5
SO‘ZBOSHI
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulkni himoya
qilish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Davlatning kuch-qudrati, avvalo, demokratik institutlarning mustaqil
faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning
barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini roʻyobga
chiqarish, tadbirkorlik va
iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib
berish qobiliyati bilan oʻlchanadi. Ishbilarmonlik muhitini tubdan
yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-
sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq tartib-
taomillarning turlari va sonini qisqartirish, soddalashtirish va ochiq-
oydinlik
darajasini oshirish, biznesni yuritish shart-sharoitlarini baholash
mezonlarining jahon amaliyotida mavjud qabul qilingan tizimini joriy etish
va shu asosda mamlakatimiz ishbilarmonlik va investitsiya muhiti
darajasining xalqaro reytingini yanada ko‘tarish maqsadida izchil
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar
samarasi tadbirkorlar faoliyatini erkinlashtirishda, ularga keng yo‘l ochib
bergan holda nazorat qiluvchi organlarning
vakolatlarini aniq-ravshan
belgilab olishda va, albatta, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining
himoyasini amalda ta’minlashda ko‘rinmoqda.
Darhaqiqat,
bugun
har
birimiz
tadbirkorlikning
rivojlanishi
jamiyatimiz ravnaqi, aholi farovonligini ta’minlash hamda barqaror
iqtisodiy hayotni barpo etishning muhim omili ekanligini chuqur his
etmoqdamiz. Qo‘lingizdagi ushbu darslik Toshkent davlat yuridik
universitetida amalga oshirilayotgan BF-1-013 “Tadbirkorlik
qonun
hujjatlarini tizimlashtirishning nazariy va ilmiy-metodologik asoslarini
takomillashtirish: milliy va xorijiy tajriba” fundamental tadqiqot doirasida
loyiha a’zolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–1990-son
qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar
6
va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi
4-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.
Maʼlumot o‘rnida shuni aytish joizki, Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son
qaroriga asosan Toshkent davlat yuridik universiteti dargohida kelajakda
tadbirkorlik, biznesni himoya qilish sohasida yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash uchun yangi tadbirkorlik-huquqiy faoliyat yo‘nalishi hamda
ushbu yo‘nalish boʻyicha bevosita mas’ul bo‘lgan yangi “Biznes huquqi”
kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalish boʻyicha talabalarni
yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash va ularni qayta nashr qilish
maqsadida biznes huquqi fanlari boʻyicha mukammal ravishda o‘z
bilimlarini boyitib, kelajakda ushbu sohada
yetuk malakali kadrlar
bo‘lishida yordam tarzida ushbu darslikning yangilangan nashri ishlab
chiqildi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati erkinligining davlat tomonidan
kafolatlanganligi iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda muhim omil
bo‘lmoqda.
Darslikda tadbirkorlik (biznes) huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik
subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini
tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish,
qayta tashkil etish, tugatishning
huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka
nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
moliyalashtirish va
kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorlik subyektlarining davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va
javobgarlik asoslari kabi mavzular yoritilgan.
Darslik foydalanuvchilaridan uni takomillashtirish yuzasidan fikr-
mulohazalar kutib qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: