42
avtotransport bilan ta‘minlashning keskin oshishi ularga ko‗rsatilayotgan
xizmatlarning jadallik bilan ko‗payishiga imkon yaratdi.
Biroq, shuni tan olish kerakki, haqiqatda mazkur sohani rivojlantirishda jiddiy
kamchiliklar ham yo‗q emas. Ayniqsa, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini
ko‗paytirish hamda mahalliy budjetlarni to‗ldirishning
istiqbolli manbai sifatida
xizmatlar sohasi imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmatlar hamda servis
sohasi ayniqsa qishloq joylarda juda sust rivojlanmoqda. Bozor munosabatlari
sharoitida bu soha juda tez rivoj topadigan hamda o‘zini oqlaydigan sohalardan
biridir. Chunki, ushbu soha juda katta mablag‗ talab qilmaydigan,
kichik va
xususiy tadbirkorlikka mos va juda tez rivojlanishi mumkin bo‗lgan sohadir.
Mamlakatimizda qaror topgan tinchlik, barqarorlik va fuqarolar hamjihatligi
respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohadagi tub
islohotlar muvaffaqiyatiga tobora bog‗liq bo‗lib bormoqda.
Mustaqillik yillari
davomida aholini ish bilan ta‘minlashga barcha sharoitlar yaratib berildi. Bandlik
tuzilmalari takomillashtirildi, mehnat faoliyati turlari kengaytirildi va mehnatga
bo‗lgan munosabatda ko‗zga ko‗rinarli ijobiy siljishlar yuz berdi. O‘zbekistonda
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida mehnat bozorini tartibga solish,
bu boradagi tashkiliy-huquqiy negizlarni takomillashib borayotganligidan dalolat
bermoqda.
Ayni damdagi iqtisodiy islohotlarning pirovard vazifalaridan biri esa aholini
xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga jalb qilishni
yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari bo‗lib, respublikada tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirishni
kengaytirish va shuning asnosida aholi bandligini, iqtisodiy va ijtimoiy
farovonligini o‗sishini taminlashga erishishdan iboratdir.
Tan olish lozimki, aholini ish bilan band etish masalalarini bartaraf etishda
xizmatlar sohasining ahamiyati beqiyosdir. Xizmat ko‗rsatish
sohasini
rivojlantirish aholi bandligi darajasini oshishiga jiddiy tasir qiladi. Bundan
tashqari, mazkur sohada yangi ish o‗rinlarini tashkil etilishi nafaqat budjetni
iste‘molga ajratadigan harajatlarini yengillashtirishga imkon beradi, bunga
43
qo‘shimcha ravishda respublika va mahalliy byudjetlarni
soliqlar hisobidan
to‘ldirish vazifasini ham bajaradi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish natijasida mamlakat iqtisodiyotida quyidagi
ijobiy natijalar kuzatiladi:
mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiya va modernizatsiya qilinadi
(yangidan yangi sohalar ishga tushiriladi);
iste‘mol bozorida rivojlanish kuzatiladi hamda iste‘mol tovarlarining
turlari ko‗payadi;
davlat budjeti profitsitiga erishiladi;
ishsizlik muammolari bartaraf etiladi va hokazo.
Yuqoridagilarning yaqqol isboti sifatida xizmatlar
sohasining YaIM dagi
ulushini misol qilishimiz mumkin. Oxirgi 10 yilda (2008-2017 yillar) YaIMda 2,1
barobar o‗sish kuzatilgan. Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillari va manbalari tahlili
shuni ko‗rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari
qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2017 yillar uchun o‗rtacha
yillik o‗sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 %), qurilishda – 3,4 marta (13,4
%), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‗sganligi hisobiga ta‘minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: