1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari


Muskul sistemasi. Muskullarning dinamik va statik ishi



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Muskul sistemasi. Muskullarning dinamik va statik ishi. 


Muskul sistemasi.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta 
yoshh odam tanasi vaznining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, 
mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari 
muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana 
shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-
sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi 
tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet 
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi 
to‘qimalardan tuzilgan. Muskul to‘qimasi hujayralardan tashkil topgan, bo‘lib, 
hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul 
to‘qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra ko'ndalang yo‘lli va silliq muskullarga 
ajratiladi. Ko'ndalang yo‘lli muskullar, asosan skelet muskullari bo'lib, silliq tolali 
muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul 
tolalari yig'indisidan iborat bo'lib, bu tolalar biriktiruvchi to'qima yordamida o'zaro 
birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgandir.
Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi - dumi 
bo'lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan 
tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda 
bo'g'imda harakat sodir bo'ladi. Muskul tolalarining yo'nalishiga qarab duksimon, 
yarim patsimon, ikki yoqlama patsinion, tasmasimon va ikki qorinchali bo'lishi 
mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa 
parda bilan o'ralgan, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya alohida muskulni, bir 
qancha muskulni va muskullarning hammasini o'rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta yo'g'on muskullar 
baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, 
dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish 
joyiga ko'ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko'ra, chaynash muskuli, bukuvchi 
muskullar va hokazo, tuzilishiga ko'ra, ikki boshli yarim payli muskul va boshqalar; 
joylashishiga ko'ra peshona, yelka muskullari va hokazo; shakliga ko'ra 
trapetsiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va hokazo.
 
Muskullarning dinamik va statik ishi.
Muskullarning kuchi tolalarining 
ko'ndalang kesimiga, ko'p-ozligiga bog’liq. Muskulning har bir santimetri o'rta 
hisobda 10 kg yuk ko'taradi. U larning ishi nerv sistem asining qo‘zg‘aluvchanhgiga, 
mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog’liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan 
odamning muskullari baquvvat bo’ladi, qon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, 
organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq boiib, tashqi muhit ta’sirida cho'ziladi 
yoki qisqaradi. Qisqarganda bo‘gimlarda harakat vujudga keladi. Muskullar 
bo'g’imdan o’tshiga qarab bir bo'gimli (masalan, deltasimon muskul) va ko'p 
bo'g'imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo'ladi. Muskullar 
bo'g'imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antagonist muskullarga 
bo'linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. 
Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda tirsak 


bo'g'imida bukish harakati sodir bo'ladi. Antagonist muskullar qisqarganda 
qaramaqarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning 
ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa
tirsak bo'g'imida yozish harakati sodir bo'ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirlshda richag qonuni asosida ta’sir etadi. 
Masalan, birinchi tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada, 
muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki chetda, ularning yelkasi va yo‘nalishi bir 
xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining saqlanishi. 
Burchagida tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining vazni oldingi yelkada, 
ensaga birikkan muskullaming tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng 
bo'ladi.
Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, 
og'irlik kuchi o‘rtada bo‘ladi. Muskulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, 
yelkasi uzun. Bu richagda qatnashuvchi muskullaming yelkasi uzun bo‘lgani uchun 
kuchli ish bajariladi. Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda bo‘ladi, 
lekin og‘irlik kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining 
yelkasidan bir nechta marta uzun. Muskulning tortish kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi 
juda qisqa. Bunday richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak 
bo‘g‘imida qo‘lni bukib, panjada yuk ko‘tarish.

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish