_____________________________________________________________________________
________________________
__________
Талабанинг Ф.И.О.
Курс
Модуль номи: Давлат ва ҳуқуқ назарияси
____________________
Талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси __________________________________________
Умумий балл
Variant 3
A bo‗lim.
2-savol.
Huquq normasi tushunchasining mohiyatini yoriting.
Huquq normasi yuridik fan, xususan, davlat va huquq nazariyasining
fundamental kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Huquq normasi huquqiy tizimning
barcha elementlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bir tomondan, u huquq
ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli boʻlsa, ikkinchi
tomondan, u huquqni qoʻllash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, shuningdek huquq
normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga chiqadi.
Huquq normalari yigʻindisi jamiyat huquqiy tizimining normativ asosini, yaʼni
oʻzagini tashkil qiladi. Jamiyatda qaror topadigan yangi munosabatlar ularni tartibga
solishga qaratilgan tegishli huquq normalarini yaratilishiga turtki beradi. Oʻz
navbatida, bu huquq normalari yangi munosabatlarni qonuniy jihatdan
mustahkamlaydi, muhofaza qiladi va rivojlantiradi. Xuddi shu maʼnoda huquq
normalari jamiyat taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshadi, xizmat qiladi. ―Norma‖ soʻzi
lotinchadan olingan boʻlib, ―qoida‖, ―namuna‖ degan maʼnolarni anglatadi.
Huquq normasi – davlat tomonidan oʻrnatiladigan yoki maʼqullanadigan,
muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan
umummajburiy xulq-atvor qoidasi.
Huquq tizimining barcha elementlari (norma, institut, soha) huquq normasi
bilan chambarchas bogʻliqlikda mavjud boʻladi. Boshqacha aytganda, huquq
normasi huquqiy tizimning asosini, boshlangʻich hujayrasini tashkil etadi. Shu
sababli unda, avvalambor, huquq mazmunining asosiy xususiyatlari ifodalanadi.
Huquq normalari ijtimoiy normalar sifatida kishilarning oʻzaro munosabatlaridagi
xulq-atvor normalari jumlasiga kiradi. Bu ruxsat berish, cheklash, taqiqlash yoki
pozitiv huquqqa xos majburiyatlar qoidasini oʻz ichiga oluvchi qoidadir. Huquq
normasi – ijtimoiy hodisa sifatida huquqning asosiy, muhim qismi, butun huquqiy
tizimning bosh tushunchasidir. Huquqning shakllanishi va amalga oshirilish
jarayoni, qonunlar, barcha yuridik tushunchalar va tuzilishlar, hatto nazariya ham
oʻz zamirida bevosita yoki bilvosita huquq normasiga ega boʻladi.
3-savol.
Davlat va huquq nazariyasi faniga oid ayrim adabiyotlarda ―davlat
mexanizmi‖ va ―davlat apparati‖ sinonim tushunchalar sifatida koʻrsatib oʻtiladi.
Ayni paytda davlat mexanizmi davlat apparatiga nisbatan ancha keng va murakkab.
U davlat apparati va tashkilotlari tizimidan iborat boʻlib, ular vositasida davlat
hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi taʼminlanadi.
Har qanday holatda ham davlat mexanizmi barcha tarkibiy qismlarining faoliyati
uning oʻz oldiga qoʻygan maqsad, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga
qaratilgandir.
Davlat mexanizmi turli tuzilmalardan iborat boʻlib, ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
davlat apparati;
davlat tashkilotlari (davlat korxona va muassasalari);
Davlat mexanizmining belgilari:
oʻzaro bogʻliq va iyerarxik jihatdan bir-biriga boʻysunuvchi davlat
organlari va tashkilotlari (davlat korxona va muassasalari) tizimidan
iborat;
davlatning oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vazifalarini hamda
funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa
vositalar bilan taʼminlanganligi;
har bir davlat organi, tashkiloti vakolatlari va faoliyat doirasining
muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi va boshqalar.
B bo‗lim
2-savol.
Do'stlaringiz bilan baham: |