Statik biokimyо



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/93
Sana16.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#497856
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

SPORT BIOKIMYОSI 
 
MUSKULLAR BIOKIMYOSI 
Nazariy tushuncha: 
Odam tanasidagi muskullarning asosiy vazifalari qisqarib va bo’shashib ma‘lum 
harakatni amalga oshirishdir. Bu jarayon ancha murakkab bo’lib o’z ichiga ularning aksonlari
muskullar, suyaklar, bo’g’im va paylarni oladi va ular majmuasi harakat apparati deb ataladi. 
Harakat apparatidagi mоtoneyronlar, ularning aksonlari haqida yuqorida qisqacha gapirib o’tgan 
edi. Endi muskullarning o’ziga xos fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari haqida to’xtalamiz. 
Muskullar kimyoviy energiyani to’g’ridan-to’g’ri mexanik va issiqlik energiyalariga 
aylantira oladigan to’qimalar hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar va odamda tananing ko’ndalang-
targ’il muskullari, yurakning ko’ndalang-targ’il muskullari, ichki a‘zolar, qon tomirlari va 
terining silliq tolali muskullari bir-biridan farqlanadi. Tananing ko’ndalang-targ’il muskullari 
deb dastavval tana va uning qismlarini fazoda va bir-biriga nisbatan harakatini, ko’z harakatlari, 
chaynash kabi faoliyatlarini inson idrokiga bo’ysungan holda amalga oshiriladi. 
Yurak muskullari tuzilishiga ko’ra ko’ndalang-targ’il tolali muskullarni eslatadi
qisqarishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. 
Barcha ichki a‘zolar, qon tomirlari va terida silliq tolali muskullar bo’lib ularning 
qisqarishi kishi ixtiyorida emas. 
Ko’ndalang-targ’il tolali muskullar uzunligi 10-12 sm, ko’ndalang kesimi 0,1-0,01 mm 
keladigan yuzlab va minglab muskul tolalaridan iborat. 
Muskul tolasi murakkab tuzilishga ega bo’lib, har bir tola tashqi tomondan sarkolemma 
(sarkos-go’sht, lemma-teri, po’st) po’sti bilan o’ralgan. 
Muskul tolasining po’sti ichida sarkoplazma va boshqa hujayralardan farqli ravishda bir 
qancha yadrolar bo’ladi. Yana sarkoplazmada mitoxondriyalar va qaysikim energiya 
almashinuvida muhim ahamiyat kasb etadi va juda ko’p miofibrillar (mio-muskul, fibrilla - 
tanachalar) bo’ladi. Miofibrillarning diametri 1 mikron atrofida, bitta muskul tolasida minglab 
miofibrillar mavjud. Har bir miofibrilla esa o’z navbatida yanada kichik ipchalar - 
protofibrillardan tashkil topgan. Protofibrillar ikki xil oqsillar, nisbatan kalta va yo’g’on 
miozinlardan hamda nisbatan uzun va ingichka aktinlardan iborat. Bu oqsillar muskullarning 
asosiy qisqaruvchi elementi bo’lib hisoblanadi. Ular geksagonal tipda taxlangan, ya‘ni bitta 
miozin oqsilining atrofida oltita aktin oqsillari joylashgan va bitta aktin oqsili uchta miozin va 
uchta aktin oqsil iplari bilan o’ralgan. Muskul qisqarishi aktinning miozinlar orasiga sirg’alib 
kirishi tufayli ro’y beradi, bo’shashish esa aktinning miozinlar orasidan chiqishidir. Miozin va 
aktin oqsillarining mana shunday sirg’alib harakat qilishi ma‘lum energiya sarflanishi bilan 
amalga oshiriladi. Bu energiya adenozin uchfosfat kislotaning (ATF) parchalanishidan ajraladi 
va miozin oqsili tomonidan o’zlashtiriladi. Miozinning bunday faol holga o’tishida muskul 
qo’zg’alishi sodir bo’ladi. 
Muskul tolalari uch xil xususiyatga ega, ya‘ni qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik va 
qisqaruvchanlik. 
Qo’zg’aluvchanlik - muskul tolasi funktsional holatining xarakterlovchisi. Muskulning 
qo’zg’aluvchanligi o’zgaruvchan xususiyatga ega, masalan razminka qilguncha muskullarda u 
past bo’lsa, razminkadan keyin ko’tariladi, charchash yuzaga kelishi bilan qo’zg’aluvchanlik 
pasayadi.
O’tkazuvchanlik - muskullardagi muskul tolalari bo’ylab nerv impulsining (harakat 
potentsialining) siljishidir. Odamning ikki boshli muskulida harakat potentsiallarining tarqalishi 
3,5-5,0 m/sek tashkil qiladi.
Qisqaruvchanlik - muskullarning qisqarish xususiyati. Bu - tolalarda hosil bo’lgan 
qo’zg’alishga nisbatan javob reaktsiyadir. Qisqaruvchanlik ham qo’zg’aluvchanlik kabi 
o’zgaruvchan ko’rsatgich, muskulning funktsional holatiga ko’ra kuchayishi yoki pasayishi 
mumkin.


Tanadagi har bir muskullarning harakat birliklaridagi muskul tolalari soni turlicha, agar 
ko’z soqqasi muskulida bu son 10 atrofida bo’lsa, boldir muskullarida 2000 ga yaqin. Muskullar 
bajaradigan harakat qancha nafis va aniq bo’lsa, undagi har bir harakat birligiga taalluqli muskul 
tolalari shuncha kam bo’ladi. Bir harakat birligidagi muskul tolalari bir yo’la birdaniga qisqarish 
xususiyatiga ega. 
Harakat birliklarining tarkibidagi muskul tolalari tez va sekin qisqaruvchi bo’ladi, shunga 
ko’ra tez va sekin qisqaruvchi harakat birliklari farqlanadi. Tez qisqaruvchilari 10-30 mskda 
qisqarsa, sekin qisqaruvchilarida 100 m.sekund vaqt talab qilinadi. Aniq va tez harakat qiluvchi 
muskullar (ko’z soqqasi muskullari) tez qisqaruvchi harakat birliklari bilan ta‘minlangan. Odam 
tanasining muskullari tez va sekin qisqaruvchi muskullar aralashmasidan iborat. Shuning uchun 
bu muskulning o’zi ham tez ham sekin qisqarib bajariladigan ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Muskul qisqarishining biokimyosi muskul tolasining qo’zg’alishi bilan uning 
membranasida yuzaga kelgan harakat potentsiali bir qator kimyoviy o’zgarishlarga olib keladi va 
bu o’zgarishlar oqibatida mexanik reaktsiya sifatida ro’y beradi. Muskul tolasi membranasidagi 
harakat potentsiali bilan miofibrillaridagi mexanik reaktsiya orasidagi bunday aloqa Ca
+2
ionlari 
yordamida amalga oshiriladi.
Muskul qo’zg’alganidan keyin Ca
+2
membranadan chiqib miofibrillarga yaqin keladi. 
Qisqaruvchi oqsil miozin yana ferment xususiyatiga ham ega. U muskul tolasi qo’zg’almay tinch 
turganida ferment sifatida nofaol bo’ladi. Ca
+2
ta‘siri bilan miozinning fermentlik faolligi 
kuchayadi va adenozinuchfosfor kislotasini (ATF) parchalay boshlaydi. Buning natijasida 
ajralgan energiya hisobidan miofibrillar qisqara boshlaydi, ya‘ni aktin oqsillari miozin oqsillari 
orasiga sirpanib kiradi. Aktin va miozinlarning bir-biridan sirpanib chiqishi esa (bo’shashish) 
Ca
+2
ning miofibrillardan uzoqlashishi bilan ro’y beradi. 
ATF muskul qisqarishida parchalanib energiya beradigan asosiy manba. Lekin uning 
zahirasi muskullarda juda oz, shuning uchun u doim qayta tiklanishi yoki resintezlanib turishi 
kerak. 
ATF ning resintezi esa ADF ga (ATF parchalanishining mahsuloti) bir molekula fosfor 
kislotaning birikishi tufayli sodir bo’ladi. Ammo bunday reaktsiya ma‘lum miqdordagi 
energiyani talab qiladi, u karbonsuv yog’ yoki oqsilning parchalanishidan hosil bo’ladi. Bu 
moddalarning parchalanishi esa tegishli fermentlar ishtirokida bo’ladi. ATF ning resintezi 
anaerob aerob yo’llar bilan amalga oshiriladi. 
Anaerob yo’l bilan ATF resintezi dastavval kreatinfosfat kislotasi orqali, undan fosfat 
kislotasining ATF ga o’tishi bilan bo’ladi. Lekin muskullarda kreatinfosfat kislotasining zahirasi 
ham ko’p emas. Shuning uchun karbonsuvlarning glyukoza, glikogen anaerob yo’l bilan 
parchalanishi ATF resintezini davom ettiradi (bu moddalar zahirasi tanada anchagina). 
Karbonsuvlarning bunday parchalanishi sut kislotasi kabi moddalarni ko’paytirib organizm ish 
qobiliyatini oxir oqibatda pasayib ketishiga olib keladi. 
Aerob yo’l bilan ATF ning resintezi karbonsuvlar, yog’lar va oqsillarning kislorod 
ishtirokida parchalanib CO
2
va suv hamda tegishli energiya ajralishi bilan xarakterlanadi. Bu 
yo’l bilan ATF resintezi eng unumli, chunki 1 molekula glyukozaning aerob usul bilan 
parchalanishidan ajralgan energiya hisobidan 38 molekula ATF hosil bo’lsa, shu miqdordagi 
glyukozaning anaerob parchalanishidan ajralgan energiyadan 3 molekula ATF hosil bo’ladi, 
xolos. Aerob parchalanishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu jarayon bo’lib turishi 
uchun tanaga yetarli miqdorda O
2
kerak. 
Muskullarda issiqlik hosil bo’lishi yuqorida ko’rib o’tganimizdek muskullarda elektr 
energiyasining kimyoviy energiyaga, kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanishi 
energiya almashinuvi majmuasiga kiradi. 
Energetik jarayonlar har doim ham issiqlik ajralib chiqishi bilan xarakterlanadi. Issiqlik 
dvigatellarida kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanishi uchun albatta orada issiqlik 
hosil bo’lishi kerak, ya‘ni kimyoviy modda yonib issiqlikka aylanadi va u o’z navbatida mexanik 
energiyaga aylanadi. Muskullarda esa kimyoviy energiya bevosita mexanik energiyaga aylanadi, 
shuning uchun ham muskullarni kimyoviy dvigatel deyish mumkin. Lekin shunga qaramasdan 


muskullar faoliyatida issiqlik hosil bo’lishi kuzatiladi (muskullardagi tolalarning harakati tufayli 
yuzaga keladigan ishqalanish va kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanishida sodir 
bo’ladigan bir qism energiyaning issiqlik energiyasi ko’rinishida yo’qotilishi natijasida). 
Muskullarda hosil bo’ladigan issiqlik tana haroratini maxsus nuqtada ushlab turishi uchun 
ahamiyatlidir 
Muskullarning charchashi deganda ma‘lum miqdorda ish bajarishiga aytiladi. Charchash 
rivojlanib borishi bilan muskul ta‘sirotga javob bermay qo’yadi, buni to’liq charchash deb 
ataladi. Muskul charchaganda uning qo’zg’alish latent davri uzayadi, yana muskulning qisqarish 
va ayniqsa bo’shashish davri davomli bo’ladi. Kuchli charchash sodir bo’lganida muskul to’liq 
bo’shashmay qoladi (dastlabki uzunligiga qaytmaydi). Gistokimyoviy va elektrofiziologik 
tekshirishlar yo’li bilan shu narsa aniqlanganki, nerv – muskul preparatida charchash alomatlari 
dastavval nerv – muskul sinapslarida kuzatilar ekan, ularda qo’zg’alish o’tmay qoladi. Keyingi 
navbatda muskul va oxirida nerv tolalarida charchoq paydo bo’ladi. 
Silliq muskullar ichki a‘zolar, qon tomirlari va teri muskullari bo’lib, ular nisbatan sekin, 
kuchsiz, lekin davomli qisqarish xususiyatlariga ega. Ularning faoliyati vegetativ nerv tizimi 
orqali idora qilinadi. Silliq muskul tolasida bitta yadro bo’ladi. 
Silliq muskullar plastiklik xususiyatiga ega, agar ko’ndalang targ’il muskullar yuk bilan 
cho’zilib u olinganidan keyin darhol qisqarib oldingi holiga qaytsa, silliq tolali muskullar bu 
holatda uzoq vaqt qolib ketadi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish