Qadimgi Xitoy tibbiy manbalari (er. av. VIII asrga oid «Ichki olam
haqidagi kitoblar»)dan ma’lum bo‘lishicha, bosh organ «tana knya-
zi» bu yurak bo‘lib, hayotiy jarayonlar asosan havosimon Si elementi
bilan bog‘liq. Tanadagi boshqa elementlar bilan aralashib, Si fiziologik
jarayonlami va psixik fe’lni bajaradi deb hisoblangan. «Yurak
fikr-
ni harakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi, jigar esa xissiyotlarimiz
asosidir» deb ta’kidlaydi, qadimgi Xitoy tabiblari. Tabiblar o‘sha
davrdayoq temperament haqidagi ma’lumotni yaratdilar. Bu ma’lu-
motga ko'ra temperament 3 ta element: Havosimon Si elementi, qon
va balg‘amning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
1. Agar qon ko‘p bo‘lsa: odam kuchli yo‘lbarsdek jasur bo‘ladi.
2. Agar Si elementi ko‘p bo‘lsa:
odam maymun kabi beqaror,
harakatchan bo‘ladi.
3. Agar shilimshiq modda ko‘p bo‘lsa, odam kamharakat sust
bo‘ladi.
Xuddi Hindistonda bo‘lgani kabi er. av. I-ming yillikning o‘rtalarida
paydo boMgan Xitoy falsafasi maktablari o‘zining etik yo‘nalishi bilan
ajralib turadi. Shunday maktabning eng yirigi Lao-Szi asos solgan
maktab hisoblangan.
Lao-Szi (miloddan avvalgi 579—
499-yiIlar)
xitoylik faylasuf Lao-
Szi Chu podshohligining fuqarosi bo‘lib, asl ismi Li Er edi.
Lao-Szi
«ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, «qariya»
degan idir.
Lao-Szi Chjou saroyida arxiv xodimi bo‘lib xizmat qilgan.
Konfutsiy bilan uchrashgan. Lao-Szi Chjou saltanatining inqirozga
yuz tutganini ko‘rib, «iste’foga» chiqadi va tarki dunyo qilib, G‘arbga
qarab yo‘l oladi.
Chegaraga yetib kelganda chegara boshlig‘i undan o‘z vataniga
nimadir qoldirib ketishni so'raydi. Li Er chegara boshlig‘iga 5000
belgidan iborat qo‘lyozmani topshiradi. Bu tarixda «Daodeszin» («Ez-
gulik yo‘li yoki kuch va harakat haqidagi kitob») nomi
bilan mashhur
kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining mohiyati haqida so‘z boradi.
Bu «odamlar yuradigan yo‘1», degan ma’noni bildiradi. Hozirga kelib
«Dao» qonuniyat, qonun degan ko‘chma ma’noni anglatadi.
Buyuk ishlar, albatta mayda ishlardan boshlanadi.
Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi.
Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
Buyuk to‘g‘rilik egrilikka, buyuk zakovat axmoqlikka o‘xshaydi.
Lao-Szining haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Faqat shu narsa
ma’lumki, u Konfutsiyning zamondoshi bo‘lgan. U yolg‘iz yashagan
va mashhurlikdan
obzini yiroq tutgan, deb hisoblanadi. Lao-Szining
nomi «Dao de’szin» (Yo‘l va uning saxovati haqidagi kitob yoki Dao
va de haqidagi kitob) degan asar bilan bog‘liqdir, lekin bu asami uning
yozganligi aniq emas. Bu asar uning muxlislari
tomonidan bitilgan
bo‘lishi ham mumkin.
«Dao de’szin» daosizm falsafasiga doir klassik matndan iborat.
Uni tushunish qiyin, talqin qilishda esa katta muammolar ko‘ndalang
bo‘ladi. Geraklit singari Lao- Szini ham ko‘pincha «sirli» va «o‘qib
bo‘lmaydigan» deb atashadi.
«Dao de szin»
asari tabiat yoki borliqqa
oid xitoy falsafasiga qo'shilgan katta xissa bo‘ldi. Bu uning amaliy
yo‘nalishdagi konfutsiychilik an’analariga o‘xshagan
ayrim markaziy
falsafiy qoidalaridan ham yaqqol ajralib turadi.
Lao-Szi uchun «dao» tushunchasi fundamental tushuncha hisob
lanadi. Dao «noaniq», «cheksiz», «o‘zgarmas», «makon va zamon-
da cheksiz», «tartibsizlik va shakl» deb hisoblangan deyiladi
adabiyotlarda. Bunga o‘xshash so‘zlar vositasidagi ifodalashlar faqat
o‘zlari ifodalaydigan narsalarning alomati bo‘lishi mumkin. Qat’iyroq
qilib
aytganda, til bunday holda adekvat bo‘la olmaydi, chunki uni
hatto salbiy ta’riflar orqali ifodalashda ham daoning nima bo‘lishini
darhol faraz qiladi. G‘arb tafakkurida bunga o'xshash yondashuv
salbiy
(apofatik) teologiyaga
o‘xshaydi, unga ko‘ra biz Xudo to‘g‘risida
ijobiy fikr bildirishga ojizmiz. Biz faqat uning nima bo‘la olmasligini
ta’kidlashimiz mumkin. Shu bilan birga
Lao-Szining Dao haqidagi
fikrlari grek naturfalsafasi qo‘llagan savollar va javoblar tiplari bilan
ko‘p!ab umumiylikka ega fikrlarga o‘xshab tuyuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: