Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 1-курс талабалари учун



Download 349,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.03.2022
Hajmi349,28 Kb.
#502112
1   2   3
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi.

Huquq normasi davlat tomonidan oʻrnatiladigan, maʼqullanadigan, 
muhofazalanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish (xulq-atvor) qoidasi 
boʻlib, huquq mazmunining boshlangʻich nuq¬tasi hisoblanadi.
Huquq normasi haqida gap borganda, ayrim huquqni qoʻllovchi shaxslar uni 
normativ-huquqiy hujjat bilan teng tushuncha deb hisoblashsa, boshqalari ushbu 
tushunchalar turli mazmun va ahamiyat kab etishini taʼkidlaydilar. 
Huquq normasini atroflicha muhokama qilib, masalaga huquqiy baho bering. 
Huquq normasi haqida gap borganda, avvalo huquq normasi nima ekanligini 
bilishimiz zarur. 
Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, muayyan shaklda 
ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy 
yurish-turish qoidasi. Huquq normasi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar
shuningdek, huquq manbaining boshqa turlari shaklida namoyon boʻladi. Huquq 
tarmoqlariga bogʻliq holda maʼmuriyhuquqiy, jinoiy-huquqiy huquq normalari, 
mehnat, ekologiya, xalqaro, konstitutsiyaviy, xoʻjalik va huquqning boshqa 
tarmoqlariga oid huquq normalari farqlanadi. Amal qilish vaqtiga koʻra, doimiy 
(rasmiy bekor qilingunga qadar amal qiladigan) va vaqtinchalik (faqat muayyan 
vaqt oraligʻida amalda boʻluvchi) huquq normasi boʻladi. Huquq normasi amal 
qilish hududiga qarab, umumiy va mahalliy normalarga boʻlinadi, bunda birinchisi 
butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar maʼlum 
hududlarda amal qilishi mumkin. Huquq normasi subʼyektlariga qarab, umumiy va 
maxsus normalarga ajraladi, bunda birinchisi hamma huquq subʼyektlari uchun, 
ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi yoki aniq belgilangan doiradagi 
subʼyektlar (pensionerlar, nogironlar, ichki ishlar xodimlari) uchun taalluqli boʻladi. 
Bulardan tashqari, huquq normasini boshqa qator mezonlar asosida tasniflashlar 
ham mavjud.
Huquq normasi oʻz ichki tuzilishiga ega boʻlib, 3 qismdan iboratdir: gipoteza, 
dispozitsiya, sanksiya. Gipotezada huquq normasida belgilanadigan qoida qanday 
sharoitda va holatda kim tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatiladi. Dispozitsiyada 


gipotezada koʻrsatilgan hollardagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va 
majburiyatlari ifodalanadi. Sanksiya dispozitsiyada koʻrsa-tilgan qoidani buzgan 
shaxsga nisbatan davlat organi qoʻllashi mumkin boʻlgan taʼsir chorasini belgilaydi. 
Konstitutsiyaviy normalar 3 qismdan emas, asosan gipoteza va dispo-zitsiyadan 
iborat boʻladi. Jinoiy va maʼmuriy javobgarlikni koʻzda tutuvchi normalar esa — 
asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat boʻladi (masalan, Jinoyat va maʼmuriy 
javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarning maxsus qismi normalari). 
Ayrim huquqni qo'llovchi shaxslar uni normativ huquqiy hujjat bilan teng 
tushuncha deb hisoblashsa, boshqalari ushbu tushunchalar turli mazmun va 
ahamiyat kasb etishini ta'kidlaydilar. Hozir yuqorida huquq normalari haqida 
tushuncha berib o'tdik, endi huquq normalarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan 
solishtirishdan avval normativ-huquqiy hujjatlar haqida yetarlicha bilim va 
ko'nikmalarga ega bo'lishimiz shart. 
Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, 
farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy 
manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 
―Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida‖gi qonunining 2-moddasiga koʻra, ―... 
umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, 
oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar 
deb hisoblanadi‖. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va 
mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni 
qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari 
quyidagilar:
vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq 
oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; 
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli 
boʻlib hisoblanadi;


normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy 
harakterdagi 
xulq-atvor 
qoidalarini 
huquq 
normalari 
koʻrinishida 
mujassamlantiradi; 
normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va 
rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, 
qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.; 
normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega. 
Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida 
tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat 
organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar 
jalb etilishi mumkin; 
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari
ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar 
tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng 
yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir; 
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; 
normativ-huquqiy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon 
etiladi. 
Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu 
jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat 
qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin. 
Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan 
boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining 
vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi 
mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi 
fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 
chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 
tatbiq etililadi. 


Yuqorida ikki tushunchaga ham to'xtalib o'tdik. Bundan kelib chiqadiki, bu 
ikki tushuncha bir-biriga teng bo'lgan holatlar bo'lishi mumkin, ammo ko'p 
jihatlarida bu tushunchalar bir biridan farq qiladi. Misol uchun aytishimiz mumkin. 
Jinoyat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Ma'muriy javobgarlik kodeksi va boshqalar. Bu 
kodekslarning har birida o'ziga tegishli bo'lgan normalari bor, ya'ni bu kodekslar 
huquq normalaridan tashkil topgan. Normativ-huquqqiy hujjatga keladigan bo'lsak, 
bu kodekslarning barchasi, qonunlar, qarorlar va farmonlar normativ-huquqiy hujjat 
hisoblanadi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida ko'rib o'tganimizdek 
normativ-huquqqiy hujjatlar huquq normalariga qaraganda kengroq tushuncha 
ekanligini bilib oldik. Bu vaziyatda bu ikki tushuncha qaysidir ma'noda bir-biriga 
teng tushuncha bo'lishi mumkin. Ammo ushbu tushunchalarning turli ma'nolarda 
kelishini ham aytib o'tishimiz mumkin. 

Download 349,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish