Klinik manzarasi.
Yashirin davr – 11-21 kun, o‗rtacha 14 kun. Kasallik
xaroratni subfebril ko‗tarilishi va umumiy holatni bir oz buzilishidan iborat qisqa
muddatli prodromal belgilar bilan boshlanishi mumkin. Ayrim bemorlarda bu davr
209
qizamiqsimon yoki skarlatinasimon toshmalar toshadi. Ammo bu toshmalar
ko‗pincha suvchechak toshmalarining avjida toshadi. Kasallik odatda o‗tkir
boshlanib, xarorat 37,5 – 38,5
0
C gacha ko‗tariladi, suvchechak toshmalari toshadi.
Teridagi dastlabki element, bu mayda dog‗-papula bo‗lib, u tezda bir necha soatda
diametri 0,2-0,5 sm li vezikulaga aylanadi. Suvchechak vezikulalari yumaloq yoki
oval shaklda bo‗lib, terini yumshoq asosida shakllanadi, atrofi giperemiya chizig‗i
bilan o‗raladi, devori tarang, ichida tiniq suyuqlik bo‗ladi. Suvchechakni ayrim
elementlari markazida kindiksimon o‗yig‗i bo‗ladi. Pufakchalar bir kamerali
bo‗lib, igna bilan teshilsa, bo‗shab, cho‗kib qoladi. Birinchi sutka oxiri, ikkinchi
sutkada pufakchalar qurib, cho‗kib qoladi va 1-3 hafta saqlanuvchi po‗stloqchaga
aylanadi. Ularni ko‗chgan o‗rinlarida 2-3 oy davomida asta-sekin so‗rilib ketuvchi
pigmentli dog‗larni ko‗rish mumkin, ammo chandiq hosil bo‗lmaydi. Toshmalar
yuzda, boshni sochli qismida, tana va oyoq-qo‗llarda joylashgan bo‗ladi. Kaftda
va tovonda toshma bo‗lmaydi.
Ba‘zida vezikulyoz toshmalarni og‗iz shilliq qavatlarida, ko‗z
konyuktivasida, kam hollarda hiqildoq va jinsiy organlarda uchratish mumkin.
Toshma elementlari shilliq qavatlarda nozik bo‗lib, tezda yuzaki eroziyalarga
aylanadi, ular bir oz og‗riqli bo‗lishi mumkin. Eroziyalar toshmalar toshuvini 3-5
kunlari tuzaladi.
Suvchechakda toshmalar bir vaqtda emas, balki 1-2 kun farq bilan turtkilab
toshadi. Shu sababli terida turli bosqichlarda rivojlangan elementlarni – dog‗-
papulalarni, pufakchalarni, po‗stloqchalarni ko‗rish mumkin. Buni toshmalarni
―yolg‗on polimorfizmi‖ deyilib, suvchechakka juda hos bo‗ladi. Xar yangi
toshmalar xaroratni ko‗tarilishi bilan namoyon bo‗ladi, shuning uchun xarorat
chizig‗i noto‗g‗ri shakl oladi. Kasallik avjida (odatda bu toshmalarni maksimal
toshuviga to‗g‗ri keladi) bolalarda umumiy xolsizlik, ishtaha yo‗qligi, uyqu ritmini
buzilishi kuzatiladi. Eng yosh bolalarda injiqlik, terida qichishishlik kuzatiladi.
Yosh bolalarda ham zaharlanish toshmalarni mo‗lligiga mutanosib tarzda
kuzatiladi.
210
Suvchechakda periferik qon manzarasi odatda o‗zgarmaydi. Ba‘zida yengil
leykopeniya va nisbiy limfotsitoz kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |