O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 6,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/86
Sana16.03.2022
Hajmi6,01 Mb.
#497009
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Bog'liq
kon mashinalari 2

Ma’ruza №14. 
Shaxta burg`ilash mashinalari va stanoklari. Qo’poruvchi 
bolg’a
 (2soat). 
Mashg’ulot rejasi: 
1.SHaxta burg`ilash mashinalariva klassifikatsiyasi.
2.Burg`ilash mashinalari asosiy qismlari va konstruktiv tuzilishi.
3.Aylanma, zarbli, zarbli-aylanma usulda ishlaydigan burg`ilash mashinalari komponovka
sxemalari.
4.Burg`ilash mashinalari ishchi (rejim va konstruktiv) parametrlari, yuritkichi quvvati va ish 
unumdorligini aniqlash. 
4.Qo’poruvchi mashinalar va ularning asosiy qismlari, konstruktiv tuzilishi xususiyatlari va 
klassifikatsiyasi.
UTV.
Kompьyuter, videoproektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar. 
IPT.
«SHarhlovchi ma’ruza ».
Burg’ilash mashinalari va qurilmalari sinflari. Ye
r osti kon lahimlarini o’tishda shpurlarni 
burg’ilash uchun burg’ilash mashinalari va burg’ilash qurilmalari ishlatiladi. 
Burg’ilash mashinasini - burg’ilash kallagi, uzatuvchi, shtanga va burg’ilash asbobining 
konstruktiv birikmasidan tashkil topgan mashinadir. 
Burg’ilash kallagi zarbli yoki zarbsiz burovchi momentni hosil qiladi.
Uzatuvchi esa shtanga yordamida burg’ilash kallagini siljitishga va burg’ilash asbobiga o’q 
yo’nalishidagi talab qilingadigan bosimni hosil qilishga xizmat qiladi.
Burg’ilash mashinasi burg’ilash asbobiga aniq bir yo’nalish beradi va shpur burg’ilashni 
ta’minlaydi. 
Burg’ilash mashinalari
quyidagi asosiy belgilariga qarab sinflarga ajratiladi: 
-burg’ilash kallagi turi bo’yicha – aylantiruvchi, aylantirib-zarb beruvchi, zarb berib-
aylantiruvchi, zarb berib-buruvchi va universal
-og’irligi bo’yicha – yengil (10 kg gacha), o’rtacha (20-60 kg ) va og’ir ( 60 kg dan yuqori); 
-ish joyiga o’rnatilish usuli bo’yicha – qo’lda, kolonkali va mexaniq, maxsus arava (kareta) 
manipulyatoriga o’rnatiladigan; 
-iste’mol qilayotgan enegiyasi turi bo’yicha – elektrik, pnevmatik, gidravlik va aralash; 
-burg’ilash kallagi zarb chastotasi bo’yicha (bir sekundda) – oddiy turdagi (80 gacha) va tez 
zarbli (80 dan oshiq); 
-uzatuvchisining turi bo’yicha – reykali, zanjirli, sim arqonli, burama vintli, gidravlik, 
pnevmatik va aralash uzatmali


65 
-uzatuvchining uzatish uzunligi bo’yicha – oddiy (2 m gacha), o’rtacha ( 3 m gacha) va uzun ( 
3-5 m); 
-burg’ilash koronkasi diametrining chegaraviy qiymati bo’yicha – kichik diametrli (52 mm 
gacha) va katta diametrli shpurlarni burg’ilash uchun (52-85 mm); 
-shpurni tozalash usuli bo’yicha – suv bilan yoki suv-havo aralashmasi bilan yuvuvchi, havo 
bilan haydash yoki so’ruvchi, burama vintli shtanga yordamida tozalash; 
SHaxta burg’ilash qurilmalari ko’mir va ruda konlarida kon lahimlarini o’tishda o’rtacha va 
qattiq tog’ jinslaridan yuqori tezliklarda shpurlar burg’ilash imkonini beradi, qo’l mehnatidan voz 
kechiladi, ishning sanitar-gigienik sharoitlarini yaxshilaydi va ayrim hollarda mustaxkamlash va 
shpurlarni zaryadlash ishlarini ham mexanizatsiyalashtiradi. Burg’ilash qurilmalari tonnelllar va yer 
osti inshoatlari qurilishida ham qo’laniladi. 
SHaxta burg’ilash qurilmalari
quyidagi belgilari bo’yicha sinflanadi: 
ishga belgilanishiga qarab – shaxta va rudniklarda bir va ikki yo’lli 4,4-8,0 m
2
va 8-27 m

yuzali tayyorlov lahimlarini o’tish uchun, 27-85 m
2
yuzali tonnellar va kameralar o’tish uchun 
shpurlar burg’ilashga xizmat qiluvchi; 
burg’ilanadigan tog’ jinsining qattiqligi bo’yicha - qattiqligi f ≤ 6 – 8 bo’lgan tog’ jinslari 
uchun, f ≤ 10 – 15 tog’ jinslari uchun va f ≤ 15 – 20 tog’ jinslari uchun; 
burg’ilash balandligi bo’yicha ( burg’ilash mashinalarining lahim zaminida parallel 
joylashuvida) – birinchi o’lcham – 2 m, ikkinchisi – 2,5 m gacha, uchinchisi – 3,6 m gacha, 
to’rtinchisi – 5 m gacha, beshinchisi – 7 m gacha, oltinchisi – 11,2 m gacha; 
bitta pozitsiyadagi eng katta burg’ilash kengligi – birinchi o’lcham – 2,2 m dan kam 
bo’lmagan, ikkinchisi – 3,3 m, uchinchisi – 4,5 m, to’rtinchisi – 5,5 m, beshinchisi – 6,5 m, 
oltinchisi – 7,5 m dan kam bo’lmagan; 
burg’ilash mashinasi turi bo’yicha 

aylantirib burg’ilovchi, aylantirib-zarb beruvchi, zarb 
berib-aylantiruvchi, zarb berib-buruvchi va universal; 
iste’mol qilayotgan enegiyasi turi bo’yicha – pnevmatik, elektrik va gidravlik
burg’ilash zonasi bo’yicha – frontal ( faqat kovjoy bo’yicha) va radial-frontalli ( kovjoy, 
lahim shipi (krovlya), yonbosh va lahim zamini (pochva) bo’yicha) burg’ilovchi; 
burg’ilash chuqurligi bo’yicha – kichik chuqurlikdagi (2 m gacha), o’rtacha chuqurlikdagi (3 
m gacha) va chuqur (3 m dan oshiq) shpurlarni burg’ilash uchun mo’ljallangan; 
burg’ilash mashinalari soni bo’yicha– bitta, ikkita, uchta va to’rtta mashinali; 
yurish qurilmasi turi bo’yicha – g’ildirak-relьsli, gusenitsali va pnevmog’ildirakli; 
harakatlanish usuli bo’yicha – o’ziyurar va tashqi ta’sirda yuruvchi; 
Ko’mir sanoatida asosan bitta yoki ikiita burg’ilash mashinali aylanishli, aylanishli-zarbli 
g’ildirak-relьsli telejkali burg’ilash qurilmalari qo’llaniladi.

Download 6,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish