24
6. Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan?
A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi
C) Muhammad D) Qulibek
7. Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab
bo’ldi?
A) Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi
B) Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi
C) Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish
D) Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish
8. Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati
oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik
savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy
ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining
talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar?
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
9. Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati
oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini
kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar
yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni
qo'ydilar.
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
10. Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib
kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi,
Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z
narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan?
A) 5-7 marta B) 6-8 marta
C) 6-9 marta D) 7-9 marta
11. Rossiya Amir Nasrulloning qaysi iltimosini qabul qildi?
A) Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish
B) Tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi
C) Amirlikka zambarak quroli sotish
D) Buxoroga po‘lat sotish
12. Qachon Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya
elchilari kelgan?
A) 1857-yilda B) 1858-yilda
C) 1860-yilda D) 1843-yilda
13. 1825-yilda Buxoroga kеlgan ingliz ekspeditsiyasi boshlig`ini
aniqang.
A) U.Murkford B) A.Byorns
C) F.Bеrg D) J.Abbot
14. Qachon Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz
missiyasi Buxoroga keldi?
A) 1830-yil B) 1831-yil C) 1832-yil D) 1833-yil
15. A.Byorns o`zini qayerlik savdogar deb tanitgan?
A) arman B) hind C) afg`on D) turk
16. Qachon Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatarni
boshladi?
A) 1835-yil B) 1839-yil C) 1841-yil D) 1845-yil
17. Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf
solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. … ana
shunday omil bo‘la olardi.
A) O‘rta Osiyoni egallash
B) Hindistonni bosib olish
C) Usmonli davlati bilan birlashish
D) O’rtayer dengiziga harbiy kema yuborish
18. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
1. Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham
ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari
haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida,
uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli
davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini
ham ma’lum qildi.
2. Amir Haydarning ruslardan chorva mollari boqishga ajratiladigan
yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo
karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi.
3. Amir Nasrulloning ruslardan tog‘-kon mutaxassislari yuborish
to‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan
savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga
uchradi va
muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga
qaytib ketdi.
4. Polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya
elchilari kelganda Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul
qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga
ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi.
5. XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya
o‘rtasida O‘rta Osiyoda raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki
mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi
mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy
xomashyo manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5
19. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga
tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga
inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi?
A) Amir Nasrullo B Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
20. Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk
Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi?
A) Murkford B) A. Byorns
C) J. Abbot D) R. Kanolli
Do'stlaringiz bilan baham: