28
Faol hayotiy qarashlar
– shaxsning jamiyat hayotiga qatnashishidir. Shaxsning
hayotiy qarashlari uning jamiyat, mehnat, davlat va xususiy mulkka,
boshqa
shaxslarga va o‗ziga bo‗lgan munosabatida namoyon bo‗ladi. Shaxsning hayotiy
qarashlari faolligini baholashda barcha jamoaviy, mehnat, oyaviy – ommaviy faollik
turlari inobatga olinadi.
Gidni ijobiy tavsiflovchi bilimi, malakasi, ko‗nikmasi
eng avvalo, unga
topshirilgan ishni bajara olishi qobiliyatiga asoslangandir. Gidlarni o‗qitish
jarayonida uslubchilar ularning yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashi, referat
yozishi, kurslarda ma‘ruza o‗qishi, marshrutlarda ekskursiya o‗tkazishi, uslubiy
yo‗riqlarni tanlashi kabi ishlarni qila olishi uchun zaruriy
qobiliyatlari mavjudligini
inobatga olishadi.
Gidning asosiy faoliyati ekskursiya xizmatini tayyorlash va o‗tkazishdir.
Ekskursiya xizmati tayyorlash 3 qismga bo‗linadi:
1.
Individual matnni tayyorlash;
2.
Metodik ishlanma talablarini eslab olish;
3.
Marshrutni yodda tutish.
Ekskursiya xizmatiga tayyorgarlik ko‗rish jarayonida gid o‗z-o‗zini tekshirishi
uchun taxminan quyidagi savollarga javob izlaydi: Obyekt oldida mavzuning
rejalarini yoritishda hikoyani nimadan boshlayman? Qanday qilib ko‗rish orqali
rekonstruksiyalash usulini yaxshiroq qo‗llashim mumkin? Gid mavzuni qay darajada
o‗zlashtirib olganidan qat‘iy nazar, u har safar tayyorgarlik ko‗radi.
Tayyorgarlik
bosqichining muvaffaqiyati gid shaxsiyatining individual xususiyatlariga, ya‘ni
zaruriy ishlarni bajarishdagi tezkorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga boliq.
«Tayyorgarlik» tushunchasiga ruhiy tayyorgarlik ham kiradi. Bunda o‗z bilimiga
ishonish, ya‘ni ekskursiya xizmatini yuqori saviyada o‗tkazishiga, ekskursantlar
ko‗rganidan va
eshitganidan mamnun, xursand bo‗lishiga ishonchidir.
Har bir pedagogda xos bo‗lgani kabi gidga ham 4 turdagi qobiliyat xosdir:
konstruktivlik
tashkilotchilik
kommunikativlik
29
tahlil qilish.
Konstruktivlik
qobiliyati ekskursiya xizmati ma‘lumotlarini tanlash va to‗ri
rasmiylashtirish, uni tushunarli va ishonchli yetkazish, zaruriy hollarda ekskursiya
rejasini, uslubiy yo‗riqlardan foydalanish tartibini qayta ko‗ra olish kabilarda o‗z
ifodasini topadi va gid fikrlash qobiliyatining asosi hisoblanadi.
Tashkilotchilik
qobiliyati ekskursiya guruhini boshqara olish,
ularning
e‘tiborini kerakli obyektga yo‗naltirish, turistlar va ekskursantlar uchun tasdiqlangan
dasturlardagi xizmatlarning bajarilishida o‗z ifodasini topadi.
Kommunikativlik
qobiliyati ekskursiya guruhi bilan ishlaganda o‗zaro iliq
munosabat o‗rnatish, ekskursiya xizmati davomida ushbu muhitni saqlash, marshrut
jarayonida avtobus haydovchisi, ko‗rgazma,
muzey ishchilari, uslubiy to‗garak
rahbarlari, boshqa gidlar, turistik guruh rahbarlari bilan o‗zaro to‗ri munosabat
o‗rnatish jarayonida namoyon bo‗ladi.
Tahlil qilish
qobiliyati o‗z ishini tanqidiy tahlili, o‗tkazgan ekskursiya xizmati
sifatini, metodik usullarni qo‗llashning samardorligini obyektiv baholashida namoyon
bo‗ladi.
Ta‘kidlab o‗tilgan qobiliyatlar hamma gidlarga ham uchramaydi. Gid
qobiliyatini rivojlantirishda kurslardagi o‗qishlar, uslubiy to‗garaklardagi ishlar,
obyektlar oldidagi mustaqil mashulotlar, ekskursiyani o‗tkazish uslubi va texnikasini
chuqur o‗rganish muhim rol o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: