Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish
Reja
5.1. Biznes jarayonlarining ahamiyati.
5.2. Xo‘jalik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari
5.3. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati
5.4. Ta’minot jarayonining hisobi
5.5. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi
5.6. Sotish jarayonining hisobi
Tayanch so‘z va iboralar: baholash, baho, boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat, joriy
qiymat, qoldiq qiymat, kalkulyatsiya, realizatsiya qilish, kalkulyatsiya obyekti, real
(haqiqiy) qiymat, tiklanish qiymati, tugatish qiymati, ishlab chiqarish, ishlab
chiqarish vositalari, konsalting, taklif, talab va taklif qonuni, ta’minot haqiqiy
hajmini aniqlash, haqiqiy tannarxini hisoblash.
5.1. Biznes jarayonlarining ahamiyati.
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z
faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun
birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin
esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir
-birlarining
o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil
qiladi.
Korxonalarining shakllari.
1
Biznes alohida shakl bo‘lib, u boshliqlaridan
ayri holatda bo‘ladi. Biznes tashkiloti bir nechta turlarga bo‘linadi. Biznes
tashkilotining har bir turi aniqlangan bo‘lishi shart, chunki moliyaviy hisobotlar
farqlanadi. Biznes tashkilotlarining uchta turi mavjud. Yakka tadbirkor, qo‘shma
korxona, va korxona. Korxona xususiy yoki mas`uliyati cheklangan
jamiyat
ko‘rinishida bo‘ladi.
Yakka tadbirkor. Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs tomonidan
yuritiladi. Buning birlashish jarayoni oddiy, faqat Malayziya Biznes
Kompaniyalari Registratsiyasidan ro‘yhatdan o‘tishi zarur hisoblanadi.
Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta
jismoniy shaxs tomonidan
boshqariladiganligi bois va hukumat ko‘p qonun-qoidalari halaqit qilmaydi.
Kapital kichik miqdorda bo‘lishi kerak va moliyaviy manbalar cheklangan.
Biznes foyda keltira boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan bo‘lishmaydi.
Daromad solig`i maqsadlarida, faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig`i to‘laydi va firma foyda solig`i to‘lamaydi.
1
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014; 8-bet.
Boshliq barcha amalga oshiriladian faoliyatdan xabardor bo‘ladi va
buxgalteriya maqsadlarida ko‘p ma`lumotlar talab qilinmaydi. Buxgalteriya
ma`lumotlarini Inland Daromad boshqarmasi tomonidan
soliq solish talablari
amalga oshirilishini buxgalter tayyorlaydi. Boshliq bankdan kredit olmoqchi
bo‘lsa, korxona moliyaviy hisoboti taqdim etiladi. Boshqa daromadni
ko‘paytirishga qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy hisobotlarni moliyaviy ahvolni
yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi.
Hamkorlik.
2
Hamkorlik ikki yoki undan ko‘p jismoniy shaxslar biznesni
birgalikda boshlashga rozi bo‘lishsa va daromad yoki xarajatni bo‘lishlikka rozi
bo‘lganlaridagina tuziladi. Ko‘p kapital ikkala tomondan birgalikda yig`iladi.
Ba`zida qo‘shma korxona naqd
pul va aktivlar olib kelsa, biznes rivojlanadi,
masalan, ikki advokat huquqiy korxona ochsa yoki uchta buxgalter auditorlik
firmasini qo‘shma korxona tarzida ochsa bo‘ladi.
Hamkorlikda asosiy kelishuv 1961-yilda tuzilgan hamkorlik aktiga asosan
tuziladi. Hamkorlar aktga amal qilmasliklari ham mumkin va ular o‘z
huquqlariga, kapitaliga va foyda/zarariga mos keluvchi boshqa shartnoma yoki
kelishuv tuzlishlari mumkin. Hamkorlikning moliyaviy holati haqidagi ma`lumot
va tuzilishi yakka tadbirkornikiga o‘xshash bo‘ladi. Ma’lumotlar
bilan qiziquvchi
tashkilotlar Ichki hudud daromad kengashi( soliq maqsadlar uchun), banklar
(kapital ta’minotchilari sifatida) va boshqa hamkor bo‘lishni xohlovchi tashkilotlar
bo‘lishi mumkin.
Kompaniyalar. Kompaniya qonuniy tashkilot bo‘lib, egalaridan alohida
bo‘lib shakllanadi. Yakka tadbirkor va hamkorlarning alohida tashkilot deb
hisoblanishi o‘z egalari va biznes hisoblarining alohida bo‘lishini anglatadi, lekin
o‘z egalari biznes majburiyatlariga to‘liq ma’sul bo‘lishadi. Masalan, yakka
tadbirkor yoki hamkorlardan biri biznes qarzlarini to‘lay
olishga qurbi yetmasa,
firma egalarining yoki hamkorlikdagi aktivlar egalaridan o‘z aktivlarini qarzni
yopish uchun to‘lashda foydalaniladi.
Qarama-qarshi holda kompaniyada, egallab turilgan ulushlarga nisbatan
kompaniya egasining yoki kapital egasining majburiyatini cheklaydi. Bu xususiy
aktivlar kompaniya qarzlarini yopish uchun ishlatilmaydi degani. Malayziyada,
1965 yilgi Kompaniyalar akti asosida shakllanadi
va Malayziya Kompaniyalar
Komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Agar kompaniya Malayziya
Birjasidan ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsa, bu qimmatli qog’ozlar malakali tashqi
auditorlar tomonidan ommaga ma’lum qilinishidan avval tekshirilishi kerak.