Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Annotation.
The article discusses the content forms and methods of 
introducing innovative approaches in contrast to the traditional approach to the 
organization of extracurricular activities on Technology in secondary schools. 
There are also new requirements for the selection of work objects in the 
organization of clubs, methods of using modern materials. The design 
requirements for the work objects in the organization of science circles are 
described in the technological and organizational technical requirements. The 
organization of technology clubs focuses on the factors that influence the 
formation of creative concepts in students. 
Kalit so‘zlar:
dizayn, doira, dastur, texnologiya, funksiya, ixtiyoriy kurs, 
internet, didaktik yondashuv, yangi texnologiyalar, ta’lim, modellashtirish, 
qurilish, model, kompozitsion traektoriya, aeromodel, ijodiy moyillik, qiziqish, 
texnik ijodkorlik, tashabbus, yetakchilik, muloqot, bilim, ko'nikma, malaka, 
mustaqil ish, tashkiliy-texnik planer, aviatsiya, ilg'or ta'lim. 
Ключевые слова:
дизайн, круг, программа, технология, функция, 
факультатив, интернет, дидактический подход, новые технологии, 
образование, моделирование, строительство, модель, композиционная 
траектория, аэромодель, творческая склонность, интерес, техническое 
творчество, инициатива, лидерство, общение, знание, навыки, умения, 
самостоятельная работа, организационно-технический планер, авиация, 
повышение квалификации. 
Key words:
design, circle, program, technology, function, optional course, 
internet, didactic approach, new technologies, education, modeling, construction, 
model, compositional trajectory, aeromodel, creative inclination, interest, 
technical creativity, initiative, leadership, communication, knowledge, skills, 
abilities, independent work, organizational and technical glider, aviation, 
advanced education. 


538 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning zamonaviy bosqichi o‘quvchi shaxsi shakllanishida erkinlikni 
ta’minlashning 
yangi 
qirralari 
ochib 
berilayotganligi 
bilan 
tavsiflanadi.Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning asarlarida “Ta’lim va ma’rifat 
tizimini takomillashtirish mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni zamonaviy 
bilim olishga yo’naltirish barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog’liq ekanini biz 
yaxshi anglaymiz” deya ta’kidlagan .
36
Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining yangi yo‘lida fan va ta’lim sohalariga 
innovatsiya g‘oyalarni tatbiq etish zarurati 2017–2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida ham o‘z aksini topgan.Jumladan, «Ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat 
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
siyosatini davom ettirish»
37
ta’kidlangan .
O'qituvchi uchun bilim faoliyati motivatsiyasini qanday oshirish, uning 
mavzusiga qiziqishni qanday uyg'otish, o'quvchilarining ta'lim jaraenidagi 
bilimlarini qanday kengaytirish masalasi doimo dolzarbdir. O'qituvchining o'z 
fanidan darsdan tashqari ishi maktabda zarur bo'lgan o'quv va tarbiyaviy 
ishdir.Bunday ishlar o’quvchilarning fikrlash, bilish va tadqiqot faoliyatini 
faollashtirishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga 
yordam beradi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi va o'quvchilarning o'z 
mavzusiga qiziqishini oshirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.Texnologiya 
ta’limi bo'yicha sinfdan tashqari ishlar katta o'quv, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
ahamiyatga ega. Ushbu sinfdan tashqari ishlar nafaqat texnologiya sohasidagi 
bilimlarni chuqurlashtiradi va kengaytiradi, balki maktab o'quvchilarining 
madaniy ufqlari, bilimlari kengayishiga, ularning ijodiy faoliyati, ma'naviy-
axloqiy sohasi, estetik didi rivojiga hissa qo'shadi va mustahkamlaydi. XX arsning
36
SH.Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko’taramiz”. – Toshkent: 
O’zbekiston, – 2017. – B 31. 
37
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-son farmonining 1-ilovasida keltirilgan «2017–2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi».[Elektron resurs]. 
http://strategy.regulation.gov.uz/uz/document/2



539 
20-80-yillarida maktablarda texnologiya bo'yicha sinfdan tashqari ishlar 
muntazam ravishda olib borildi, bu muntazam o'quv jarayonining davomi bo'ldi. 
Ammo, XX arsning 90-yillari boshlarida mahalliy maktabda "dars o'qitish" ning 
salbiy tendentsiyasi paydo bo'ldi, chunki sinfdan tashqari ishlarning ko'plab 
shakllari, shu jumladan texnologiyalar bo'yicha sinfdan tashqari ishlar ham 
e'tiborsiz qoldirila boshlandi. Bunga asosan maktablarning qoniqarsiz 
moliyalashtirilishi va fakultativ sinflar, shu jumladan ixtiyoriy, to'garak, to'garak 
va h.k.larning o'quv dasturidan chetlashtirilishi sabab bo'ldi. Ko'p yillar davomida 
o'qituvchilarning sinfdan tashqari ishlar bo’yicha bolalarni rivojlantirishga ijodiy 
munosabati an'analari sezilarli darajada zaiflashdi. Mustaqillikka erishgach, 
hukumat va Ta'lim vazirligi yana maktablarda tarbiyaning ustuvorligiga e'tibor 
qaratib, ta'lim tizimini moliyalashtirishni biroz yaxshilaganlarida, mahalliy 
maktabda to'planib ulgurgan ijobiy tajribani qayta tiklash zarur bo'ldi.Ma'lum 
bo'lishicha, shu vaqt ichida hayotda va ta'lim tizimida shunday o'zgarishlar yuz 
berdi, bu esa texnologiya bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning yangilangan 
yondashuvlari, shakllari va mazmunini talab qildi. 
Xususan, kompyuterlar bilan ishlash, turli fanlarni o'qitishda, ayniqsa, bilim, 
ko'nikma va malakalarni boshqarish jarayonida Internet tarmog'idan foydalanish 
ta'lim tizimida keng tarqaldi.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish ishlari va 
o'quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida maktablarda 
sinfdan tashqari ishlar, shu jumladan texnologiyalar jonlana boshladi.Shuning 
uchun mavjud bo'lgan umumiy didaktik va uslubiy tajribani tizimlashtirish, 
shuningdek yangi mazmunni anglash va sinfdan tashqari ishlarni texnologiyadan 
foydalangan holda tashkil etish uchun yangi talablarni uslubiy shakllantirish 
zaruriyati tug'ildi. 
Ushbu sohada to'plangan tajribani tizimlashtirish va uni yangi yondashuv va 
tavsiyalar bilan boyitish o'z vaqtida quyidagi vazifalarni belgilab olish 
zarururiytini tugdirdi: 
• sinfdan tashqari ishlarning mohiyatini ochib berish; 
• sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, vazifalari va funktsiyalarini aniqlash; 


540 
• sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash; 
• sinfdan tashqari ishlarning shakllari, usullari va vositalarini ochib berish; 
• maktabda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish xususiyatlarini aniqlash. 
• texnik ijodiy to'garaklarning har xil turlarini ko'rib chiqish; 
• to'garaklarni o'tkazish bo'yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. 
• to’garaklar faoliyatini tashkil etish bo’yicha o’quv dasturlar mazmunini 
zamonaviylashtirish; 
Sinfdan tashqari ish - bu o'qituvchi tomonidan maktabdan tashqari vaqtda 
maktab o'quvchilarining turli xil ishlarini tashkil etish, bola shaxsini 
ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash.Avvalo, maktabning 
pedagogik jarayonida sinfdan tashqari ishlarning o'rnini aniqlash kerak. Sinfdan 
tashqari ish- bu turli xil faoliyat turlarini birlashtirish va bolaga tarbiyaviy ta'sir 
ko'rsatish uchun keng imkoniyatlarga ega. 
Bizning fikrimizcha ushbu imkoniyatlar quyidagilardan iborat: 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish