16-savol
Jismoniy shaxslar xalqaro jinoiy javobgarlikka tortiladimi? Asoslantirib
bering.
Hozirgi xalqaro jinoyat huquqida jismoniy shaxslarning tinchlikka va
insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun individual javobgarligi
tan olinadi. Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyati uchun javobgarligi ko’roq
ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati bilan bog’liq ravishda vujudga
keladi.
Xalqaro harakterdagi jinoyatlarni sodir etgan etgan jismoniy shaxslar
davlatning milliy sud organlari oldida javob beradi va ushbu jismoniy shaxsga
nisbatan davlatning xalqaro majburiyatlariga mos ravishda milliy huquq normalari
va xalqaro huquq normalari qo’llaniladi. Biz ushbu vaziyatda jismoniy shaxslar
tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni davlat tomonidan sodir etilgan jinoyatlardan
farqlashimiz kerak bo’ladi. Jumladan, jsmoniy shaxslar tomonidan sodir etiladigan
xalqaro jinoyatlar haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak,
Xalqaro harakterdagi jinoyatlar – faqat jismoniy shaxslar tomonidan sodir
etiladi va unga qarshi kurashda davlatlar hamkorlik qilishadi. Mabodo, davlat bu
doirada boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, jismoniy shaxslar
tomonidan sodir etgan harakat xalqaro jinoyat emas, balki oddiy huquqbuzarlik
sifatida delikt sodir etgan hisoblanadi.
Misol tariqasida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi
o’rtasida Giyohvand moddalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylantirishga
qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimini olishimiz mumkin.
Xalqaro jinoyatlar bir vaqtning o’zida davlat va jismoniy shaxs tomonidan sodir
etilib, xalqaro hamjamyatning muhim manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan
xalqaro majburiyatlarini buzadi va xalqaro hamjamiyat tomonidan jinoyat sifatida
e’tirof etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro huquq komissiyasi doirasida
ishlab chiqilayotgan davlatning javobgarligi haqidagi moddalar loyihasi 19-
moddasi.
Gollandiyalik huquqshunos, yurist, B.Rolling harbiy jinoyatlarning ikki
turi farqlanishini ta’kidlaydi. Bular tasodifiy, ya’ni individ tomonidan shaxsiy
manfaatlarini ko’zlab qasddan sodir etiladigan jinoyatlar (odam o’ldirish, zo’rlash,
o’g’irlik va boshqalar) hamda “Shafqat qilinmasin!” qabilidagi buyruq berilgan
jinoyatlar, tinch aholiga nisbatan terror uyushtirish, mavjud siyosiy tizim
rivojlanishining tendensiyasida namoyon bo’ladigan taqiqlangan qurollar turlarini
ishlatish va h.k. ushbu holatni tahlil qilib muayyan jismoniy shaxslar nafaqat
xalqaro standartlarni, balki o’z davlati milliy huquqini buzgan tarzda sodir etadi va
o’z davlatining huquq normalari yoki qarshi davlat huquqiga binoan jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
Ikkinchi holatda esa davlat o’zi xalqaro jinoyat sodir etadi va buning
uchun xalqaro huquqiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyatni sodir qilgan jismoniy
shaxslarga xalqaro javobgarlik qo’llaniladi.
Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarlik masalalari Xalqaro sud
organlari Misol uchun, (xalqaro harbiy tribunallar) va milliy sudlar tomonidan
javobgarlikka tortish masalasi ko’rib chiqiladi. Jismoniy shaxslarga bevosita
xalqaro huquq normalari singari birinchi holatda bo’lgani singari davlatning ichki
huquq normalari ham qo’llanilishi mumkin.
Jinoyat sodir etgan davlat xalqaro huquqiy javobgarlikka jismoniy
shaxslar esa jinoiy javobgarlikka ham tortiladi. Shaxsning rasmiy maqomi uni
sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo’lmaydi.