terminal bosqich
oddiy so‗z bilan aytganda, bemor
o‗lim to‗shagida yotadi. Ahvoli o‗ta og‗ir, ozib ketgan, vaqti-vaqti bilan tana
xarorati ko‗tarilib turadi, ongi buzilgan. Qonda gemoglobin miqdori normaning
50% dan oz. OIVga qarshi antitelolar kamaygan, aksincha, viruslar soni oshgan,
limfotsitlar soni o‗ta past, qo‗llanilayotgan davo natija bermaydi. Bemor ahvoli
kun sayin og‗irlashib, o‗lim bilan tugaydi.
OIV infeksiyasi klinik kechishining yoritilishini yakunlab, quyidagilarni
eslatib o‗tish kerak: hastalikning birinchi bosqichida o‗ziga hos, aniq, ishonarli
belgilar yo‗q. Shuning uchun kasallikni o‗z vaqtida (erta) tashxislash uchun xar bir
shifokor, mutaxassisligidan qat‘iy nazar, shu hastalikka nisbatan xushyor bo‗lishi
zarur.
288
Chunonchi, hastalik besoqolbozlar, fohishalar, giyohvandlardan tashqari,
boshqalarda ham uchrashi va klinik belgilari o‗ta xilma-xil bo‗lishini esdan
chiqarmasliklari zarur. Gumon tug‗ilishi bilan darhol tahliliy tekshirish o‗tkazish
kerak.
V.F.Uchaykin
(2007
y.)
chaqaloklarda
OIV-infeksiyasini
quyidagi
bosqichlarini ajratdi:
-
subklinik
- limfoadenopatik
-
chegaralangan
opportunistik infeksiyalar bosqichi
-
tarqalgan
opportunistik infeksiyalar bosqichi
Subklinik
bosqichda
OIV infeksiyasi klinik belgilari bo‗lmaydi.
Limfoadenopatik bosqichda ko‗prok ensa, jag‗ osti, qo‗ltiq osti, kam hollarda chov
sohasi limfa tuganlarini doimiy kattalashishi bilan namoyon bo‗ladi. Bu guruh
limfa tugunlari 1,5-2 sm, ba‘zida 2,5 sm gacha kattalashib, yumshoq
konsistensiyalik, og‗riqsiz, xarakatli bo‗ladi. Limfa tuganlari tomonidan yaqqol
namoyon bo‗lgan o‗zgarish bolalarda OIV infeksiyasini eng asosiy belgilaridan
biri deyish mumkin. Kam hollarda jigar va taloq kattalashadi, ba‘zida zaharlanish
(intoksikatsiya) belgilari, bo‗shashish, ishtahani pasayishi, yuqori bo‗lmagan
istima kuzatiladi. Kamdan-kam holatlarda o‗tib ketuvchi piodermiya, gerpetik
toshma, terlashni kuchayishi, ichni buzilishi, tana vaznini kamayishi kuzatiladi.
Chegaralangan opportunistik infeksiya davrida uncha kuchli bo‗lmagan
intoksikatsiya belgilari, psixomotor va fizik o‗sishdan orqada qolish kuzatilishi
mumkin. Bolalar kam xarakatchan bo‗ladi. Teri qoplamlari quruqshagan kulrang,
yuzida va tanada katta yallig‗langan piodermik o‗chog‗lar paydo bo‗ladi. Hamma
bolalarda og‗izda sut oqarishi belgisi namoyon bo‗ladi, ba‘zida gerpetik toshmalar,
ichni buzilishi, tana massasini 10-20% ga kamligi aniqlanadi. Bolalar kuzatilganda
xansirash, doimiy yo‗tal, lab – burun uchburchagini ko‗karishi, qorin oldi devori
vena tomirlarini kengayishi aniqlanishi mumkin. O‗pka perkussiyasida timpanit,
auskultatsiyada ko‗p miqdorda xar xil kattalikdagi nam xirillashlar. Hamma
289
bolalarda jigar va taloq kattalashadi, lekin funksional holati buzilmaydi. Limfa
tugunlari hammada kattalashadi. Ammo opportunistik infeksiyalarga qarshi davo
o‗tkazilganda kasallik belgilari yo‗qoladi va bolalarni ahvoli yaxshilanadi.
Tarqalgan opportunistik infeksiya bosqichiga o‗tganda tarqalgan kandidoz va
sitomegaliyani belgilari namoyon bo‗ladi, shu bilan birga tana vazni kamayadi,
davoga samara bermaydigan davomiy ich o‗tish, o‗pkadagi o‗zgarishlarni
kuchayishi, turg‗un gerpetik toshmalar, ko‗plab yiringli o‗chog‗lar va
ensofalopatiyani kuchayishi kuzatiladi. Bu davrda simptomatik davo samarasiz,
faqat OIV infeksiyasiga qarshi maxsus davo vaqtinchalik holatni yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |