Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Unashtiruv marosimi
. (Engagement party). Bo'lajak kelin va kuyovning ota-
onalari, barcha yaqinlari bu marosimga boshchilik qilishadi. Ikkala tomon ham o'zaro 
kelishib bir sanani tanlashadi va ushbu kunni unashtiruv kuni deb belgilashadi. 
Kuyov taraf baxt-saodat, omad olib kelsin deya turli xil sovg'alar tayyorlaydi. Ikkala 
taraf to'y kuni uchun turli xil rejalar tuzadilar, taklifnomalar tayyorlaydilar va hokazo.
Taklifnoma tarqatish.
(The invitation). To'y kuni uchun mehmonlarni taklif qilish 
ikki xil tarzda bo'ladi: 
- To'ygacha va to'y kuni bo'ladigan barcha marosimlarda ishtirok etishi uchun 
taklifnoma; 
- Alohida bir marosim uchun taklifnoma.
 
Bo'ydoqlikning so'nggi kuni. (Stag&hen do).
Bu marosimda kelin tomon o'zining 
dugonalari uchun va kuyov tomon o'zining do'stlarini yig'ib, bo'ydoqlikning so'nggi 
kuni sifatida bayram tashkil qilishadi. Bu odatda 1 kecha-kunduz, ba'zan esa 1 
haftalab davom etadi.
An'anaviy to'y marosimlari
. (Wedding ceremony). 
Ushbu unutilmas kunda kuyov taraf va uning barcha yaqinlari bir tomonda, kelin 
tomon va kelinning yaqinlari bir tomonga to'planib, cherkovga yig'ilishadi. Kelin 
uzun yo'lakdan otasi hamroxligida yurib keladi. Nikohdan o'tishdan avval ular 
o'zlarining maxsus nutqlarini aytgan holda qasam ichishadi. Bu urf-odat ularda 
"Exchange of Vows" deyiladi. Keyin esa nikoh uzuklari taqiladi ya'ni "Exchange of 
Rings" marosimi bo'ladi. Nikoh vaqtida o'tirgan mehmonlardan "Bu to'y bo'lishi 
uchun hech qanday qarshiliklar yo'qmi?!" deya 3 marta so’raladi. Bu urf-odat ularda 
qisqa qilib "Objections" marosimi deya tilga olinadi. Nikoh marosimidan chiqib, 
kelin va kuyov, mehmonlar to'y bazmiga yo'l olishadi. 
To'y taomlari
. (Wedding breakfast, cutting of the cake). Kechki bazmda stol turli 
xil lazzatli taomlarga to'la bo'lib, har bir oila o'zining didiga qarab stolni turlicha 
bezatadi. Bu bazm "Wedding breakfast" ya'ni to'ydan keyingi birinchi nonushta, 
ovqatlanish deyiladi. Marosim davomida kelin va kuyov uchun alohida bezatilgan 
tortni kesishadi va mehmonlarga uzatadilar. O'tirgan mehmonlar, kelinning otasi yoki 
kuyovning do'sti kelin va kuyovga o'zlarining samimiy tilaklarini bildirib, nutq 
so'zlashadi. Marosim o'rtasida kelin va kuyov uchun alohida maxsus musiqa 


66 
yangraydi, ular o'rtaga chiqib birga raqs tushadilar. Bu urf-odat ularda "First dance" 
ya'ni "To'ydan keyingi birinchi raqs" deyiladi.
To'y libosi.
(Wedding dress). An'anaviy to'y libosi marosimning muhim qismi bo'lib, 
inglizlarning an'anaviy oq rangida bo'ladi. Kelinning libosini mehmonlar faqat to'y 
marosimida, kelin uzun yo'lakdan yurib kelayotgan paytda ko'ra olishadi. Kelin 
boshiga maxsus oq yopinchiq bilan kirib keladi. Bu Britaniyaliklarda "kelinning 
chiroyiga ko'z tegmasligi uchun, uni chiroyini berkitish maqsadida" yopiladi. Kelin 
uzun yo'lak bo'ylab kuyovning yoniga yetib kelgan paytdagina yuzini ochadi.
 Xulosa. 
Bu marosimlar Britaniyaliklar uchun qadimdan beri mavjud urf-odatlar 
sirasiga kiradi. Lekin bugungi kunda, zamonaviy to'ylarda odamlar boshqalardan 
ajralib turish uchun, yanada kreativlik bilan yangicha marosimlarni o'ylab 
topishmoqda. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish