“Qissasi Rabg’uziy” asari yuzasidn savol-javob
1Rabg’uziyning otasi Burhoniddin O’g’uz Rabotining qanday mansabida ishlagan ?
qozi
2. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy”ni kimning topshirig’i bilan yozadi ?
Nosiruddin To’qbo’g’a
3. “… yigitlar arig’i, ulug’ otlig’, qutlug’ zotlig’, ezgu xulqlug’, islom yorig’lig’,
mo’g’ul sanilig’, musulmon dinlig’, odamiylar inonchi, mo’minlar quvonchi,
himmati adiz, aqli tengizbeg”,- deb Rabg’uziy kimni ta’riflaydi ?
musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo’g’ul beklaridan birini , Nosiruddin
To’qbo’g’ani
4. Rabg’uziyning turkiy adabiyot sohasidagi kashfiyotlarini toping
payg’ambarlar hayotini, tarixini hikoya qiluvchi turkiy tildagi birinchi asarni
yaratdi ;nasrda birinchi marta dialog qo’lladi ; turkiy tildagi birinchi g’azalni
yaratdi ; turk badiiy nasrining ilk namunasini yaratdi
5. “Qisasi Rabg’uziy”da “arslon mengizlik surati”, “ko’rklug’ sifatlig’ surati”, “tuz
so’zlayur, so’zni uqa” singari sifatlar keltiriladi. Bu sifatlar kimga bag’ishlangan ?
Nosiruddin To’qbo’g’aga
6.”Qisasi Rabg’uziy” qachon yaratilgan ?
hijriy 709 , 1309- 1310
7. “Qisasi Rabg’uziy”da adib nima haqida fikr yuritadi ?
olamning yaratilishi ; tabiat va jamiyat hodisalari ; insoniy munosabatlar
8. “Qisasi Rabg’uziy” da qancha qissa bor ?
72
9. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qissalar asosini qanday voqealar tashkil qiladi ?
tarixiy-ilohiy , real hayotiy voqea-hodisalar
10. “Qisasi Rabg’uziy”dagi voqealar o’z ildizlari bilan nimaga borib taqaladi ?
Qur’on va hadislarga ; insoniyatning yaratilish va rivojlanish tarixiga ; xalq
og’zaki ijodiga
11. “Qisasi Rabg’uziy”dagi “Qisasi Yusuf” ning hajmi qancha ?
salkam yuz sahifa
12. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qissalarning ko’pi qanday boshlanadi ?
qahramon haqidagi muayyan xabar bilan
13. “Dovud haqida”gi qissa “Qisasi Rabg’uziy”dagi qaysi qissa ichida keltirilgan ?
“Qisasi Yusuf”
14. Dovud yalavoch (payg’ambar) qayerlik edi ?
a) Eronlik b) Isroillik s) Iroqlik d) Suriyalik
15. Dovud bilan bog’liq hikoyalarda adib qaysi muammolarga asosiy e’tiborni
qaratadi ?
hunar egalari
16. Mavlo taolo Dovudga qaysi hunarni berdi ?
taqachilik , temirchilik
17. “Dovud haqida”gi qissaning asosiy maqsadi nima ?
halollikka undash , o’z mehnati bilan halol kun ko’rishga undash , boshqalarga
zulm qilmaslikka undash
18. Rabg’uziy hikoyalarida nima yetakchilik qiladi ?
insonparvarlik, yurtparvarlik , insonni komillik darajasiga ko’tarish, axloqiy poklik
, ma’naviy barkamollik sari undash
19. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qaysi hikoyatda til odobi va qalb pokligi alohida o’rin
tutadi ?
“Luqmon va uning xojasi”
20. “Uzum”hikoyatining asosiy qahramoni kim?
shayton
21. “Uzum” hikoyatida nima qoralangan ?
insonlarning mast holda yurishi , o’tkir . ichimliklar ichish
22. “Uzum” hikoyatida “…mal’un” deb ta’riflangan qahramon kim ?
shayton
23. “mal’un” so’zining ma’nosi ?
haydalgan, la’natlangan
24. Shayton uzumni qaysi hayvonlar qoni bilan sug’oradi ?
tulki, yo’lbars, to’ng’iz
25. “Uzum” hikoyatida uzumning urug’ini qaysi qahramon o’g’irlaydi ?
shayton
26. “Uzum” hikoyatida shinni va sirkaning paydo bo’lishi bevosita qaysi
payg’ambar bilan bo’g’liq ekani tasvirlangan ?
Nuh
27. “Qisasi Rabg’uziy” qanday nom bilan mashhur bo’lgan?
“Qisas ul- anbiyoi turkiy”
28. “Qisasi Rabg’uziy”dagi qissalar sujeti , bosh qahramonlar turlicha bo’lsa-da,
ularni bir zot , bir siymo o’zaro birlashtirib turadi . U kim ?
Muhammad alayhissalom
29. “Qisasi Rabg’uziy”dagi birinchi qissa nima haqida ?
dunyoning yaratilishi
30. “Qisasi Rabg’uziy”dagi oxirgi qissa nima haqida ?
Muhammad alayhissalom va uning oilasi, avlodlari haqida
31. “Rum viloyatining odati bor, tevalari beboshlik qilib burunduqlatmasalar,
yangi tushgan kelinlarni keltirib , un tuzub (musiqa chaldirib)
yirlayturlar(kuylatishadi) . Tevalar ularning ovozlariga xushlanib o’zlaridan
kecharlar- ilikka ilinarlar “. Bu parcha kimning asaridan olingan ?
Rabg’uziy
32. “Xalq orasida rasm bor, do’st do’stga safar qilib yonar(qaytar) bo’lsa, bir
hadya ola borurlar”. Bu parcha qaysi asardan olingan ?
“Qisasi Rabg’uziy” “Qisas ul- anbiyoi turkey”
33. “Qisasi Rabg’uziy”da qanday badiiy vositalar uchraydi ?
tashbeh, tanosib ; tazod, tajnis ; takrir, jonlantirish
34. Rabg’uziy asarning, asosan, ta’rif va tavsif o’rinlarida qanday badiiy vositadan
foydalangan ?
sa’j
35. “…ul umri ukush, diydori ko’shish, Azroilga qotishg’an, rizvon birla yanashg’an,
dunyodin qushtek uchg’an, tamug’g’a kirib chiqg’an, Sirotdin yashindek kechg’an,
uchmoh qabug’in ochg’an, o’zi aziz, o’rni adiz, arig’ zotlig’, Axnuh otlig’…..
yalavoch”. Bu qaysi payg’ambar ta’rifi ?
Idris
Do'stlaringiz bilan baham: |