ФИО автора:
Xolova Dilovar Faxridinovna
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika institute 1- kurs magistranti
Название публикации:
«MAKTAB YOSHDAGI BOLALARNI NUTQIY
NUQSONLARINI BARTARAF ETISHDA ARTIKULYATSION MOTORIKANI
RIVOJLANTIRISH, NUTQ TOVUSHLARINI O’RGATISH METODIKASI»
Annotatsiya
Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqiy nuqsonlarini
bartaraf etishda artikulyatsion motorikani rivojlantirish, nutq tovushlarini o’rgatish
metodikasi. Hozirda maktabgacha ta’lim tizimida Interfaol usullar haqida ko’p fikr-
mulohazalar bo’lmasa-da, ammo maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy
tayyorlash texnologiyalarini qo’llash kengroq tadqiq qilinmaganligi, nutq
kamchiliklarini bartaraf etishda , maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy
tayyorlash texnologiyalaridan samarali foydalanish usul va vositalari ,metodikalari
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, nutqiy nuqsonlar, tayyorlov, ilgʻor
tajriba, Interfaol, pedagogik mahorat, profeesional ta’lim-tarbiya, nutqiy tayyorlash,
artikulyatsion motorika,
nazariy metodika
Ключевые слова
: Организация дошкольного образования, дефекты речи,
подготовка, передовой опыт, интерактив, педагогическое мастерство,
профессиональное образование, речевое обучение, артикуляционная моторика,
теоретические методы
Key words:
Preschool education organization, speech defects, preparation, best
practice, interactive, pedagogical skills, professional education, speech training,
articulatory motor skills, theoretical methods
Ta’lim sohasidagi tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ―…Yosh avlodni barkamol, ma’naviy
va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellectual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida
o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimiz bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz, - degan mulohazalarga javoban shakllanayotgan yosh avlodni voyaga
yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol
466
topishi, pedagogika sirlarini urganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishiga
tayyorlab borish masalasi ta’lim jarayonida asosiy muammolardan biri bo‘lib sanaladi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimining rivojlanishi dinamikasi ta’lim
jarayonini tashkil etish, bolaning mustaqil shaxs sifatida erkin faoliyat ko’rsatishni
ta’minlash maqsadida bir qator muhim izlanishlar olib borish, jiddiy qadamlar
qo’yishni taqozo qilmoqda.
Bu o’rinda shuni aytish lozimki, maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga
nutqiy tayyorlash texnologiyalarini o’rgatish orqali bolalarning og’zaki va yozma
nutqni rivojlantirishga, so’zamon bo’lishga, o’z fikrini mustaqil bayon qilishga
erishmog’imiz lozim.
Nutq insonda ilk yoshlardanoq shakllanib, umri davomida boyib boradi.
Nutq rivojlanishining eng faol davri maktabgacha va maktab yoshida kechadi.
Chunonchi, bolalar tomonidan maktabgacha yoshda nutqning asosiy poydevori
shakllanar ekan, demak bevosita bolalar nutqini rivojlantirish metodikasida mazkur
holatni inobatga olgan holda asosiy diqqat-e'tibor aynan shu yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirish va korreksiya qilishga qaratilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasalari ta'lim va tarbiya ishining keng dasturini
amalga oshiradi va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga
qo'yiladigan ta'lim-tarbiya talablarini yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi
bolalarni shunga muvofiq ravishda ta'lim olishga tayyorlashlari lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ta'lim olishga tayyorlash jarayoni
ularning lug'at boyligini oshirish, nutqning grammatik tuzilishini korreksiyalash,
tovushlarni tahlil qilish, nutq apparati motorikasini rivojlantirish, psixik jarayonlarni
faollashtirishni ham nazarda tutadi.
O'yin va mashqlar sekin-asta murakkablasha borib, fonematik idrokni, talaffuz
malakasini,
eshituv
diqqatini,
verbal
xotirani,
artikulyatsion
motorikani
rivojlantirishga yo'naltiriladi. Psixik jarayonni kompensatsiya qilishni nazarda tutuvchi
mashqlar, topshiriqlar iloji boricha verbaIlashtiriIgan bo'lib, logopedlarga taklif
etilayotgan mavzularni o'yin texnologiyalari yordamida, ijodiy yondoshib olib borish
tavsiya qilinadi.
Nutq kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlaridan, maktab
yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash texnologiyalaridan samarali
foydalanish bolalar faolligini oshirishga, lug’atini boyitishga, ona tilimizga qiziqishiga
xizmat qiladi.
Maktab yoshdagi bolalarga nutq tovushlarini o’rgatish metodikasi.
Maktab yoshdagi bolalarga nutq tovushlarini o’rgatish metodikasi
nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik.
467
Bolalarni ona tilida bemalol so’zlasha olish, keng tarqalgan sodda gaplarni
ishlatish, murakkab gapni grammatik jihatdan to’g’ri tuza olish, rasmlar ustida hikoya
tuza olish, antonim, sinonim va qiyosiy so’zlarni ishlatishga, tengdoshlari va kattalar
bilan o’z his-tuyg’ularini bildirib diologda qatnashishga o’rgatib borish.
Bolalarga s-z, p-f, t-d, p-b, l-r, u-o’, x-h, k-g tovushlarini to’g’ri talaffuz etish
va ularni farqlashni; ovoz sifatlarini (baland, o’rtacha, past, yo’g’on, ingichka, juda
ingichka), nutq sur’atini (tez, o’rtacha, sekin) tarbiyalash, so’zda tovush o’rnini
belgilashga o’rgatish (m-m-m-mu-shuk, m-u-u-u-shuk, mu-sh-sh-sh-uk; “tovush”
iboralari bilan tanishtirish va ularni farq qilishga, mashqlarda, o’yinlarda ularni
qo’llashga o’rgatish. Adabiy nutqni tarbiyalashni davom ettirish.
Tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni, ayrim unli va undosh tovushlarini
o’zlashtirishni mustahkamlash. Bolalar eshitganda va talaffuz etganda tovushlarni
(uzun-qiska, jarangli-jarangsiz) ajrata olishni mashq qildirish tovush talaffuzidagi
nuqsonlarni yo’qotish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.
Bolalarning so’zlarni adabiy til normalari asosida orfoepik jihatdan to’g’ri,
aniq, dona-dona qilib talaffuz etishlarini takomillashtirish. Ovoz kuchining past-
balandligini nutq sur’atiga nutq munosabati sharoitga qarab o’zgartira bilishni
shakllantirish, ohang vositalaridan to’g’ri foydalanishga o’rgatish.
Bolalarga qattiq va yumshoq undosh “h” va “x” tovushlarini ajratish va to’g’ri
talaffuz etish mashqlarini bajartirish (bu tovushlar ustida ishlash keyinchalik ham
davom ettiriladi).
Bolalarning so’zlarni aniq va burro talaffuz etishlarini mashq qildirishni davom
ettirish. Bunda adabiy til normalariga asoslanib so’zlarni to’g’ri talaffuz etish,
so’zlashuv mavzusi bo’yicha tasviriy vositalardan, ovozning past-balandligi, nutq
sur’atidan to’g’ri foydalanish malakasini tarkib toptirish.
Tovush va harflarni o'rganishda quyidagilar taklif etiladi
1. Tovushga bo'lgan taqlidni tinglash, undan tegishli tovushni ajratish.
2. Topishmoqni o'qish. Bolaga topishmoqning javobidagi so'zning birinchi
tovushini aniqlashni taklif etish.
3. Tovush artikulyatsiyasining o'ziga xosliklari bilan tanishish, ma'lum bir
tovushni talaffuz etishdagi lab, tishlar, tilning holatini ketma-ketlikda ko'rsatish.
Unli va undosh harflarning farqiga e'tiborni qaratish lozim:
unli harf talaffuz davomida to'siqqa uchramaydi va faqat ovoz yordamida
talaffuz etiladi;
- undosh harf talaffuz davomida to'siqqa uchraydi va ovoz hamda shovqin
(jarangli tovush) yoki faqatgina shov- qin (jarangsiz tovush) yordamida talaffuz etiladi.
468
4. Predmetlarni nomlagan holda unli yoki undosh harfning so'zdagi o'mini
aniqlash.
Mazkur topshiriqlar fonematik idrok va fonematik tahlilning rivojlanishiga
ko'maklashadi.
Tovushlarni o'rganishda bolaga mazkur tovushlar qanday holatlarda ifodalashini
tushuntirish lozim: so'zning boshida, o'rtasi va oxirida.
5. Tegishli tovush ishtirokidagi so'zlarni yodga tushirish.
6. Tovushlarni ketma-ketlikda birlashtirgan holda so'zni nomlash.
7. So'zning tovush tahlilini amalga oshirish.
8. Tovush artikulyatsiyasining o'ziga xosliklari bilan tanishish, ma'lum bir
tovushni talaffuz etishdagi lab, tishlar, tilning holatini ketma-ketlikda ko'rsatish.
Tovushlarning jarangli yoki jarangsizligiga ko'ra tovushlar differensiatsiyasini amalga
oshirish: bola so'zdagi tovushlarni farqlaydi va ularga tavsif beradi.
9. Harfni, uning grafik tasvirini ko'zdan kechirish. Bolaga harf haqidagi she'rni
o'qib berish. Harfni tashkil etuvchi elementlarni topish.
Bosma harf bilan tanishtirish davomida uni qo'l barmoqlari yordamida qurish.
Dastlab kattalar she'rni o'qiydi va bir vaqtning o'zida harf qanday qurilishini ko'rsatadi.
So'ngra bola harfni kattalar yordamida quradi.
10. So'zni qo'l barmoqlari yordamida qurish. Topshiriq ota-onalar yoki pedagog
bilan birgalikda amalga oshiriladi.
11. Harf qanday predmetlardan qurilganini, mazkur predmetlar nomi qanday
tovushdan boshlanishini aniqlash. Mazkur topshiriqda fonematik tahlil va konstruktiv
praksis ko'ruv idrokining rivojlanishi amalga oshadi.
12. Predmet obrazida mazkur harfni topish.
13. Rebusni mustaqil yechish va so'zni o'qish.
14. Bola bo'g'in, so'z, gaplarni o'qishga o'tadi. Bo'g'inlarni o'qishga alohida
e'tibor qaratish lozim. Bo'g'inlar talaffuzi ravon va qo'shilgan bo'lishi kerak. So'z
ma'nosi so'z talaffuz etilgandan so'ng aniqlashtiriladi. Gapda so'zlarning birlashtirilishi
bola tomonidan asta-sekin amalga oshiriladi.
15. Harfni yozuvda mustahkamlash
Interfaol usullar bolalarni izlanishga, topqirlikka, muammoli vaziyatdan oson
chiqib olishda yordam beradi.
Nutq kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlaridan
foydalanish jarayonida logoped har bir sinfda bolalarning yosh xususiyatlari,
qiziqishlarini yaqindan bilishi hamda shu asosda dars mashg’ulotini tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mashg’ulot jarayonining sifati ko’p
omillarga bog’liq bo’lib ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirishiga,
bolalarda mustaqillik va ijodiy faollikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Usul
469
va metod tushunchalari o’zaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham
usul sifatida ham namoyon bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qo’yidagi tavsiyalarni bildirmoqchimiz:
1.
O’qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo’lishi zarur. Shundagina
logoped mazkur metod orqali qanday masalalar qo’yilishi va hal qilinishi
mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo’lmasligini ko’ra oladi.
2.
O’qitishning tizimligi uning samaradorligini belgilaydi.
3.
O’qitish metodining tushunarliligi o’qitishning yo’li bola uchun qabul
qilinishi va qo’llanishi, o’quv materialini o’rganishining usuli esa bilimlarni
o’zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi zarur.
4.
«Aqliy
hujum»,
«Bahs-munozara»,
«Guruhlarga bo’lib ishlash»,
«Interfaol», «Klaster», «Seminar» usullaridan nutq tovushlarini o’rgatish jarayonida
foydalanish.
5.
O’quv jarayonida yangi metodni qo’llash.
6.
O’qitishda yangi informatsion texnologiyani kiritish.
7.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
8.
Muammoli ta’lim texnologiyasi.
9.
Ilg’or pedagogik texnologiyalar elementlarini mashg’ulot jarayonlarida
qo’llash.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mashg’ulot jarayonlarida nutq tovushlarini
interfaol usullarda o’rgatish bolalarning mashg’ulotga bo’lgan qiziqishni oshiradi,
ularda mustaqillikni, o’z fikrini to’liq bayon qilishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |