Reja: Nosiruddin Rabg’uziy- turkiy adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#497923
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 mavzu Nosiruddin Rabg’uziy ”Qissasi Rabg’uziy” asari

RABG‘UZIY G’AZALI
Nosiruddin Rabg‘uziy mahoratli nosirgina emas, nozik- tab shoir hamdir. «Qissasi 
Rabg‘uziy»dagi qissa va hikoyatlar orasida o‘nlab she’rlar ham mavjud. Bahor 
vasfiga bag‘ish- langan birinchi o‘zbek g‘azali ham Rabg‘uziy qalamiga man- sub. 
Jumladan, bahor haqidagi she’r shunday boshlanadi: 
Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navro‘zi, 
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi. 


So‘ng olamning go‘zal bir manzara kasb etgani, atrofning, go‘zallashgani 
tavsiflanadi: 
Kun kelu ming ko‘rki ortib tirilur o‘lmish jahon,
Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi. 
…O’rlasa bulutlar gulchirar bog’-u bo’ston, 
Tol yig’ochlar yeng solishur o’ynayutek qo’y- qo’zi. 
…Lola sag’roqin icharda sayrar usrub sanduvach, 
Turna un toritb o’tarda sakrashur baqlan, qo’zi. 
Ko’kda o’ynar, qo’l solishur qug’u, g’oz, qil, qarlug’och, 
Yerda yugurub juft olishur os, tiyna, kish, qunduzi. 
Tol yig’ochlar minbarinda to’ti qush majlis qilur, 
Qumri, bulbul muqri bo’lub un tuzar tun-kunduzi. 
…Huri ayn ujmoh ichinda yeng solib tahsin qiur, 
Yoz uza mundog’ g’azallar aymishdi Nosir Rabg’uziy.
Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi. Muhimi, 
ularda Rabg‘uziyning tasavvur kuchi va ba- diiy mahorati ochiq ko‘rinadi. 
Haqiqatan ham, bu o‘zbek adabiyotdagi ilk g‘azaldir. Rabg‘uziy g‘azalning barcha 
shakliy-badiiy talablarini mu- kammal darajada ado etgan. 
Matla’dan to maqta’gacha navro‘z mavzusi vasf etila- di. Qofiyalarda qo‘llanilgan 
so‘zlar esa turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, 
yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi, juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi. 
O‘zbek adabiyotida maqta’da taxallusni qo‘llash ilk bor Rabg‘uziy ijodida 
uchraydi. Vazn ham yengil. G‘azal uchun turkiy adabiyotda keyinchalik eng ko‘p 
qo‘llangan vazn — ramal tanlab olingan. 
Kun ha-mal-ga kir-di er-sa 
kel-di o-lam nav-ro‘-zi 
- v 
- v — 
- v - - 
- v - 
fo i lo tun 
fo i lo tun 
fo i lo tun 
fo i lun 
Kech-di bah-
man 
zam-ha-rir qish qol-ma-di qo- ri bu-zi 


- v - - 
- v — 
- v - - 
- v - 
fo i lo tun 
fo i lo tun 
fo i lo tun 
fo i lun 
Ko‘rinib turganiday ramal vaznining rukni foilotun ohang- lariga tayanadi. Bir 
baytda bu rukn sakkiz marta qo‘llangani uchun musamman nomini oladi. 
Dastlabki bayt umumiy axborot berishga yo‘naltirilgan: qishning o‘rniga 
bahorning kelishi ko‘rsatilgan. Bunda muallif munosabatining ochiq ifodalanishi 
e’tiborni tortadi. Bahor- ga nisbatan olam navro‘zi ifodasi qo‘llansa, qishga 
nisbatan bahman (ayoz, qahraton, izg‘irin) zamharir (qirovli, qahraton, qattiq 
sovuq) sifatlashlari tanlangan. 
Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasvirini berish keyingi baytda 
ham davom etadi. Bahor osmonida qushlarning ko‘payishi qug‘u (oqqush), g‘oz, 
qil (qilquyruq), qarlug‘och (qaldirg‘och) vositasida ko‘rsatilsa, yerdagi harakatning 
jonlanishi os (oq suvsar), tiyin (olmaxon), kish (qun- duzning bir turi), qunduz 
singari hayvonlar vositasida tasvirlangan. 
Qadimgi turkiy tilda yig‘och so‘zi yog‘och ma’nosidan tashqari, asosan, daraxt 
tushunchasini ifodalagan. Navbatdagi baytda tilga olingan «tol yig‘ochlar 
minbarinda» ifodasi «tol daraxtning minbari (ya’ni shoxlari)da» xuddi shu ma’noni 
tashiydi. Bu baytda bir qator qushlar (to‘ti, qumri, bulbul) ning xonishi-sayrashi 
orqali bahor faslining tarovati yana bir bor ta’kidlanmoqda. 
Bularning barchasi bahor fasli tasvirida shoirning o‘ziga xos yuksak mahoratidan 
dalolat beradi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish