O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


Ommaviy tadbirlar mazmuni va yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

Ommaviy tadbirlar mazmuni va yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga 
bo‘lish mumkin: 

sotsial-siyosiy; 

ommaviy-madaniy; 

sport-tomosha; 

diniy marosimlar. 
Ijtimoiy-siyosiy tadbirlarga 
namoyishlar, mitinglar, yurishlar, siyosiy 
partiyalar va jamoat tashkilotlarining qurultoylari (syezdlari) turli darajalardagi 
deputatlar, Respublika Prezidentining saylanishi kabilar kiradi. 
Ommaviy tadbirlarning yana bir keng tarqalgan turi 
madaniy-ommaviy 
tadbirlardir. 
Ular ko‘rgazmalar, vernisajlar (ko‘rgazmani ochish marosimlari), xalq 
sayillari, teatrlashtirilgan tomoshalar, festival, yarmarka, konsert kabilardan iborat. 
Sport-tomosha tadbirlari 
an’anaga ko‘ra, respublikamizda aholi ommaviy 
dam olishning keng yoyilgan shakllaridan biri hisoblanadi. Ular, miqyosi va 
muhimlik darajasiga ko‘ra, xalqaro, respublika, viloyat, shahar va tuman miqyosidagi 
tadbirlarga bo‘linadi. Odamlarning ommaviy to‘planishi hamda jamoat tartibining 
holatiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasi bo‘yicha qo‘riqlash uchun eng qiyini futbol, 
kurash, katta tennis kabi sport o‘yinlarining o‘tkazilishidir. Ushbu ommaviy 
tadbirlarning o‘ziga xos jihati, futbol matchlarida muayyan toifadagi sport 
ishqibozlari, turli sport klublariga mansub ashaddiy muxlislarning bo‘lishidir. 
Ommaviy – diniy tadbirlar, 
jumladan, respublikamizdagi har xil diniy 
bayramlar, odatda, tegishli machitlarda dindorlar va oddiy qiziquvchilar ko‘plab 
to‘planadigan sharoitda o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda davlat siyosatining dinga 
munosabati o‘zgargani sababli yangi machitlar qurilmoqda, eskilari tiklanmoqda, 
dindorlarga ibodat uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Ular orasida faoliyati 
g‘ayrisotsial xususiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan 
oqimlar bo‘lganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Ushbu oqimlarga ko‘pchilikka 
ma’lum bo‘lgan «Vahhobiylar», «Akromiylar», «Hizb ut-tahrir» kabilar kiradi. Ular 
o‘z saflariga yoshlarni tortadilar, odamlarni yo‘ldan uradilar, ba’zan esa 
huquqbuzarlik va hatto, jinoyatlar sodir etadilar. 
162


Ommaviy tadbir o‘tkazilayotgan ob’yektda va uning atrofida turli xil 
favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishining oldini olish maqsadida ichki ishlar 
organlari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganda quyidagi psixologik 
bilimlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq: 

jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan 
xodimlarning tezkor vaziyatni doimiy ravishda 
kuzatishlari 
asosida shubha 
uyg‘otuvchi va jazava holatiga tushib qoluvchi shaxslarni aniqlash; 

jamoat tartibining buzilishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash va 
uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida ommaviy tadbir ishtirokchilariga psixologik 
ta’sir choralarini ko‘rish; 

shubha uyg‘otuvchi va jazavaga tushib qoluvchi shaxslarga psixologik ta’sir 
ko‘rsata olish (xodimlar tomonidan doimiy nazoratda ekanligini his qilib turishi); 

tezkor xodimlar tomonidan ommaviy tadbir ishtirokchilariga psixologik 
ta’sir ko‘rsatish maqsadida mish-mish gaplardan foydalanish; 

ommaviy tadbir ishtirokchilari orasidan shubha uyg‘otuvchi shaxslarni olib 
chiqib ketishda obro‘sizlantirish usulidan foydalanish. 
Bizga ma’lum bo‘ldiki, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda ommaviy 
tartibsizliklar vujudga kelishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari 
zimmasiga ulkan va mas’uliyatli vazifalar yuklatiladi. Zero, ular yurtimizning 
tinchligi va barqarorligi, fuqarolarning xavfsizligi hamda jamiyatimizning barqaror 
hayoti uchun javobgardirlar. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda ommaviy 
tartibsizlik vujudga kelishining oldini olishda ichki ishlar organlari xodimlari 
tomonidan psixologik bilimlarga ega bo‘lish, ayniqsa insonning jamoadan tashqari 
xatti-harakatlar psixologiyasini bilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, 
psixologik bilimlar natijasida ichki ishlar organlarining fuqarolarni va jamiyatni 
terrorchilik, qo‘poruvchilik xurujidan, barcha shakldagi ekstremizm, uyushgan 
jinoyatchilikning turli ko‘rinishlaridan ishonchli himoya qilishni ta’minlaydi. 
163



Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish