UTV. Kompьyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar
. PPT. «SHarhlovchi ma’ruza ».
Gidravlik transport kar’erlarda ochish ishlarida ќam va foydali qazilmani qazib olish ishlarida
ќam qo’llaniladi. Gidrotransport yordamida qoplama tog’ jinslari ag’darmaga, foydali qazilmalar
esa boyitish fabrikasiga tashiladi. Bundan tashqari gidrotransport qurilmalari foydali qazilmani
karьer yoki shaxtadan bir necha o’n km uzoqlikda joylashgan isteьmolchilarga yetqazishda xam
qo’llaniladi.
Karьerlarda gidrotransport ekskavator yordamida yuklash va tog’-jinsini gidravlik (monitor)
usul yordamida ajratib olish kompleksida qo’llanilishi mumkin.
Karьer gidrotransport qurilmalarini qo’llash va ularning ishlash printsipi bo’yicha ikki
guruxga ajratish mumkin: bosimli va o’zi oqar transport. Bosimli gidrotransportda mexaniq
agregatlar yordamida (nasoslar) yuqori bosim ќosil qilinadi, tashish esa quvurlar yordamida amalga
oshiriladi. Uzi oqar gidrotransportda esa aralashmali oqim atmosfera bosimida qiya tarnovda (kanal,
tarnov, kanav yoki ariqcha) va ayrim ќollarda quvurlar bo’ylab ќarakatlanadi.
Tashilayotgan tog’ jinslari fizik-mexanik xususiyatlari bo’yicha turli tuman bo’lishi
mumukin. Aralashmadagi qattiq bo’lakchalar qum, loy, lyoss, supes, graviy, mayda tosh, ko’mir,
maydalangan ruda va boshqalar bo’lishi mumkin. Bu bo’lakchalarning eng kata o’lchami 100-150
mm, ayrim xollarda bundan ham kattaroq bo’lishi mumkin.
12.1-rasmda karьerlarda qo’llaniladigan gidrotransport qurilmalarining namunaviy
sxemalari keltirilgan. 1-sxemada gidroaralashma markazdan qochma nasos (zemlesos, uglesos)
yordamida zumpfdan so’rib olinib quvur yordamida xaydaladi. 2-sxemada nasos suvni manbadan
so’rib olib xaydaydi, tog’ jinsi esa suv xaydash quvurida joylashgan maxsus qurilma (kamerali
pitatel) yordamida uzatiladi. 3-sxemada gidroaralashmani so’rish va kuchli bosimdagi suvni
xaydash orqali amalga oshiriladi. 4-sxemada qattiq tog’ jinsi va suv aralashtiruvchi bunkerga kelib
tushadi va bu yerdan aralashma xolida ochiqqiya tarnov orqali oqib ketadi.
12.1-rasm. Gidrotransport qurilmalari namunaviy sxemalari
Ko’pgina hollarda, gidromonitor va gidrotransportlardan foydalanishda, yuviilishi qiyin
bo’lgan tog’ jinslari portlatib yoki mexaniq usulda maydalanib ishlatiladi. Bu turdagi kompleks
sxemasi 12.2 rasmda ko’rsatilgan.
Sxemada ikkita ishchi gorizontlarda ќam bir cho’michli ekskavator yordamida
ќarakatlanuvchi aralashtiruvchi bunkerga yuklanadi. Bunkerdan esa gidroaralashma bosimli quvur
yordamida ag’darmaga, pastki ustupdan esa boyitish fabrikasiga tashiladi.