Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Adabiyotlar 
1. Atoyev A.Q. Farzandlaringiz barkamol bo’lsin. – Т.: “Ibn Sino”, 1990. – 
204 b.
2. .K.Svyatkina, E.V.Belogorskaya, N.P.Kudryavsev. Bolalar kasalliklari 
fani. –T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1990.


587 
3. J.Eshqobulov; AMahmudov. Bolalar kasalliklari fani. –T.: Abu Ali ibn 
Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1993. 
4. https://lex.uz/ru/docs/ 


588 
ФИО автора:
 Narimboyeva Kumush Anvarbek qizi
Xiva tibbiyot kolleji talabasi
Название публикации:
«YUKSAK MA’NAVIYATLI AVLOD UCHINCHI 
RENESSANS BUNYODKORLARI» 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada renessans ijtimoiy hodisasining qaysi davrlarda 
paydo bo`lganligi, uning kelib chiqishi, ijtimoiy ahamiyati qaysi allomalar ishtirokida 
rivojlanganligiga oid ilmiy nazariy mulohazalar keltirib o`tilgan.

Kalit so‘zlar: 
Ma’naviyat, ong, renessans, ijodkor, tarbiya, mutakallimlar,avlod.
 
Ma’naviyatli yuksak – inson chinakam shaxs darajasiga ko’tariladi. Odamning
vataniga sodiq fuqaro, ota – onasiga munosib farzand yaqinlariga oqibatli do’st
bo’lishi ma’naviy kamolatining darajasidan darak beradi. Shunday komillik yo’lida
badiiy adabiyot yoshlar hayotida beqiyos xizmat qiladi. Sababi adabiyot tilla
sandiq bebaho dur – u javohir - injular bilan to’la ; unda bitmas – tugalmas milliy 
– ma’naviy qadiryatlar zaxirasi jamlangan. Bu ma’naviyat xazinasidan yuksak
ma’naviyatli avlod ulkan hayot ostonasiga qadam qo’yadi. “Agar biz
O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy, tarixiy va yorug’
kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, 
avalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni
tarbiyalashimiz kerak” degan edi muhtaram birinchi prezidentimiz I. A. Karimov
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. 
Renessans nima ? Nega Uchinchi Renessans deyilmoqda ? degan savol
barcha insonlarni qiziqtirgan bo’lsa kerak. “Renessans” lug’aviy faransuzcha
“Qayta tug’ilish” degan ma’noni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha
keng: madaniyatda, ilm – fanda, san’atda, ta’lim – tarbiyada, umuman jamiyat
hayotida uzoq muddatli turg’unlikdan keyin qayta jonlanib tez rivojlanishni, 
ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishni bildiradi. Ilk 
bor atama Evropada o’rta asrlar mutaassibligidan keyin XV – XVI asrlardagi
rivojlanish davriga nisbatan qo’llanilgan Renessans atalmish mazkur ijtimoiy
hodisa o’zbek tiliga uyg’onish davri deb o’girilgan. 


589 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
“Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi
O’zbekiston konsepsiyalari nimani anglatishi haqida so’zlab berdilar. Davlat
rahbari o’z so’zlarida ““Yangi” degan so’zning biz uchun alohida ahamiyati
borligi, eng ko’hna bayramlarimizdan biri Navro’z – Yangi kun deb atalishini esga
olishimizni, ushbu qadimiy bayram bilan bog’liq qadriyat va an’analar hayotimizga
shu qadar singib ketganligini ta`kidlab o`tdilar. Shu o’rinda takidlash lozimki, 
buyuk shoirimiz Alisher Navoiy aytganlaridek har tunimizni qadrlab, har kunimizni
esa yangidan yangilanishlar, yangi imkoniyatlar sari boshlamog’imiz lozim. 
O’tmishni bilmasdan turib, kelajakka boqib bo’lmaydi degan so’zlarga amal
qilgan xolda biz birinchi va ikkinchi renessans qanday davrligini, bu davrlarda
qanday o’zgarishlar bo’lganligini bilib, keyin uchinchi renessans qanday
yuksalishini bilib olishimiz mumkin. O’zbekiston zaminiga tarixan nazar solsak
rostan ham yurtimiz ikki buyuk renessans davrini boshidan kechirgan. Birinchi
uyg’onish davri IX – XII asrlar ma’rifiy uyg’onish davri ikkinchi uyg’onish davri
XIV – XV asrlar Temuriylar davriga to’g’ri keladi.
Birinchi renessans yurtimizdan Farg’oniy, Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, 
Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qashgariy, Mahmud Zamahshariy kabi buyuk daholar, 
muhandislar – Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar – Motrudiy va Abul Mumin Nasafiy
hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuriy olamni yoritdi. 
Haqiqatdan ham Xorazmiy o’z vaqtining buyuk matematigi emas balki, butun
insoniyat tarixidagi buyuk matematik bo’lgan.
BBC telekanali boshlovchisi Al – Xorazmiyga bag’ishlangan hujjatli film
yakunida “Bugun biz qayerda va qachon bo’lishimizdan qat’iy nazar, kofe yoki
choy ustida xoxlagan kishi bilan internetda erkin muloqot qilganimizda yoki veb
sahifalarni kuzatayotganimizda, chegaralanmagan hajmdagi axborotlarni
saqlamoqchi bo’lganimizda barcha yangi xay – tek texnologiyalarining rivojida
o’chmas iz qoldirgan Markizy Osiyoning deyarli tanish bo’lmagan Al – Xorazmiy
ismli kishi turganligini sedan chiqarmasligimiz kerak va undan minnatdor
bo’lishimiz shart” deya xulosa qilgan. 


590 
Haqiqatdan ham Al – Xorazmiy tufayli o’nlik sanoq tizimi va unga asosan 
ko’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallarini butun dunyo ahli bajara oladi. 
Bundan tashqari Al – Xorazmiy matematika bo’yicha yozgan asarlari lotin tiliga
tarjima qilinib Ispaniya orqali G’arbga yetib brogan va 300 yildan so’ng
G’arbliklarni xayratlantirgan. Shu tufayli ham O’zbekiston yoshlari matematika
sohasi bo’yicha fan olimpiadalarida jahonda yetakchilik qilmoqdalar.
Ikkinchi Renessansda Ulug’bek, G’iyosiddin Jamshid, Qoshiy, Qozizoda
Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Kamoliddin Behzod, buyuk me’morlar, 
bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan
asarlar yaratganlar. Navoiy o’zining “Hayrat – ul abror” dotonida yoshlarga
tarbiyaviy, ahloqiy pand – nasihatlarni keltirib o’tganlar. Bundan tashqari
Navoiyning asarlari, ruboiylari, g’azallarida asosan insonni komillikka yetaklovchi, 
vatanga muhabbat, sadoqatlilik g’oyalar bor.
Har ikkala renessans davrida ham dunyoning ilg’or shoirlari, yozuvchilari, 
mutafakkirlari ijod qilganligini bilib oldik. Biz ikki davrda ham ilg’or mamlakatlar
qatorida edik. Hozirgi kunda uchinchi renessans bunyodkorlarini yaratishimiz qiyin
bo’lmoqda. Agar yana shunday buyuk darajaga erishmoqchi bo’lsak O’zbekiston
yoshlari uchinchi renessansni o’z oldiga maqsad qo’yib, o’zining milliy g’oyasiga
aylantirmog’i lozim. 
Bugun yangi O’zbekistonda uyg’onish ma’rifati mash’ali ko’tarildi Biz ikki
renessans ko’rgan buyuk xalqmizdemak, uchinchi renessansning zafari ham
shubhasiz. Muhtaram prezidentimizning Uchinchi Renessans poydevorini
quryapmiz, degan so’zlari bugungi yangilanishlar, o’zgarishlarda o’z nishonlarini
ko’rsatmoqda.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Novoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – 
beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning asosiy manbai”. Shu
o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, 
ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil


591 
etishga yo’naltirdi. Yoshlarni kitob o’qishga undadi. “Yosh kitobxon” ko’ruk – 
tanlovlari o’tkazib kelinmoqda. Yoshlarni kitobga yanada qiziqtirish, ma’naviy
yuksalishi uchun ushbu ko’rik – tanlovlarga Prezidentimiz tomonidan spark
avtomobili berilib kelmoqda. Bundan tashqari iste’dodli yoshlarni qo’llab – 
quvvatlash uchun shaxsan prezidentimiz tashabbusi bilan ijod maktablari, Prezident
maktablari ishga tushirildi va u yerda yuksak bilim sohiblari bilim olib
kelmoqdalar. Oxirgi 5 yillikda bilimli, yuksak ma’naviyatli yoshlarga keng
imkoniyatlar yaratilmoqda. Buni misolida “Zakovat” intelektual o’yinlarini ko’rish
mumkin. 
Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro’y berayotgan yuksalish
jarayonlari o’zini barcha sohalarda namoyon etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Uchunchi Renessans poydevori deb Maktabgacha ta’lim 
va maktab ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy – madaniy muassasalarini
bo’lg’usi renessansning to’rtta uzviy xalqasi,bog’cha tarbiyachisi, maktab
muallimlari, professor o’qituvchilari, ilmiy – ijodiy ziyolilarimizni esa Yangi
Uyg’onish davrining to’rtta tayanch ustuni deb ta’riflagan. Bechinchi tayanchni
fanzandning ota – onalari deb ta’riflagan.


Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish