan 
biri 
uning 
sintaktik 
konstruksiyalardan farq qilishidir. U chambarchas bog`langan qismlar asosini tashkil 


935 
qiladi. Masalan,zamonaviy fransuz tilida ko`makchi fe’llar (avoir ,être) va u 
bog`langan sifatdoshlar orasidagi bog`liqlikni muhim deb hisoblamaydi
85

Fe’lning maxsus formalari gapda kesim vazifasini o`taydi. U gapning asosiy 
vazifasini ifodalaydi.Shunday qilib fe’llar gapirilayotgan vaqtga nisbatan ishharakat 
bo`lib o`tgan zamonni yoki nisbiy holatda oldingi gapda ko`rsatilgan boshqa ish–
harakat va holatlarni ifodalaydi.U maylni,zamonni,shaxs–sonni ko`rsatadi.Bu 
xususiyatga ega bo`lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. 
XULOSA 
Fransuz tilining frazeologiyasini o`rganish qadimiy an’analarga borib taqalishi 
sababli unga qiziqish kattadir. Umuman olganda biron-bir tilning boyligi va mavjudligi 
haqida gapirilganda shu tilni jozibali va obrazli qilib ko`rsatadigan turli iboralar, 
jumladan frazeologizmlar nazarda tutiladi. Bir so’z bilan aytganda fe’lning nutq 
jarayoni va morfologik sohada tutgan o’rni anchayin salmoqlidir. Uni tahlil qilish va 
o`rganish nafaqat ushbu til gramatikasini o`rganishga yordam beradi, balki boshqa 
xorijiy tillarning tez o`zlashtirilishiga yordam beradi 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish