Toshkent davlat yuridik universiteti


Qarzdor muassis (ishtirokchi)lari yoki qarzdor mol-mulki



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Qarzdor muassis (ishtirokchi)lari yoki qarzdor mol-mulki 
egasining vakili
– bankrotlik taomili o‘tkazilayotganda qarzdorning 
muassislari (ishtirokchi) yoki qarzdor mol-mulkining egasi vakolat bergan 
shaxs. 
Qarzdor xodimlarining vakili
– bankrotlik taomili o‘tkazilayotganda 
o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat 
bergan shaxs. 
Qishloq xo‘jaligi korxonasi
– qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat 
xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon 
xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
yetishtirishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar. 
SHARTLI QISQARTMALAR 
Oʻzbekiston Respublikasi – O‘zR 
Fuqarolik kodeksi – FK 
Fuqarolik protsessual kodeksi – FPK 
Iqtisodiy protsessual kodeksi – IPK 
Jinoyat kodeksi – JK 
Oliy Sud – OS 


16 
I bob. Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik huquqi 
I
 
BOB.
 
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA TADBIRKORLIK 
HUQUQI
 
 
Tadbirkorlik (biznes) faoliyati nima? Tadbirkorlik (biznes) 
huquqining predmeti va prinsiplari. Tadbirkorlik (biznes) huquqining 
manbalari. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlari. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining joriy etilishi, uning 
qonuniyatlarining jamiyat hayotiga keng qo‘llanilishi respublikamiz 
iqtisodiyotining rivojlanishiga zamin yaratdi. Bunda iqtisodiyotni 
harakatlantiruvchi kuch sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi 
tadbirkorlik subyektlari muhim o‘ringa ega. Ular faoliyatini huquqiy 
tartibga solish, biznes yuritish asoslari barcha shaxslar, jumladan, xorijiy 
tadbirkorlar uchun bir xil qilib belgilangan. 
 
Bozor munosabatlarining rivojlanishida tadbirkorlik subyektlarining, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora 
mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida 
bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Jumladan: 
2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni 
qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berilib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion soʻm va 
1 milliard dollarga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi. 
Sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va 
xizmat koʻrsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritildi. 
Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017-
yilga nisbatan 12 foizga oshdi. 
“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 
trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes 
loyihalari amalga oshirildi. 
Bu yildan boshlab soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 
hududlarda 5,5 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoldirildi. 
Bu oʻtgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016-yilga nisbatan esa 32 barobar 
koʻpdir. 
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot 
banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 
8,5 milliard dollarni tashkil etdi. 
Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard 
dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, 
keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini 
qayd etish lozim: 


17 
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; 
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal 
rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini 
oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash; 
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monitar 
siyosatni amalga oshirish; 
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga 
qodir malakali kadrlarni tayyorlash . 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish