12
Pedagogik ekskursiya jarayoni didaktik tamoyillarga asoslangan bo‗lib,
ekskursantlar ta‘limining mazmuni, tashkiliy masalalari va uslubini belgilaydi.
Bularga ilmiylik, g‗oyaviylik, hayot bilan boliqlik, tizimlilik, oddiylik, foydalilik va
ishonuvchanlik tamoyillari kiradi.
Ekskursiya xizmati madaniy-ta‘limiy ishlarning
shakli sifatida alohida
ahamiyatga ega. Maktablarda ekskursiya dars va ma‘ruza kabi umumta‘limiy faoliyat
turiga bo‗ysunadi. O‗quv jarayonida ekskursiya ta‘lim shakli sifatida ushbu
jarayonning boshqa shakllaridan ahamiyatiga ko‗ra farq qilmaydi, ammo nafaqat
o‗quv maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o‗z
vazifalari va
ishtirokchilarga ta‘siriga ko‗ra pedagogik jarayon hisoblanadi. Barcha pedagogik
jarayonlarda bo‗lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi:
o‗rgatuvchi-gid va o‗rganuvchi-ekskursant. Gid ma‘lum bir mavzu bo‗yicha
bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki tomonning o‗zaro
harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o‗zaro
munosabatda gid pedagogik ta‘sir ko‗rsatish usullarini qo‗llaydi. Gid kasbiy
malakasining tarkibiy qismini pedagogik mahorat, pedagogik san‘at tashkil etadi.
Gidning pedagogik mahoratiga quyidagilarni kiritish mumkin:
mutaxassislik bo‗yicha yetarlicha bilim;
tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati;
ekskursant ruhiyatini tushunish;
guruhni boshqara olish;
pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‗nikmaga ega bo‗lish;
intuitsiya;
ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish;
tarbiya maqsadida pedagogik vositalarni qo‗llay olish va sh.k.
Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlarni
hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish,
hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‗yicha birlashib, jamoaga aylanishini ta‘minlashi
kerak. Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta‘limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham
e‘tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma‘lumotlarini shunday tanlashi va foydalanishi
13
kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‗lgan muhabbat, boshqa millatlar,
ularning urf-
odatiga nisbatan hurmat kabi hislatlar paydo bo‗lsin.
Pedagogik jarayon sifatida ekskursiya xizmatining yana bir vazifasi
ekskursantlarda obyektlarni mustaqil kuzatishi uchun amaliy ko‗nikmalarni
shakllantirishdir. Ekskursiya o‗zining ko‗rgazmaliligi, obyektni ko‗rsatishning turli
usullari, hikoyaning turli shakllari bilan qatnashuvchilarni faollashtiradi.
Gid pedagogik jarayonning davomi sifatida ekskursiya jarayoni yakunida
ekskursantlar bilimini mustahkamlash maqsadida mustaqil shuullanishlari uchun
adabiyotlar ro‗yxati, kinofilmlar ro‗yxati, boshqa ekskursiyalar
nomi kabilarni
tavsiya etadi. Gidning pedagogik faoliyatida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Ekskursiya jarayoniga gid va guruhni tayyorlash;
Ekskursiya xizmatini o‗tkazish;
Ekskursiya xizmati ma‘lumotlarini mustahkamlovchi ekskursiyadan
keyingi ishlar.
Gid pedagogika- psihologiya asoslaridan ham xabardor bo‗lsa maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Pedagogik- psihologiya ta‘lim va tarbiyaning psihologik
muammolarini o‗rganadi. Gid pedagogikaning asosiy talablarini o‗rganib,
auditoriyaga bilimlarni yetkazishning
samarali shakllarini, ta‘lim va tarbiya
vositalarini qo‗llaydi. Ta‘lim va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya
xizmatining negizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga
o‗rgatish va tarbiyalash,
shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllantirishga yordam
berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: