41
Ikki bo‘lak bargli ginkgo
Bu o‘simlik (10-rasm) har yili barglarini to‘kib
turadigan, bo‘yi 40m. ga yetib boradigan daraxt. Tanasi
to‘q kulrang, silliq po‘stloq bilan qoplangan, uchki
tomonidan shoxlanadi. Barglari o‘rta
qismidan bir oz
o‘yiq bo‘lgan uchburchak shakldagi plastinkadan iborat
bo‘lib, uzun bandga aylanadi. Barg plastinkasi ba`zan
yaxlit bo‘ladi.
10-rasm
.
Ginkgo biloba.
1-qisqargan novdadagi kuchalasimon
otaliq qubbalar; 2-mikrosporangiyli mikrosporofil; 3-qisqargan
novdadagi onalik qubbalar; 4-alohida olingan qubba; 5-urug‘-
kurtakning bo‘yiga kesimi; 6,7-urug‘ va uning bo‘yiga kesimi;
Ginkgo ikki uyli o‘simlikdir: uning mikro va mega-
sporangiylari har xil tuplarda hosil bo‘ladi. Mikrospo-
rangiylar kalta novdalarda rivojlanadi.
Ular barg
42
qo‘ltiqlaridan o‘sib chiqqan maxsus o‘qlarda kuchalalar
tarzida joylashgan. O‘qlardagi mikrosporangiylar uzun
oyoqchalarda turadi va har bir oyoqchada odatda
ikkitadan bo‘ladi. Sporangiy bilan oyoqchasi mikrospo-
rofilni tashkil etadi. Bu o‘rinda mikrosporo-filni otalik
qubbachasi deb atash mumkin.
Megosporangiylar yoki
urug‘kurtaklar ham kalta novda-chalarda hosil bo‘lib,
barg qo‘ltiqlaridan joy oladi. Urug‘kurtaklar uzun oyoq-
chadan iborat. Bu oyoqcha-ning yo‘g‘onlashgan yuqori
qismida ikkitadan yoki juft holda urug‘ kurtak bo‘ladi.
Har bir urug‘kurtak asosini halqasimon aylana bo‘rtiq
(valik) o‘ragan. Mana shu tuzulmalarning hammasi
(urug‘kurtak, oyoqcha, bo‘rtiq (valik)) makrosporofil
yoki onalik qubbasi deb qaraladi. Urug‘kurtak
bitta
qalin qoplag‘ichga, ya`ni integu-mentga ega. Bu qop-
lag‘ichning uchi cho‘zilib ikki pallali mikropila yo‘liga
aylanadi. Qoplag‘ich uchini nutsellus egallaydi va unda
endosperm yoki arxegoniyli gametofit hosil bo‘ladi.
Nutsellusning uchida chang kamerasi rivojlanadi.
Mikrosporalar (changlar) mikrosporangiy ichida ta-
raqqiy etib, ularning har biri uchtadan – protallial,
anteridial va vegetativ hujayralarga ega bo‘ladi. Bu
hujayralar mikrospora qobiqchasiga o‘ralgan holda,
mikrosporangiy devorini
yorilishi bilan tashqariga
tarqaladi va shamol yordamida urug‘kurtakka kelib
tushadi, uning mikropila yo‘li orqali chang kamerasiga
o‘tadi. Bu yerda mikrospora qobiqchasi yorilib,
undagi
3 ta hujayralardan bittasi, ya`ni vegetativ hujayra o‘sib,
chang naychasiga aylanadi. Bu naycha ingichka o‘sim-
talar bilan nutsellusga kelib birikadi. Shu vaqtning
o‘zida anteridial hujayradan bir tutam xivchini bor
ikkita yirik spermatozoid paydo bo‘ladi. Chang naycha-
sining uchi yorilishi bilan spermatozoidlar chang kame-
rasidagi suyuqlikka chiqadi va bir oz vaqtdan so‘ng
ulardan biri arxegoniydagi tuxum hujayra tomon yo‘l
oladi, u bilan qo‘shilish natijasida otalanish sodir
bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan murtak (embrion)
43
rivojlanadi. Urug‘kurtak to‘laligicha urug‘ga aylanadi.
Urug‘ tashqi tomonidan sersuv qalin po‘st, ichki tomo-
nidan qattiq toshsimon po‘st bilan o‘ralgan. Yupqa par-
da endosperm va uning
yuqori qismidan joy olgan
ikkita urug‘pallali murtakni o‘rab turadi. Urug‘ qulay
sharoitga tushgandan so‘ng, ginkgo o‘simligiga ayla-
nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: