Название публикации:
«MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ
TILINI O’QITISH METODIKASI»
Annotatsiya: ushbu tadqiqot ishida bolalarga ingliz tilini o’rgatish ya’ni
bolalar uchun ingliz tilini o’rganish usullari o’yinlar, inglizcha
mashg’ulotlar, yangi metodlar orqali bolaning nutqini rivojlantirish.
Kalit sozlar:videorolik,kunlik o’yin,og’zaki nutq,multimediya,imo-
ishora,rasmlar,multfilmlar.
So’nggi bir necha yil ichida chet tilini o’rganish o’z-o’zini
rivojlantirishning bir usuli emas ,balki zarurat bo’lib qoldi. Chet tili nafaqat
maktablar, universitetlarda, balki ko’plab maktabgacha ta’lim
muassasalarida ham ta’limning majburiy- tarkibiy qismiga aylandi.
Shuningdek, ota- onalar ham jamiyatda chet tiliga bolgan talabni til
nafaqat zamonaviy insonni tarbiyalashning omili, balki uning jamiyatdagi
ijtimoiy va moddiy farovonligining asosi ekanligini bilishadi.20 yil oldin
tilni bilish faqat ba’zi sohalarda talab qilingan bo’lsa , bugungi kunda barcha
sohalarda ingliz tilini bilish zarur.
Bolalarda ingliz tilini o’rganish ancha qulayroqdir. Yangi o’qitish
metodikasi bolalarga qaratilgan.Endilikda ota- onalar ham o’z farzandlarini
tilni o’rganishni iloji boricha erta boshlashga intilmoqda. Maktab yoshidagi
bolalarni сhet tiliga o’rgatishning asosiy maqsadlari ;
Bolalarda chet tilida boshlang’ich muloqotini shakillantirish;
61
O'z maqsadlariga erishish, hayotiy aloqa aralashuv shartoitida fikr va
hissiyotlarini ifoda etish uchun chet tilidan foydalanish qobilyatini
rivojlantirish;
Chet tillarini yanada yaxshi o’rganishga ajoyib munosabat yaratish;
Boshqa mamlakatlar hayoti va madaniyatiga qiziqish uyg’otish;
Bolalarni o’qitish – bu maktab o’quvchilari va kattalarga qaraganda
mutlaqo boshqacha uslubiy yondashuvni talab qiladigan juda qiyin masala.
Agar kattalar chet tilida gaplashsa, bu uning boshqalarga o’rgatishi kerak
degani emas. Uslubiy jihatdan passiv darslarga duch kelganda, bolalarda
uzoq vaqt chet tiliga bo’lgan qiziqishi so’nib qoladi va o’z qobilyatlariga
bo’lgan ishonchlarini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan tajribali mutaxasislar ishlashi kerak.
Qishloq joylardagi maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari odatda
ingliz tili muhitidan ancha uzoq bo’lgan sharoitda o’sishadi va bolalarning
fikrlashi mavhum shaklda qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarini
o’zlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga tayangan holga kechadi. Shuning
uchun bog’cha yoshidagi bolalarni o’qitishda ingliz tili o’qituvchilari oson
metodikalar orqali o’quvchilar atrofidagi buyumlardan kartochkalardan va
boshqa o’quv qo’llanmalaridan to’liq foydalanishadi. “Banana” va
“apple”kabi so’zlarni o’qitishda o’qituvchilar banan va olma kabi mevalarni
ko’rsatib va ularning rangini , tamini bildiruvchi so’zlarni ham o’rgatib
ketish mumkin.bolalar o’quv mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun xonadagi
narsalar orqali ularni chet tilida qo’llanilishini o’rganib boradi
Albatta,
o’qitish
mobaynida
buyumlardan
foydalanishda
o’qituvchilarning metodikasi katta ro’l o’ynaydi. Misol uchun tegishli
so’zlarni o’rganayotganda, siz avvalo buyumni bolaga ko’rsatib uni
gapirishga undaysz, o’quvchilar so’zlarni talaffuz qiladi va ular talaffuz
qilgan so’zni mustahkamlash uchun kartochkalardagi rasmlardan
foydaslanib yana bir bor yangi so’zni takror talaffuz qildiriladi. So’zlarni
o’qititishda o’quvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va o’quvchilar
e’tiborini jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so’zlarni talaffuz
qilib doskaga suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin
bo’ladi.
62
Shuning uchun hozirda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega
bolish talab qilinadi. Bu nafaqat o’qitishning qiyinvhiliklarini
qisqartiribgina qolmay balki o’quvchilarni o’rgangan bilimlarini asta sekin
mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar ingliz tilini o’rganish
jarayonida o’zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o’quv
mashg’ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda
o’rganishga motivatsiya uyg’onadi. Hozirgi kunda xitoylik bog’cha
yoshidagi bolalar yangi bilimini qabul qilish imkoniyati juda ilgarilab
ketganligi sababli bog’chalardagi o’qitish dasturlari shunga mos ravishda
intensivlashtirilgan.
Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni
tushunmasada, multfilmdagi qahramonlarning harakati orqali ular
ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun
qiziq va samarali yo’l hisoblanadi.
Hozirgi kunda barcha bog’chalar multimediya qurilmalari bilan
ta’minlangan. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va
hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda. Bu zerikarli til
darslarini qiziqarli kunlik o’yinga aylantiradi. Har bir guruhda 15 ga yaqin
tarbiyalanuvchi bo’lib, tarbiyachi muntazam har bir bolani
psixologiyasidan kelib chiqqan holda ularga tarbiya uslubi qo’llaniladi. Imo
ishoralar, yuz ifodalari orqali:o’qituvchi bolalarga gapirganda yoki buyruq
berganda masalan:turing, kitobni och, doskaga qarang kabi gaplarni
ishlatganda imo-ishoralardan foydalansa bolaga bu gaplar tushunarli boladi.
Imo- ishora ingliz tilining eng muhim o’rganish usulidir. Deyarli barcha
tarbiyachi tayorlov jarayonida hayvon ishoralari eng oson usul ekanligini
biladi. Kuchukcha- tarbiyachi egilgan holda, kerak bo’lsa tilini chiqari
bolalarga it qiyofasini shakillantirib beradi. Quyon – qo’lchasini ko’ksiga
egib qo’ygan holda sakrab ifoda etadi. Maymuncha –biroz egilib yurgan
holatda o’z qiyofasini namoyish etadi. Taqlid qilish hislati bo’lgan bolalar
uchun bu judayam qiziq tuyulib, shu zahoti korsatigan hayvon nomini
aytishga harakat qiladi, bu esa yangi o’tilgan so’zni eslab qolishga asos
bo’ladi.
Bolani yoshlik chog’idan boshlab ingliz tiliga bo’jgan qiziqishlarini
oshirib borish kerak, uni xato bo’lsada gapirishga undash lozim, ana
shundagina tarbiyalanayotgan bola o’z oldidagi to’siqlarni yengib o’tib
63
qo’rqmasdan gapira oladi. Agarda biz chet tili darsini dars emas, balki o’yin
shakliga keltirsak kichik yoshdagi bolalarning qiziqishi yanada oshadi. Shu
bilan birgalikda ularning aktivlik darajasi ham o’sib boradi. O’yinning
turlari juda ko’p, misol uchun tarbiyachi “qopda nima bor” o’yinini bolalar
bilan o’ynashi mumkin. Xonadagi kichik buyumlarni xaltaga solib,
bolalarga birma bir olishiga ruxsat beradi va bolalar bu buyumlar nomini
ingliz tilida aytadi.
Aslida chet tilini o’rganishni bolaning juda yosh davrlardan boshlagan
maqul hisoblanadi.kichik yoshdagi bolalarning miya faolyati kattalarga
qaraganda yangi malumotlarni ancha tezroq qabul qilish imkoniyatiga
egadir. Masalan,
maktbgacha talim yoshidagi bolalarga chet tilini o’qitishda asosan
o’yin, rasmlar, qo’shiqlardan va multfilmlardan foydalanish samarali usul
hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1.
David A.J, Eggen, P, kauchak. Methods for teaching.
Promoting student learning 2002
2.
Feng wang, Applying technology to inquiry -based
learning in early childhood education.
3.
https://monster-evo.ru/uz/studentu/metodika-obucheniya-
angliiskomu-yazyku-detei-doshkolnogo-vozrasta-metodiki/
64
Do'stlaringiz bilan baham: |