21
1.4. Xizmat ko„rsatish sohasining o„ziga xos xususiyatlari
Xizmat ko‗rsatish sohasi (iqtisodiy munosabatlarda) o‗ziga xos xususiyatlarga
ega. Ularni quyidagilarda ko‗rish mumkin:
- moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi sohadan (sanoat, qishloq xo‗jaligi va
boshqalardan) o‗zining yo‗nalishi bilan farq qiladi. Bu soha faoliyati inson hayoti
uchun ijtimoiy sharoitlar hamda korxona(tashkilot, muassasalar)
faoliyatining
uzluksiz davom etishiga qo‗layliklar yaratishga qaratilgan;
- xizmat ko‗rsatish sohasidagi mehnat ishlab chiqarishdagi mehnatdan tubdan
farq qiladi. Soha xizmatchisi mehnati jismoniy va yuridik shaxslar ehtiyoj
(talab)lariga bog‗liq bo‗lib, unda faoliyat yuritayotgan xizmatchilardan fidoyilikni
talab qiladi;
- sohada tabiiy omil ishlab chiqarishdagidek muhim emas;
- xizmat ko‗rsatish sohasi nisbatan kamroq mexanizatsiyalashtiriladi va
avtomatlashtiriladi;
- soha xizmati iste‘mol uchun xizmat qiladi;
- xizmat ko‗rsatish sohasi tarmoqlari (jumladan, ta‘lim va sog‗liqni saqlash
muassasalari) mamlakatning barcha hududlarida joylashgan.
Boshqa soha
tarmoqlari bunday xususiyatga ega emas;
- xizmat ko‗rsatish sohasining ayrim tarmoqlarini moliyalashtirish ikki
usulda: smeta va budjetdan tashqari mablag‗lar asosida amalga oshiriladi;
- soha xizmatchilariga maosh berishni tashkillashtirishning o‗z
xususiyatlari
mavjud.
Sohaning yana bir ustun jihatlaridan biri unda resurs manbalari asosan inson
mehnati bilan bog‗liqligi. Ya‘ni, ishlab chiqarishda deyarli 60-65 foizdan ko‗proq
tabiiy resusrlardan (xom ashyo va materiallardan) foydalanilsa, xizmat ko‗rsatish
sohasida bunday resurslar kam ishlatiladi. Sohada nisbatan kam material
harajatlardan foydalanilib, ko‗proq xizmat ko‗rsatiladi.
Xizmat ko‗rsatish sohasida moddiy resurslar joriy xarajatning moddiy
elementlarini o‗z ichiga oladi. Ularga iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlarida ishlab
22
chiqarilgan mahsulotlar (kitoblar, oziq.-ovqatlar, darsliklar), elektr energiya,
yoqilg‗i, butlovchi qismlar va boshqalar kiradi. Xizmat ko‗rsatish sohasi moddiy
texnik bazasining asosini ─ uzoq muddatli aktivlar tashkil etadi. Bularga binolar,
qurilishlar, transport vositalari, asbob-uskunalar va hokazolar kiradi.
Moddiy
texnik bazaning rivoji albatta yuqoridagi elementlarning o‗zgarishiga bog‗liq. Shu
nuqtai nazardan soha moddiy-texnika bazasi rivojlanishining quyidagi asosiy
yo‗nalishlarini qayd etish mumkin:
- soha tarmoqlarini kengaytirish va xodimlarni kerakli asbob uskunalar,
iste‘molchilarni esa zarur ehtiyoj predmetlari bilan ta‘minlash;
- iste‘molchilarga qo‗shimcha shart-sharoitlar yaratish (maktablarda har bir
o‗quvchi uchun belgilangan o‗rin soni,
shifoxonada bemorlar uchun joy, xizmat
o‗rinlarini yaxshilash va hokazo);
- xizmat turlari moddiy resurslarini boyitish (diagnostik-davolash uskunalari,
video texnika, kompyuterlar bilan ta‘minlash);
- jonli mehnat xizmat turi harajatlarini kamaytirish.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‗rsatish sohasi
tarmoqlarining vazifalari quyidagicha:
- xizmat ko‗rsatish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlashtirish
darajasini oshirish orqali sohani yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish;
- respublika milliy xususiyatini hisobga olganda xizmat ko‗rsatish sohasiga
tegishli bo‗lgan muassasalarni qishloq joylarida yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish
va buning natijasida qishloq va shahar aholisining turmush darajasidagi bo‗lgan
farqni kamaytirish;
- aholiga
ko‗rsatilayotgan umumiy xizmatlarda imtiyozlar asosida
ko‗rsatiladigan xizmatlar ulushini oshirish (ta‘lim va sog‗liqni saqlash tarmoqlari
xodimlariga hamda pensionerlarga ko‗rsatiladigan
ayrim maishiy xizmatlar va
hokazo);
- soha tarmoqlariga milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida band bo‗lgan
mehnat resurslarni jalb qilish va ularga o‗z salohiyatlaridan to‗liq foydalanishga
imkon berish;
23
- milliy iqtisodiyotning barcha sohalari uchun zarur bo‗lgan yuqori malakali
kadrlarni yetkazib berish;
- aholining bo‗sh vaqtini ko‗paytirishga va shu vaqtdan oqilona foydalanishga
sharoit tug‗dirish.
Хizmаt (хizmаt ko‘rsаtish) хususiyаtlаri - bu хizmаtning (хizmаt
ko‘rsаtishning)
Do'stlaringiz bilan baham: