22
3. XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligining aholi sonini
aniqlang?
A) 2 mln B) 3 mln C) 800 ming D) 1 mln
4. Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi
tarmoq edi. Necha foiz aholi shu tarmoqda mehnat
qilardi?
A) 65 B) 95 C) 90 D) 80
5. Sug‘oriladigan yerlarning necha foiziga paxta ekilgan?
A) 65 B) 75 C) 80 D) 85
6. Chorvachilik ham juda rivojlangan. Uning asosini … tashkil
etgan?
A) qo‘ychilik B) yilqichilik
C) tuyachilik D) A,B
7. Mamlakat yaylovlarida necha bosh qo‘y boqilardi?
A) 10 million B) 12 million
C) 14 million D) 15 million
8. Buxoro amirligida yer egaligining qanday turlari mavjud edi?
1. amlok yerlari 2. mulk yerlari
3. vaqf yerlari 4. mulki inju
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
9. Buxoro amirligida davlat yerlarining suvsiz dasht, to`qayzor qismi
kimlarga bo`lib berilgan edi?
A) diniy ulamolarga
B) ko`chmanchi jamoalarga
C) davlat amaldorlariga
D) sayyidlarga
10. Buxoro amirligida davlat yerlarining bir qismi hukmron sulola
a`zolari, yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun
qanday shaklda in`om etilgan?
A) suyurg`ol B) tanho C) jogir D) iqto
11. Buxoro amirligida suyurg`ol egalari qanday majburiyatlarni
bajarishi lozim edi?
A) davlat xazinasiga xiroj to`lashi
B) Oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra, o`z qo`shini bilan harbiy
yurishlarda ishtirok etishi
C) oliy hukmdor topshirig`iga ko`ra, elchilarga ziyofat uyushtrish
D) A va B
12. Buxoro amirligida davlat yerlarini «tanho» shaklidagi in`omga
sazovor bo`lgan kishi ….
A) in`om qilgan yerga egalik qilgan
B) yerga emas, yerdan olinadigan soliqning ma`lum qismiga egalik
qilgan
C) mahalliy aholini boshqarish va shu yerdan olinadigan soliqqa
egalik qilgan
D) in`om qilingan yerga egalik qilgan. Yig`ilgan soliqlarni xon
xazinasiga jo`natgan
13. Amirlikda eng kichik tanho yeri necha tanobni tashkil etgan?
A) 26-60 tanob (3-4 gektar)
B) 36-50 tanob (2-5 gektar)
C) 30-60 tanob (3-5 gektar)
D) 36-60 tanob (3-5 gektar)
14. Ma`lumki, Buxoro amirligidagi xususiy yerlarning bir qismi
davlat xizmati bilan bog`liq bo`lmagan. Bunday yerlar kimlarga
qarashli bo`lgan?
A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga
B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga
C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga
D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan sayyidlarga
15. Buxoro amirligida kimlarga qarashli bo`lgan yerlardan 1/10
qismi miqdorida soliq to`langan?
A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga
B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga
C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga
D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan turklarga
16. Buxoro amirligida qanday yerlar barcha soliqlardan ozod
qilingan?
A) Suyurg`ol yerlari B) Tanho
C) Mulki hur D) Jogir
17. Buxoro amirligida urushda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning
alohida topshiriqlarini bajargani uchun qanday yerlar berilgan?
A) tanho B) suyurg`ol
C) mulki hur D) tiyul
18. Buxoro amirligida vaqf mulklarini quyidagi qaysi lavozim egasi
tasarruf etar edi?
A) mutavalli B) sadr C) muhtasib D) mudarris
19. Buxoro amirligida asosiy soliq qaysi edi?
A) zakot B) qazon puli C) xiroj D) ushr
20. Buxoro amirligida qachondan boshlab xirojning bir qismi pul
bilan yig`iladigan bo`ldi?
A) XVII asr oxiri B) XVIII asr
C) XIX asrda D) XVI asrda
21. Xiroj miqdori hosilning necha qismini tashkil etgan?
A) 2/5 B) 2/3 C) 3/5 D) 1/3
22. Uning miqdori yer haydashga yaroqli har juft ho`kiz hisobidan
kelib chiqib belgilangan. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda?
A) Tanobona B) Qo’sh puli
C) Zakot D) Tutun haqi
23. Bu soliqning miqdori ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga
bog‘liq edi. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda?
A) Tanobona B) Qo’sh puli
C) Zakot D) Tutun haqi
24. Zakot deb ataluvchi soliqning hajmi soliq
solinadigan mol-mulk miqdorining va qiymatining necha foizini
tashkil etgan?
A) 1,5 B) 2 C) 2,5 D) 3
25. Buxoro amirligida zakot solig`iga asosan kimlar tortilgan?
A) chorva mollari egalari
B) savdogarlar
C) chorva mollari egalari va savdogarlar
D) savdogarlar va dehqonlar
26. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul shaklida
olingan?
1.xiroj 2.zakot 3.qo`sh puli 4.tanobona
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
27. Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq - joriy
etilgan va qanday atalgan?
A) To‘la B) Qozon puli
C) Yig’im soliq D) Tutun haqi
28. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
1. Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan tanobona deb atalgan soliq
olingan.
2. Mulk yerlari musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari
tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga
vujudga keltirilar edi.
3. Amirlikda xazinaga eng ko‘p soliq tanho yerlaridan tusha
boshlagan
4. Shuningdek, mang'itlar davrida dehqon jamoalari tugatildi. Uning
o‘rnida ijarachi dehqon shakllana bordi.
5. Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan suv
ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratilganki, ular suvni hatto 4
metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5
Do'stlaringiz bilan baham: