1
8-SINF O’ZBEKISTON TARIXI TEST.
1-mavzu.
1. VIII sinf ,,O‘zbekiston tarixi“ darsligi Vatanimizning qaysi
davrigacha bo’lgan tarixi haqida bilim beradi?
A) XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha
B) XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha
C) XV asrdan XIX asr o‘rtalarigacha
D) XVI asrdan XX asr o‘rtalarigacha
2. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi
B) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda
shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab
chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida
erishilgan ulkan yutuqlarni saqlab qola olmadilar
C) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat
hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt
(udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy
hokimiyatning zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining
kuchayishiga, siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga olib kcldi
D) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi
3. Qachondan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb ataluvchi geografik
hudud tilga olinadi?
A) X asr B) XI asr C)XII asr D) XIII asr
4. Qanday manbalarda XI asrdan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb
ataluvchi geografik hudud tilga olinadi?
A) arab va fors B) arab va turk
C) turk va uyg`ur D) fors va arman
5. Dashti Qipchoqning gеоgrafik hududini aniqlang?
A) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy
yonbag`irlaridan Don daryosining quyi oqimiga qadar
B) Sirdaryoning o`rta oqimi va Tyanshanning shimoliy
yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar
C) Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning g`arbiy
yonbag`irlaridan Dunay daryosining o`rta oqimiga qadar
D) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy
yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar
6. Qaysi daryo Dashti Qipchoqni sharqiy va g`arbiy qismlarga ajratib
turgan?
A) Ural B) Itil C) Don D) Dunay
7. Dashti Qipchoq aholisi rus manbalarida qanday nomda atalgan?
A) kumanlar B) pоlоvеslar
C) qipchoqlar D) qora bo`rk
8. Dashti Qipchoqning ………qismi aholisi o`zbeklar deb atalgan
A) shimoliy B) sharqiy
C) g`arbiy D) janubiy
9. Dashti Qipchoq aholisi Vizantiya manbalarida qanday nomda
atalgan?
A) kumanlar B) pоlоvеslar
C) qipchoqlar D) qora bo`rk
10. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida qanday nomda
atalgan?
A) kumanlar B) pоlоvеslar
C) qipchoqlar D) qora bo`rk
11. Qachon Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning
katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O'rda xonligiga asos soldi?
A) 1243-yilda B) 1236-yilda
C) 1240-yilda D) 1229-yilda
12. Oltin O'rda xonligiga qaysi hududlarini o‘z ichiga olgan?
1. Xorazm, Shimoliy Kavkaz
2. Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq
3. Qrim va G‘arbiy Sibir
4. Sibir va Astraxan
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3
13. Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo‘lgan hukmdori
Davlatshayx qachon vafot etgan?
A) 1420-yilda B) 1445-yilda
C) 1430-yilda D) 1425-yilda
14. Quyidagilar orasidan xatolik mavjud javobni aniqlang?
A) Oltin O'rda xonligiga Rus davlati o‘lpon to‘lab turgan
B) Oltin O‘rda Jo‘jixonning o‘g‘illari o‘rtasida uluslarga bo‘linishi
natijasida, Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo‘jixonning beshinchi
o‘g‘li Shaybonga teggan
C) Abulxayrxon Davlatshayxning ukasi edi
D) Abulxayrxonni taxt uchun kurashda ulusdagi doimiy nizolardan
aziyat chekayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar
qo‘llab-quvvatladilar
15. Qachon Abulxayrxon ,,O‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos
soldi?
A) 1428-yilda B) 1431-yil
C) 1435-yilda D) 1439-yilda
16. “O‘zbek ulusi” tashkil topganda davlatning poytaxtini aniqlang?
A) Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Sig’noq shahri
B) Janubi-sharqiy Sibirdagi Tura shahri
C) Shimoliy Kavkazdagi Suza shahri
D) Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri
17. Abulxayrxon qachon o‘z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb
e’lon qildi
A) 1431-yilda B) 1430-yilda
C) 1425-yilda D) 1446-yilda
18. Abulxayrxon 1446-yilda bosib olgan hududlar to`g`ri bеrilgan
javobni aniqlang.
1. Sig`noq 2. Оqqo`rg`оn 3. Arquq
4. O`zgan 5. Suzoq 6. Xo`jand
A) 1,2,4,6 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5,6
19. 1446-yilda Abulxayrxon o`z davlatining poytaxtini qayеrga
ko`chirdi?
A) Oqqo`rg`on B) Suzoq C) Sig`noq D) Tura
20. Abulxayrxonning xotini Robiya Sulton bеgim kimning qizi edi?
A) Sulton Abu Said B) Husayn Boyqaro
C) Mirzo Ulug`bеk D) Muzaffar Mirzo
21. 1451-yilda Abulxayrxon qaysi tеmuriyzodaning Samarqand
taxtini egallashiga yordam bеrish bahonasida Movarounnahrga
yurish qiladi?
A) Sulton Ali Mirzo B) Sulton Ahmad
C) Abu Said Mirzo D) Sulton Mahmudxon
22. Abulxayrxon qachon vafot etdi?
A) 1460-yilda B) 1465-yilda
C) 1468-yilda D) 1470-yilda
23. Qachon Abulxayrxon tuzgan davlat parchalanib ketdi?
A) 1460-yilda B) 1465-yilda
C) 1468-yilda D) 1470-yilda
24. Muhammad Shayboniyxon kimning o`g`li edi?
A) Abulxayrxon B) Shohbudog` Sulton
C) Mahmud Sulton D) Muhammad Mazid tarxon
25. Shohbudog` Sultonning o`g`illari to`g`ri berilgan javobni
aniqlang
A) Mahmud Sulton va Xalil Sulton
B) Shayboniyxon va Mahmud Sulton
C) Mahmud Sulton va Abu Said Mirzo
D) Boysung`ur Mirzo va Shayboniyxon
26. Muhammad Shayboniyxon qachon tug`ilgan?
A) 1451-yilda B) 1455-yilda
C) 1456-yilda D) 1459-yilda
27. Ota-onasidan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniyxon
kimning qo`lida tarbiyalanadi?
A) Boyshayx
B) Muhammad Mazid Tarxon
C) Hojiqozi
D) Qorachabek
28. Quyidagilar orasidan xato ma’lumot sonini aniqlang?
1. Shayboniyxon va Mahmud Sultonga Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan,
Shohbudog’ Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayx otaliq etib
tayinlandi. Shahzodalar o‘z davrining yetuk shaxslari bo’lib
yetishdilar
2. Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana
topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro
madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi.
3. Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana
topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro
madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi.
4. Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar
davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi.
5. Shayboniyxon Amudaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni
ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga
Movarounnahrni istilo
qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi
A) 1 B) 2 C) 3 D) 0