21
11. Amir davlat boshlig‘i sifatida amirlik qo‘shinining oliy bosh
qo'mondoni edi. Undan keyingi o‘rinda vaziri harb (harbiy vazir)
turgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalgan va yana qanday
nom bilan atalgan?
A) To’pchiboshi B) To’pchilashkar
C) Amirlashkar D) Mingboshi
12. Buxoro amirligi qo‘shinida mavjud bo’lgan harbiy unvonlarni
aniqlang.
1. Pansodboshi 2. Yuzboshi 3. Ellikboshi 4. O‘nboshi 5.
Mingboshi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5
13. Buxoro amirligi qo‘shinida Pansodboshi lavozimi egasi … ?
A) Beshyuzboshi B) Garnizon boshlig’i
C) Qurol-yarog’ boshlig’i
D) Mingta askar boshlig’i
14. Buxoro amirligi qo‘shinida ellikboshi lavoozimi yana qanday
atalgan?
A) Pansodboshi B) Dahboshi
C) Panjaboshi D) To’qsoba
15. Buxoro amirligi qo‘shinida о‘nboshi lavoozimi yana qanday
atalgan?
A) Pansodboshi B) Dahboshi
C) Panjaboshi D) To’qsoba
16. Qal’a va qo‘rg‘onlardagi harbiy qism (garnizon) qanday
unvondagi sarkarda tomonidan boshqarilgan?
A) Pansodboshi B) Dahboshi
C) Panjaboshi D) To’qsoba
17. Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy qarorgoh (bugungi til bilan
aytganda, shtab) boshlig'i vazifasi kimga yuklatilgan?
A) Mehtar B) Parvonachi
C) Otaliq D) Naqib
18. Zaruriyat taqozo etganida bir necha polk sardori maqomida (a) va
qo‘shin sarkardasi maqomida (b) harbiy harakatlarga jalb ctilganlarni
aniqlang.
A) a-Naqib, b-Parvonachi
B) a-Dodxoh, b-Parvonachi
C) a-Dodxoh, b-Otaliq
D) a-Otaliq, b-Naqib
19. Qaysi lavozim egasi harbiylarning shariat qoidalariga qanchalik
amal qilayotganliklarini nazorat qilib borgan?
A) qozi askar B) to’qsoba
C) muhtasib D) muftiy askarlar
20. Qaysi lavozim egasi harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyat
ishlarini, ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqqan va ular yuzasidan
hukm chiqargan.
A) qozi askar B) to’qsoba
C) muhtasib D) muftiy askarlar
21. Qaysi lavozim egasi harbiylar ustidan qozi askar chiqargan
hukmning shariatga qanchalik mosligi masalasini tekshirib ko‘rgan?
A) mushrif B) to’qsoba
C) muhtasib D) muftiy askarlar
22. Quyidagi ma’lumotlardan xatosini toping
A) Amirlik muntazam qo‘shini vaqt-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tkazib
turilgan. Ko‘rikni amir, amir ishtirok eta olmaganida qo ‘shbegi
o‘tkazgan
B) Naqiblar harbiy kuchlarni jang maydonida to‘g‘ri taqsimlanishiga
mas’ul bo‘lgan. Naqiblar harbiy yurish paytida qo‘shinning tuzilishi,
qurollanishi va joylashuvi,
uning harakatlanishi hamda urush olib borish borasida yetarli bilimga
ega bo‘lgan. Ayni paytda, qo‘shinning old qismi, orqa qismi va o’ng
hamda chap qanoti, markazi, pistirmalari haqida yetarlicha
ma’lumotga ham ega bo‘lgan.
C) Naqib unvoni o’sha davr Rossiya harbiy
unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeyiga teng bo‘lgan
D) XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek davlatlari, xususan, Buxoro
amirligi qo‘shinining qurol-yarog‘lari sifati past edi.
23. Qachondan boshlab Buxoro amirligida o‘tochar qurol (miltiq va
to‘p) larning salmog‘i oshdi.
A) XIX asrning boshlarida B) XIX asrning o‘rtalaridan
C) XIX asrning oxiridan D) XX asrning boshidan
24. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘pchilar qismi ixtiyorida jami
nechta to‘p bor edi?
A) 50 B) 70 C) 80 D) 100
25. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning
nazoratida bo'lgan?
A) rus va nemis mutaxassislari
B) fransuz va fors mutaxassislari
C) rus va fransuz mutaxassislari
D) rus va fors mutaxassislari
26. Buxoro amirligida to‘plar quyilgan shahar (a), porox
tayyorlangan shaharlarni (b) aniqlang.
A) a- Buxoro, b-Qarshi
B) a- Samarqand, b-Buxoro
C) a- Samarqand, b-Qarshi
D) a- Samarqand, b-Shahrisabz
27. Buxoro amirligida qaysi kasb egalari dorukash deb atalgan?
A) Porox ishlab chiqaruvchi hunarmandlar
B) Qilich yasovchi hunarmandlar
C) Dor yasovchi hunarmandlar
D) Kamon o’qi quyuvchilar
28. Buxoro amirligi qo’shinidagi sarboz va to‘pchi askar uchun
qancha maosh belgilangan?
A) har to’rt oyda bir tilla
B) har uch oyda bir tilla
C) har oyda bir tilla
D) har uch oyda uch tilla
29. Buxoro amirligi qo’shinidagi yuzboshi oyiga qancha maosh
olgan?
A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla
C) olti tilla D) sakson besh tanga
30. Buxoro amirligi qo’shinidagi qorovulbegi oyiga qancha maosh
olgan?
A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla
C) olti tilla D) sakson besh tanga
31. Buxoro amirligi qo’shinidagi panjaboshi (ellikboshi) oyiga
qancha maosh olgan?
A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla
C) olti tilla D) sakson besh tanga
32. Buxoro amirligi qo’shinidagi bosh sarkarda oyiga qancha maosh
olgan?
A) besh yuz tilla B) ikki ming tilla
C) ming tilla D) besh ming tanga
33. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
1. Amirlik askarlari piltamiltiq, to‘pponcha, uzun nayza va egri qilich
bilan qurollantirilgan. Askarlar o'zini o’qdan saqlay olishlari uchun
sovut, temir dubulg‘a bilan ta’minlangan.
2. Kichik kalibrli ,,xitoychi“ deb atalgan to‘p harbiy harakatlar
chog’ida tuyalarning egarlari ustiga mahkam qilib o‘rnatilgan.
3. Harbiy harakatlar chog'ida qo'shinni joylashtirish masalasi sarboz
va to‘pchilarning har bir yuzlik bo‘linmasiga bittadan chodir ajratish
orqali hal etilgan. Qurol-yarog’, o‘q-dori va jang ucbun barcha zarur
anjom-uskunalar manzilga ot-aravalarda yetkazib berilgan.
4. Harbiy harakatlar chog‘ida mansab va unvonidan
qat’i nazar har bir qatnashchiga kuniga bir tilla berilardi. Undan
tashqari, oddiy askar har uch kun uchun bir tanga, o’nboshi har ikki
kun uchun bir tanga, qorovulbegi kuniga ikki tanga va yuzboshi esa
to‘rt tanga qo‘shimcha haq olardi.
5. Ayni paytda, muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli
soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo'lgan askarni,
shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oila a’zolarini
dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan.
A) 1,2,3 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |