O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

 
V.6. Shaxsning «Men» obrazi 
Shaxs sotsial psixologiyada, garchi uning shakllanishiga jinsi, temperamenti, 
irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatsa-da, sotsial 
fenomen sifatida qaraladi. 
Sotsial psixologiya sohasida tadqiqot olib boradigan mutaxassislarning 
aksariyati o‘z tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida Gordon Ollport, Salvatore 
Maddi, Uilyam Jeyms kabi psixologlarning nazariyalariga tayanadi. 
66


Ulardan biri U.Jeymsning shaxs nazariyasida shaxs «Men»i 
haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay olgan, desak bo‘ladi. U.Jeyms 
shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib ko‘rsatdi: «Men» - 
anglovchi va «Men» - ob’yekt.
«Men» - ob’yekt inson nimaniki «o‘zimniki» deb atay olgan 
barcha narsalar yig‘indisidir. Uning ichiga: 

Material «Men» – o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va shaxsan uning 
o‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluvchi «Men» bo‘lsa; 

Sotsial «Men» – shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir 
shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak, 
shaxsning atrofida qancha alohida sotsial guruhlar mavjud bo‘lsa, uning uchun 
shuncha sotsial «Men»i mavjud bo‘ladi; 

Psixik «Men» – individning sotsial muhitda uning kimligini namoyon 
qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlarining yig‘indisi hisoblanadi; 

Haqiqiy yoki axloqiy «Men» – shaxsning o‘zini anglashi, o‘z-o‘ziga baho 
berishi doirasidan iboratdir. Zamonaviy psixologiyada bunday «Men»ni shaxsning 
markaziy bo‘g‘ini sifatida qaraladi va «Men» konsepsiya tushunchasi orqali 
ifodalanadi. 
Sotsiolog olimlardan biri Charlz Kuli «Shaxs oynasi» 
tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs atrofidagi 
odamlarning unga nisbatan berayotgan bahosi va fikriga aynan 
oynaga qaraganday qaraydi, degan fikrni asoslagan.
Uning fikricha, har qanday shaxs o‘ziga nisbatan 
atrofdagilarning berayotgan bahosi va fikrini qabul qilar ekan, 
o‘zini oynaga solgandek bo‘ladi. Bu fikrni keyinchalik Djorj 
Gerbert Mid va Garri Stek Sallivanlar ham rivojlantirgan. 
Dj.G.Midning 
fikricha, 
shaxsning 
o‘zini 
anglashi 
uning 
sotsial 
munosabatlarining hosilasi bo‘lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi tomondan, go‘yoki 
ob’yektga qaragandek qarashni o‘rganadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, bunda 
67


atrofdagi butun bir sotsial guruh yoki jamoa a’zolarining fikri – jamoaviy ustanovka 
sifatida rol o‘ynaydi.
Aynan shu holat tufayli biz o‘zimizni boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday 
ko‘rishga o‘rganamiz, o‘zimizga boshqalar ko‘zi bilan qarashga o‘rganamiz. Lekin 
o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri nima uchundir bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, 
degan savol barchani qiziqtiradi. Bu savolga javob aynan jamoa a’zolarining barchasi 
ham biz haqimizda bir xilda fikr yuritmasligi va bizga bir xilda baho 
beravermasliklari bilan bog‘liqdir. 
Bundan tashqari atrofdagilarning fikrini inobatga olishimizda qanday omillar 
rol o‘ynaydi, degan savol ham muhimdir. Dastlabki omil sifatida fikrlarni qabul 
qiluvchining yoshi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolalar uchun ota-onasi, 
o‘qituvchisining fikri muhimdir. Katta yoshdagilar uchun esa oila a’zolaridan biri, 
do‘sti, hamkasbi kabilar ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs bo‘lishi mumkin.
Bu borada jins xususiyati ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Amerikalik Jon 
Xoelter, amerikalik o‘smir-o‘quvchilar bilan tadqiqot o‘tkazib, shuni aniqlaganki, 
o‘smir qizlar o‘zining o‘g‘il bola tengdoshlarining fikrlarini ko‘proq inobatga olar 
ekan, o‘smir o‘g‘il bolalar esa o‘z ota-onalarining fikrlarini ko‘proq inobatga olishi 
aniqlangan. 
Shaxs «Men»i va o‘zini anglashida boshqalarning ta’siri katta, lekin buning 
o‘ziga xos muammoli jihati ham mavjuddir.
Karl Yungning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi mavjud 
va u Persona deb ataladi. Ana shu Persona shaxsning haqiqiy «Men»i va Yolg‘on 
«Men»i o‘rtasida muammolarni keltirib chiqaradi. 
K.Yungning fikricha, Persona, o‘ziga xos niqobga ega bo‘lib, shaxs 
jamoatchilik bilan munosabatlarda o‘zining haqiqiy «Men»ini yashirish maqsadida 
shu niqobni taqib oladi. Buning natijasida shaxs o‘zining asl basharasini har doim 
ham va barcha sotsial guruhlar oldida ham namoyon etavermaydi, natijada uning 
aslida qandayligini atrofidagilar bila olmaydi.
K.Yungning tahmin qilishicha, Persona – bu jamiyat va shaxs o‘rtasidagi 
hamkorlikdir. Uning maqsadi – shaxsning haqiqiy «Men»ini yashirgan holda 
68


boshqalarda yaxshi taassurot uyg‘otishdan iboratdir. Ko‘pincha shaxs o‘zining asl 
holati bilan Personani chalkashtirib yuboradi. Bunday holda «Men» ham Persona 
bilan aralashib ketadi, shaxs esa sotsial muhit oldida rol o‘ynovchi yolg‘onchi 
mavjudodga aylanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs o‘zini o‘z niqobidagi 
holati bilan chalkashtirib yuboradi. 
K.G.Yung bunday holat individning o‘z-o‘zini anglashiga xavf solishini 
ko‘rsatib beradi. Dastlab K.Yung, undan keyin esa uning izdoshi Ester Xarding 
shaxsning atrofidagilar uning niqobdagi holatiga qarab bergan bahosini qabul qilishi 
natijasida o‘z «Men»ining haqiqiy mohiyatini to‘liq anglay olmasligi bilan bog‘liq 
vaziyatlarni ham keltirib o‘tishgan. Bunday holatda shaxsning «Men» – konsepsiyasi 
va Personasi bir-biriga mos tushadi. Bunday bo‘lishi shaxs uchun har doim ham 
istalgan holat bo‘lavermaydi. Shu bois bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxs faqat 
atrofidagilarning fikri va bahosiga suyanibgina qolmasdan, o‘zi ham o‘zini tahlil 
qilish, o‘z kamchiliklarini tan olish orqali o‘zini anglashga va o‘zining haqiqiy 
«Men»ini, «Men» konsepsiyasini rivojlantirishga harakat qilishi lozim. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish