222
Naqd pullar harakati bankdan boshlanadi, ular bankdan chiqib korxona va
tashkilotlarning kassalariga kelib tushadi. Korxona va tashkilotlar
esa bu pullarni
ish haqi, stipendiya, nafaqa va boshqa to`lovlar sifatida kishilarga to`laydilar.
Kishilar o`z navbatida bu pullarga tovarlar sotib oladilar, o`zlariga ko`rsatilgan
xizmatlar haqini to`laydilar. Bu pullar yana savdo va xizmat ko`rsatuvchi
korxonalar kassalariga kelib tushadi. Ular esa naqd pul tushumlarini o`zlariga
xizmat ko`rsatuvchi bankka topshiradilar. Naqd pullar
harakati ana shu tarzda
yakunlanadi va yangidan boshlanadi. Bu hol to`xtovsiz takrorlanaveradi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar
deganda, pul mablag`larining bankdagi bir
hisob raqamidan boshqa hisob
raqamiga naqd pul ishtirokisiz, faqat hujjatlar
asosida o`tkazish tushuniladi. Odatda, naqd pulsiz hisob - kitoblarni ko`pchilik
«pul ko`chirish» yoki «pul o`tkazish» deb tushunadi.
Boshqacha qilib aytganda, pul mablag`lari
mahsulot sotib oluvchining
bankdagi hisob raqamidan mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga
o`tkaziladi. Ya`ni, birinchi hisob raqamidagi mablag`lar kamaytiriladi,
ikkinchisidagi esa ko`paytiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar naqd pul muomalasiga
nisbatan quyidagi
afzalliklarga
ega:
-
korxonalar, tashkilotlar va xo`jaliklarning naqd pulga bo`lgan ehtiyoji
keskin qisqaradi;
-
naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish naqd puldan foydalanishga
nisbatan arzonga tushadi;
-
pul mablag`larining xavfsizligi ta`minlanadi;
-
pul harakati tezlashadi;
-
hisob-kitoblar banklar orqali
amalga oshirilishi tufayli, ularning
qonuniyligini nazorat qilish imkoniyati tug`iladi va boshqalar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillar (prinsiplar) asosida
tashkil etiladi:
1.
Barcha korxona, tashkilot va xo`jaliklar banklarda o`z hisob raqam
(schyot) larini ochishlari va mablag`larini shu hisob raqamlarida saqlashlari shart.
223
2. Barcha hisob-kitoblar faqat banklar orqali amalga oshiriladi.
3. Tovarlar va xizmatlar uchun to`lovlar pul egasining roziligi bilan amalga
oshiriladi.
4. To`lovlar pul to`lovchining o`z mablag`lari yoki bankdan olgan krediti
hisobidan amalga oshiriladi va boshqalar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha
shakllarda amalga oshirilib, amalga
oshirishda ko`llaniladigan hujjatlar naqd pulsiz hisob-kitob shakllari xisoblanadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
▪
To`lov topshiriqnomasi bo`yicha hisob-kitoblar
▪
To`lov talabnomasi bo`yicha hisob-kitoblar
▪
Inkasso topshiriqnomasi bo`yicha hisob-kitoblar
▪
Akkreditiv bo`yicha hisob-kitoblar
▪
Hisob-kitob cheki bo`yicha hisob-kitoblar
Do'stlaringiz bilan baham: