Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


III. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

III. Ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar. 
Ijtimoiy sug`urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: 
1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo`yicha mehnatga haq 
to`lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar. 
2. Nodavlat pensiya jamgarmalariga, ixtiyoriy tibbiy sug`urtaga va ixtiyoriy 
sug`urtaning boshqa turlariga ajratmalar. 
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan 
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. 


127 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib 
chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), 
lizing bo`yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga 
kiradi. 
2. Ishlab chiqarish ahamiyat iga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har 
oyda Xo`jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali 
foydalanish muddatidan (biroq xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan 
ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga 
tegishli bo`ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo`lmagan 
nomoddiy aktivlar bo`yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq 
xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. 
V. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi 
kompleks moddalari 
I, II, III, IV –
bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari 
bo`yicha ajratiladi. 
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish xarajatlari: 
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg`i, energiya, instrument, 
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta`minlash xarajatlari; 
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik 
ko`rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish 
vositalarini barcha turda (joriy, o`rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo`jalik 
yurituvchi subyektning o`z kuchi bilan o`tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining 
tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to`lash xarajatlari va 
boshqalar) bo`yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. 
Zarurat bo`lganda ayrim tarmoqlarning xo`jalik yurituvchi subyektlari 
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish 
ishlarini o`tkazish uchun mablag`lar zahirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu 


128 
zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida 
aks ettiriladi va ko`zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har 
bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. Zahiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko`rib 
chiqiladi va zarur bo`lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori 
ko`paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira 
mablag`lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar 
summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo`yicha tuzatish kiritilishi kerak: 
agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa 
«Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi. 
- yong`indan saqlash va qo`riqlashni hamda xo`jalik yurituvchi subyektlarni 
texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar 
bilan ta`minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. 
Idoradan tashqari, qo`riqlash xarajatlari bunday qo`riqlash mavjud bo`lishini 
talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo`lgan taqdirda 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. 

ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo`lgan asosiy vositalarni joriy 
ijaraga olish bilan bog`liq xarajatlar; 

tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan 
foydalanish bilan bog`liq joriy xarajatlar, jumladan, ifloslantiruvchi moddalarni 
yo`l qo`yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik 
uchun to`lovlar; 

ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutil-
gan mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta`minlash xarajatlari; 

xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan 
bog`liq bo`lgan sog`likni muhofaza qilish tadbirlari; 

tekin ko`rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar 
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo`jalik yurituvchi subyekt xodimlariga 
beriladigan tekin uy-joy haqini to`lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal 
xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi). 


129 

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foyda-
lanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, maxsus 
ovqatlar, yoki ular pasaytirilgan narxlar bo`yicha sotilishi munosabati bilan 
imtiyozlar summasi); 

ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lgan boshqaruvning texnik vosita-
larini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik 
vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat ko`rsatish xarajatlari; 

qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo`lgan xodimlarni 
tibbiy ko`rikdan o`tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to`lash. 
2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga 
tegishli bo`lgan xizmat safarlariga yuborish bo`yicha normalar doirasida va ulardan 
ortiqcha xarajatlar. 
3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy 
sug`o`rta qilish xarajatlari. 
4. Brak tufayli kelib chiqadigan yo`qotishlar. 
5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko`ra bekor turishlar tufayli 
yo`qotishlar. 
6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va 
ularga kafolatli xizmat ko`rsatish xarajatlari. 
7. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari. 
8. Ishlab chiqarish jaroxatlari tufayli mehnat qobiliyati yo`kolishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz 
to`lanadigan nafaqalar. 
9. Umumiy foydalaniladigan yo`lovchilar transporti xizmat ko`rsatmaydigan 
yo`nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog`liq 
xarajatlar. 
Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi strukturasi degan muhim 
tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun 
sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini ko`rsatadi. Odatda, struktura 
foiz hisobida o`lchanadi. 


130 
Tannarx strukturasi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab 
chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog`liqdir. 
Mahsulot tannarxining strukturasi o`zgarmas miqdor hisoblanmaydi. 
Sanoatning o`sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, 
asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining 
o`zgarishi, iste`mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport 
tariflarining o`zgarishi bilan mahsulot tannarxi strukturasi ham o`zgaradi. 
Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy o`rin tutishiga qarab, 
sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi – ko`p mehnat, ko`p material, ko`p 
energiya, ko`p mablag` talab qiladigan bo`ladi.
Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog`i eng katta 
bo`lgan ishlab chiqarish tarmog`i ko`p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi 
(ko`mir sanoati, yog`och tayyorlash sanoati va boshqalar). 
Xom-ashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog`i eng katta 
bo`lgan ishlab chiqarish tarmogi ko`p material talab qiladigan tarmoq hisoblanadi 
(engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik). 
Xarajatlarning ko`p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun 
sarflanadigan tarmoqlar ko`p mablag`lar talab qiladigan tarmoqlarga kiradi 
(masalan, neft` va gaz qazib chiqarish, gidroelektrostantsiyalarda elektr energiyasi 
ishlab chiqarish). 
Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx struktura-
sini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab chiqarishda yuz 
beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o`rganish, ishlab chiqarishdagi 
chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo`llarini belgilashga imkon beradi.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish