9
хizmаt ko‘rsаtish sоhаsidа fаоliyаt yuritаyotgаn kоrхоnаni sаmаrаli
bоshqаrish uchun mаrkеting vа tеgishli оpеrаtciyаlаrni chuqur bilish,
хоdimlаr
bilаn ishlаsh qоbiliyаtigа egа bo‘lish kеrаk;
хizmаt ko‘rsаtish jаrаyonini mijоzning sеrvis tаshkilоti bilаn аlоqаlаr kеtmа-
kеtligi ko‘rinishidа tаsаvvur etish mumkin.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida
yalpi ichki mahsuloti tarkibida bevosita ishtirok etadigan sohadir. Xizmat sohasi
birinchi galda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bevosita kichik biznes va hususiy
tadbirkorlik subyektlariga mos keladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlarning pirovard maqsadlari, bu eng
avvalo, inson uchun munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratishdir. Bu esa,
o‘z
navbatida, xizmat ko‗rsatish sohasini yanada rivojlantirishni talab qiladi.
Xizmatlar sohasining o‘sishiga nima ta'sir ko‘rsatdi? degan savol tug‘iladi.
Turli xildagi xizmatlarga bo‘lgan talabning oshishini bir qator omillarning
ta'siri bilan izohlash mumkin.
Farovonlikning oshib borishi natijasida istе'molchilarning
muntazam amalga
oshiriladigan, masalan, yig‘ishtirish, tozalash, ovqat tayyorlash va h.k. kabi
ishlarini еngillashtirishga bo‘lgan istaklari qulay xizmatlar sanoatining
rivojlanishiga olib kеldi.
Daromadlarning oshishi va qo‘shimcha bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi dam
olish va sport bilan shug‘ullanish kabi bir qator xizmatlarga bo‘lgan talabni
oshirdi.
Uy sharoitida yuqori tеxnologik mahsulotlardan (shaxsiy kopyutеrlar,
multimеdiyali
audio va vidеo uskunalari, xavfsizlik tizimlari) foydalanishning
o‘sishi ularni o‘rnatuvchi va tеxnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarga bo‘lgan
ehtiyojni oshirdi.
Bozor xizmatlari to‘xtaladigan bo‘lsak, bozorlar va tеxnologiyalarning
takomillashtirilishi kompaniyalarning bozor tadqiqotlari, markеting ishlanmalari va
tеxnik maslahatlar bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga bo‘lgan ehtiyojlarini
kuchaytiradi.
Bundan tashqari, doimiy xarajatlarni qisqartirish zaruriyati
10
kompaniyaga maxsus xizmatlarni mustaqil bajarish bilan bo?liq qo‘shimcha
xarajatlar qilgandan ko‘ra tayyor xizmatni sotib olishga majbur qiladi.
Kompaniyalar bajonidil xizmatlarni sotib olishadi, chunki bu o‘zlarining ishlab
chiqarishiga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar kiritilishini oldini oladi va shu bilan
moslashuvchanlikni saqlaydi.
Va nihoyat, ko‘plab kompaniyalar o‘z faoliyatlarini
yuqori darajada
ixtisoslashgan sohalarda jamlashga harakat qiladi. Ular yordamchi faoliyat
turlaridan xususan, saqlash va tashishdan voz kеchishadi, shu tariqa xizmatlar
sohasining kеngayishini ra?batlantiradi. Bularning barchasi, o‘z navbatida,
xizmatlar sohasining o‘sishiga olib kеladi.
Xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va ta'sirining oshishi xizmatlarni
tasniflash va xizmatlar sohasini tartibga solish darajasini aniqlash maqsadida
tadqiqodlar o‘tkazish zarurligini talab qildi.
Hozirgi kunda respublika YaIMda, umuman, iqtisodiyotida xizmatlar soxasi
yetakchi o‗rin egallaydi. U milliy iqtisodiyot majmuining tarkibiy qismi sifatida
qaralib, iqtisodiy munosabatlarning umumiy tizimi tarkibida yotadi.
Hozirgi kunda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari asosan
aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z o‘rnini topayotgani hech kimga sir
emas. Xususan, turizm xizmatlari, aholiga yuqori saviyadagi transport xizmatlarini
ko‘rsatish (yo‘lovchilarni tashish), uy-xo‘jaliklarga
zarur maishiy buyumlarni
(mebelllar, qurilish materiallari, iste‘mol tovarlarini) yetkazib berish, kiyim-
kechaklarni yuvish va ta‘mirlash bo‘yicha va shu kabi ko‘plab xizmatlar
ko‘rsatilayotganini sanab o‘tishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan
kelib chiqqan holda, xizmatlar sohasining Respublika
iqtisodiyoti uchun ko‘plab naf keltiruvchi tomonlari mavjud:
- YaIM tarkibida katta hajmni egallaydi;
- moddiy va nomoddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlari
sifatida shakllanadi;
- aholi turmush darajasini oshishiga xizmat qiladi;
- mamlakatda tovar va pul aylanishini tezlashtirishga xizmat qiladi;
11
- mintaqada yangi xizmatlar
bozorini shakllantiradi;
- aholining ish bilan bandligi darajasini oshiradi;
- hududiy infratuzilmaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi;
- xizmat ko‘rsatish obyektlari isloh qilinadi;
- mamlakatdagi investitsiya ichki va tashqi investitsiya hajmini oshiradi va
hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: