Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
ekaniga Asadbekning o‘zi ko‘ngan-ku? Nimaga shartni buzmoqchi? Yakkahokim 
bo‘lmoqchimi? Bu chechen orqali Xongireyni qo‘lga olganmi? Men uning payini qirqaman, 
deb yursam, u ishni pishitib qo‘yibdi-ku?» 
Bir necha kun davomida o‘tirsa ham, tursa ham chechenning tashrifidan maqsad ne 
ekan, deb o‘yladi. Zelixon garchi maqsadini aniq aytib ketgan bo‘lsa ham, ishtonsizning 
hadigi cho‘pdan deganlariday, Hosilboyvachcha uning gapiga ishonqiramay boshqa 
xayollarga boraverdi. Nihoyat, bu ishda Asadbekning qo‘li bor, degan fikrga mahkam 
yopishdi. Zelixonning izidan tushgan odamlari uning Asadbek qarorgohiga kirganini 
ma’lum qilishgach, fikri to‘g‘ri ekaniga yanada qattiqroq ishondi. Dardi faqat boyligu 
shuhrat bo‘lgan bu yigit siyosatchilar olamining makkorona qiliqlari mavjudligini, ular 
ko‘proq aql ko‘zlari yumuq odamlar xizmatidan foydalanishlarini bilmas edi. Uning 
fojiaga yetaklashi mumkin bo‘lgan nodonligi ham shu edi... 
2 
 
Anvar nur bilan bo‘lgan so‘nggi suhbat ta’sirida garang bo‘lib o‘tirganida eshik ochilib, 
kadrlar bo‘limining boshlig‘i ko‘rindi. Yoshi o‘tibroq qolganini haligacha sezmay, pardoz-
andozini kanda qilmovchi bu juvon har kuni ertalabdan xodimlarning jig‘iga tegardi. 
Xolidiy davrida intizomni nazorat qilish shu xonimga topshirilgan, bu vazifa boshliq 
o‘zgarganidan keyin ham fidoyilik bilan bajarilardi. O‘n besh daqiqa kech qolgan xodim 
bu xonimning temir daftariga tushar, «qayta qurish ishiga sezilarli ulush qo‘sha 
olmayotgani uchun» mukofotlardan mahrum etilardi. Anvar barvaqt turib, ishga 
baravaqt kelishga o‘rgangani uchun bu ro‘yxatga tushish baxtidan benasib edi. Kadrlar 
bo‘limining boshlig‘i uning kech qolishini juda-juda istardi. Qani edi, Anvar ishga 
kechiksa-yu, bu xushxabarni Xolidiyga yetkazsa, hayfsan e’lon qilish haqidagi buyruqqa 
imzo chektirib chiqsa... Vaqt-bemahal xonalarni ham aylanib yuruvchi xonim eshikni 
ochganida «navbatdagi tekshiruv shekilli», deb o‘ylashdi. Xonim to‘g‘ri Anvarga 
yaqinlashdi-da, sal engashib «Siz men bilan yuring», dedi. Bu sirli chaqiruv 
xonadagilarning diqqatini tortdi. «Eng kichkina ilmiy xodim» ma’nodor qilib yo‘talib 
qo‘ydi. Anvar xonimga bir qarab olib, qog‘ozdagi satrlarni diqqat bilan o‘qiyotganday 
muk tushdi. 
— Yuring, deyapman, — dedi xonim chimirilib. 
— Tinchlikmi? — dedi Anvar qog‘ozdan bosh ko‘tarmay. — Ishga vaqtida kelganman. 
Xudo xohlasa, vaqtida ketaman. Qayta qurishda jon-dilim bilan ishtirok etyapman... 
— Yuring, — xonim bu safar qat’iyroq, buyruq ohangida gapirdi. — Maynavozchilik 
qilmay, orqamdan yuring. 
Anvar o‘rnidan turib boshini egdi-da, itoatkor qul kabi unga ergashdi. Xonada yengil 
kulgi ko‘tarildi. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i xonasi eshigini ochib, Anvarga «kiring» dedi. 
Anvar ostona hatlagach, o‘zi tashqarida qolib, eshikni ohista yopdi. 
Anvar divanda o‘tirgan yigitni bir qarashda tanidi. Miqtidan kelgan, sochlari orasta 
taralgan, nigohi olazarak bu yigitni idorada deyarli barcha taniydi. Avvallari bunday 
odamlar pinhona ish yuritishardi. Zamon o‘zgarib, idoralarga ochiqchasiga keladigan, 
ochiqchasiga «dildan suhbat quradigan» bo‘lib qolishdi. Anvar kirib kelishi bilan miqti 
yigit o‘rnidan turib, jilmaygan holda, qadrdonlardek salomlashdi. Uning qo‘llari qattiq, 
qog‘oz-qalamga o‘rgangan Anvarning barmoqlari unga dosh berolmadi. 
Miqti yigit maqsadga darrov ko‘chmay, gapni uzoqdan boshladi. Avval Anvarning 
salomatligini surishtirdi. Onasining sog‘lig‘i ham nazaridan chetda qolmadi. Akasining 
chet elga borish-bormasligi bilan qiziqdi. «Chet ellarga borib dars o‘tadigan zo‘r 
olimlarimiz bor ekan, faxrlanishimiz kerak», deb ta’kidlashni unutmadi. Anvar uning 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish