O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

Nizoli vaziyat yuzaga kelganida 
(shubha uyg‘otuvchi shaxs nihoyatda 
tajovuzkor bo‘lib, bir daqiqadan so‘ng affektiv portlash kelib chiqishi mumkin 
bo‘lganida) nizoni so‘ndirishning eng oddiy usuli xodimlar e’tiborini atayin boshqa 
odamlarga ko‘chirishdir. Bunda shubha uyg‘otuvchi shaxsdan vaqtini yo‘qotgani 
uchun uzr so‘rash, suhbat uchun minnatdorchilik bildirish, biror narsani (masalan, 
qayergadir tashrif buyurishni) maslahat berish lozim. Bu shubha uyg‘otuvchi 
shaxsning stress holatini pasaytirish, uning hushyorligini kamaytirish va kutmagan 
paytida uni qo‘lga olish (zararsizlantirish) imkonini beradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, guruhiy 
tartibbuzarlik va ommaviy tartibsizliklarda olomon tarkibidan shubha uyg‘otuvchi va 
mutaassib shaxslarni aniqlashda profayling usulidan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
VII.5. Olomonni boshqarishning psixologik usullari 
Olomonning g‘ayrisotsial harakatlarini oldi olish va ularga chek qo‘yish uchun 
turli shakl va usullardan foydalaniladi. Ular uchun umumiy bo‘lgan jihat – olomon 
xulqining psixologik qonuniyatlarini chuqur bilish va aniq hisobga olish. Masalan, 
anonimlik hissi olomon ishtirokchilarini ongsiz harakatlarga undashidan quyidagicha 
foydalanishi mumkin. Olomon ancha katta bo‘lganida ovoz kuchaytirgich vositasi 
orqali uning aniq ishtirokchilariga murojaat etish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu hol eng sog‘lom 
fikrlovchilarni o‘z harakatlarini anglashga undaydi, ularga o‘zini nazorat qilishdek 
158


yo‘qotgan hissiyotini qaytarishda va o‘z xatti-harakati uchun mas’uliyatni his 
qilishida yordam beradi. 
Ommaviy tartibsizliklar paytida ommani tarqatish uchun uni kichik guruhlarga 
ajratish, olomondagi ashaddiy ishtirokchilarni topish va ularni jazolash muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Olomondagi jamiyatga qarshi harakatlarning oldini olishda ichki ishlar 
idoralari xodimlari sotsial psixologiya va uning qonuniyatlarini yaxshi bilishlari, 
ya’ni sotsial jarayonlar, jamoa va guruhlarining psixologik xususiyatlarini, ularni 
harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga 
egadir. Bundan tashqari, amaldagi qonunni, jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy muhitni 
o‘rganishlari, sotsial psixologik munosabatlar tizimida jamoa va guruhlarning o‘rnini 
bilishlari zarur. 
Amaldagi qonunlarga muvofiq, ichki ishlar organlari zimmalariga yuklatilgan 
vazifalarni odatdagi (kundalik) sharoitlarda ham, alohida sharoitlarda ham 
bajaradilar. 
Jamoat tartibini va xavfsizligini saqlashning alohida sharoitlari 
deganda, 
odamlar hayoti va sog‘lig‘i, moddiy va madaniy qadriyatlar uchun xavflilik darajasi 
katta bo‘lgan muayyan holatlarda yuzaga keladigan hamda ichki ishlar organlaridan 
huquqiy va tashkiliy xususiyatga ega maxsus choralar ko‘rishni talab qiladigan 
sharoitlar tushuniladi. Mazkur sharoitlar turli xil favqulodda vaziyatlarning kelib 
chiqishi bilan bog‘liq. Tinchlik vaqtida ularga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatlar, 
epidemiyalar, epizootiyalar, texnogen va ekologik falokatlar, sotsial to‘qnashuvlar, 
shuningdek, katta ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi va hokazo. 
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qonuniyligiga ko‘ra miting, yig‘ilish, namoyish 
o‘tkazish demokratiyaning bir ko‘rinishidir. Demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishda fuqarolar o‘z sotsial-siyosiy faolliklarini erkin amalga 
oshirish huquqiga egadirlar. Konstitusiyamizning 33-moddasida fuqarolarning sotsial 
faolliklari miting, yig‘ilish va namoyishlar shaklida amalga oshirilish huquqi e’tirof 
etilib, qonuniy jihatdan mustahkamlangan. 
Hozirgi vaqtda turli xil ommaviy tadbirlar aholining sotsial faolligi va bo‘sh 
vaqtini o‘tkazishining keng yoyilgan shakllaridan biri hisoblanadi hamda shaxsning 
159


siyosiy hayot, sport, madaniyat, san’at yutuqlaridan bevosita bahramand bo‘lish 
ehtiyojini qondiradi. Demokratiya sharoitida fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va 
erkinliklarini amalga oshirishlari ko‘p jihatdan ularning davlat organlari, siyosiy 
partiya va harakatlar, shuningdek, turli xil kasaba uyushmalari, sport, madaniyat, 
diniy va boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan turli xil ommaviy tadbirlarda faol ishtirok 
etishlari bilan bog‘liq. 
Shu o‘rinda, ommaviy tadbirlarning turlari va ularni o‘tkazish tartibiga 
to‘xtalishdan avval, uning lug‘aviy ma’nosiga alohida e’tibor qaratsak. O‘zbek 
tilining izohli lug‘atida «ommaviy» so‘zining mohiyatiga «ommaga, ko‘pchilikka 
oid; ko‘pchilik tomonidan yoki omma orasida bajariladigan ommaviy ish. Ommaviy 
harakatlar», deb izoh berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining huquqiy asosi 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 yanvardagi 
«Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida 
«ommaviy tadbirlar» tushunchasi berilgan bo‘lib, unda «ko‘ngilochar, teatr-tomosha, 
konsert, sport, reklama dasturlari va boshqa dam olish dasturlarini, shuningdek, 
kamida 100 kishi ishtirokida umumxalq, diniy, professional bayramlarni o‘tkazish 
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq va yopiq inshootlarda, 
maydonlarda, binolarda va boshqa joylarda tashkil etiladigan kishilarni to‘plash» 
ommaviy tadbirlar ekanligi ta’kidlangan. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar 
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tashkilotchilari bo‘lishlari mumkin. Tashkilotchilar, 
artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlarni (harakatlarni) 
bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslar hamda tomoshabinlar ommaviy tadbirlar 
qatnashchilari hisoblanadi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish